Bitiruv oldi amaliyot xisoboti b ajardi: Sh. Abdulxamidova Qabul qildi: N. Mamadaliev Amaliyot o’tash joydan raxbar: M. X. Mirzanazarov Farg’ona 2021 Bitiruv oldi amaliyot xisobotining Reja qismi. Kirish
Amaliyot o’talgan korxona haqida umumiy ma’lumot
Download 1.92 Mb.
|
хисобот намуна
- Bu sahifa navigatsiya:
- Perfectum Mobile” savdo belgi
Amaliyot o’talgan korxona haqida umumiy ma’lumot.
Perfectum Mobile tarihi. “Rubicon Wireless Communication” kompaniyasi 1995 yil noyabrь oyida tashkil etilgan bo’lib, faoliyatining ustuvor yo’nalishlaridan biri o’laroq O’zbekiston Respublikasi hududida mobil uyali aloqa tarmog’ini yaratish bo’ldi. 1997 yilda birinchi D-AMPS raqamli standartining uyali tarmog’idan tijorat maqsadlarida foydalanishni yo’lga qo’yib, kompaniya O’zbekistonda ilg’or texnologiyalarni joriy etish va respublikaning uyali aloqa bozorida raqobatni rivojlantirishga o’zining salmoqli hissasini qo’shdi. 2001 yilda O’zbekistonda “Perfectum Mobile” savdo belgisi ostida birinchi CDMA standartining uyali tarmog’i paydo bo’ldi. CHastotalardan yuqori darajada samarali foydalanish tufayli CDMA kanallarini kodlash texnologiyasi abonentlar uchun xizmatlar ko’lamini maksimal kengaytirish va ularning sifatini yaxshilash imkoniyatini berdi. “Perfectum Mobile” savdo belgi 2003 yilga kelib, qo’ng’iroqlarning har soniyasi uchun tariflash tizimi, bepul kiruvchi qo’ng’iroqlar, abonentlik to’lovisiz tarif rejasi, statsionar uyali telefonlar, ekspress-to’lov kartasi yordamida to’lash tizimi, “Mobil Internet”, MMS, mobil chat, “Wave”WAP-portali xizmatlari, SMS negizida turli xizmatlar kabi yangiliklar paydo bo’ldi. 2004 yilda ma’lumotlar va mobil internetni uzatish tezligini bir soniyada 14 dan 153 kilobitgacha oshirish imkoniyatini beruvchi, o’sha vaqtda eng ilg’or bo’lgan CDMA 2000 1X standartining yangi tarmog’i ishga tushirildi. CDMA texnologiyasining imkoniyatlari “Perfectum Mobile” uyali tarmog’iga O’zbekistonda uyali aloqa operatorlari o’rtasida ma’lumotlar va internet-trafigini mobil uzatish tezligi bo’yicha birinchi o’ringa chiqishni ta’minlab berdi. Uskunalar keng ko’lamli modernizatsiya qilinganidan so’ng butun O’zbekiston bo’ylab “Perfectum Mobile” uyali tarmog’i faol kengayishi, rasmiy agentlik tarmog’i yaratila boshlandi. Ilk bor O’zbekistonda ofislarni yagona axborot tizimiga birlashtirish istagini bildirgan tashkilotlar uchun “Mobil Bank” va “Mobile VPN” xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari ochildi. 2006 yildan beri “Perfectum Mobile” aloqasidan O’zbekistonning barcha viloyatlarida foydalanish mumkin. 2007 yilda “Perfectum Mobile”ning qoplash hududi 200 dan ziyod aholi yashash joylariga kengayib, mobil va statsionar radiotelefonlar assortimenti oshdi, bu esa an’anaviy simli telefon aloqasi bo’lmagan, telefon kabelini o’tkazish haddan tashqari qimmat va noqulay hududlarda filiallari joylashgan yirik korxonalar qatoridan ko’p sonli korporativ mijozlarni jalb qildi. 2007 yilda mobil internet-trafigining narxi keng ko’lamda kamaytirlganidan so’ng abonentlik to’lovsiz hamyonbop mobil Internet, ayniqsa, mamlakatning uzoq go’shalarda yanada katta ijtimoiy ahamiyatga ega bo’ldi. Tungi vaqtda qo’ng’iroqlar va internet-trafigining imtiyozli tariflanishi, uncha katta bo’lmagan abonent to’lovi evaziga tarmoq ichida bemalol muloqot qilish imkoniyati paydo bo’ldi. 2009 yilda “Perfectum Mobile” qishloq maktablarini telefonlashtirish bo’yicha davlat dasturida faol ishtirok etdi. 2009 yildan 2010 yilgacha ushbu ijtimoiy ahamiyatga ega telefonlashtirish loyihasi doirasida qishloq hududida 3500 dan ko’proq maktablar telefonlashtirildi va beg’arazlilik asosida kerakli miqdorida statsionar telefonlar, Internetga imtiyozli limit va ovozli trafiklar ajratildi. Bundan tashqari, shunga o’xshash shartlar: bepul telefon va bir necha yil uchun bepul efir vaqti limiti bilan qishloq shifokorlik punktlari va bolalar sog’lomlashtirish oromgohlarida telefon¬lash¬tirish dasturi amalga oshirildi. “Do’st hisobidan qo’ng’iroq”, “Sizga qo’ng’iroq qilishdi”, “Yashirin qo’ng’iroq”, “SHaxsiy kabinet”, SMS-paketlar, Internet-paketlar, «Mobil kabinet», «Menga qo’ng’iroq qil», “Ovozli SMS”, “SMS-Agent Mail.ru”, “SMS-TO’LOV” naqdsiz to’lovlar tizimi kabi xiz¬mat¬lar joriy etilgan, abonetlari bilan xalqaro SMS-xabarlar bilan almashish imko¬niyati bo’lgan mamlakatlar va operatorlar ro’yxati kengaydi. Marketing siyosatidagi o’zgarishlar ayniqsa o’zgartirilgan firma uslubi, o’tkazilayotgan aktsiyalar va kiriti¬layotgan tarif rejalarda ko’zga tashlanadi. Bepul kiruvchi qo’ng’iroqlar, tarmoq ichida bepul chiquvchi qo’ng’iroqlar bilan tariflar yaratildi. 2010 va 2011 yillar ko’pchi¬likning esida mijozlar uchun sovg’alar va maxsus aktsiyalar xilma-xilligi bilan esida qolganligi shubhasiz. Bonuslar orasida - subsidiyalangan CDMA-telefonlar, imtiyozli internet-trafigi, tanlov natijalari bo’yicha turli sovrinlar, bepul daqiqalar, SMS, imtiyozli “oltin” raqamlarga chegirmalar, hisobga pul bonuslar va h.k. 2013 yilda “Rubison Wireless Communication” kompaniyasiga 18 yil va O’zbekistonda raqamli uyali aloqa bozorining boshida turgan “Perfectum Mobile” uyali tarmog’iga 12 yil to’ldi. SHu yillar ichida 3 ta aloqa standarti o’zgardi (AMPS/D-AMPS, CDMAone (IS95), CDMA 2000 1X). Download 1.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling