Bitiruv oldi amaliyot xisoboti b ajardi: Sh. Abdulxamidova Qabul qildi: N. Mamadaliev Amaliyot o’tash joydan raxbar: M. X. Mirzanazarov Farg’ona 2021 Bitiruv oldi amaliyot xisobotining Reja qismi. Kirish


CDMA-2000 tizimining arxitekturasi


Download 1.92 Mb.
bet8/13
Sana04.05.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1424797
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
хисобот намуна

CDMA-2000 tizimining arxitekturasi.

CDMA-2000 tizimining arxitekturasi GPRS va UMTS tizim arxitekturalari bilan ko’plab umumiylikka ega. Bu yerdaxam ikki darajaga bo’linish mavjud: radioulanish - RAN va tayanch – CN tarmoqlari, shuningdek, paketli va kanalli kommutatsiya uchun aloxida nimtizimlar ishtirok etadi. CDMA tarmog’i quyidagi tuzilish elementlaridan iborat (2-rasm):


Radioulanish darajasida BTS - tayanch stantsiyalar (transiverlar) va BSC- tayanch stantsiyalar kontrollerlari ishtirok etadi va o’zlari uchun an’anaviy bo’lgan funktsiyalarni bajaradi.

CDMA-2000 tarmog’ining soddalashtirilgan sxemasi
Tayanch tarmog’i darajasi quyidagi elementlardan iborat:

  • PCF (ingl. Packet Control Function) - paketli uzatishni boshqaruv markazi;

  • PDSN (ingl. Packet Data Servise Node) - paketli ma’lumotlarni uzatishga xizmat qiladigan tugun.

Bu tugunlar paketli kommutatsiya jaraѐnida qatnashishadi.
MSC – mobil kommutatsiya markazi: GPRS tarmoqlaridagi kabi simli tayanch tarmog’i hisoblanib, radioulanish tarmog’i va umumiy ulanish turg’un tarmoqlari oralig’idagi bog’lovchi tugun hisoblanadi. MSC markazi kanalli kommutatsiya ѐrdamida ulanishni ta’minlaydi.
Tarmoqning quyidagi tugunlari esa, o’zlarining an’anaviy funktsiyalarini bajarishadi:

CDMA-2000 tizimlarining arxitekturasi tahlil qilinganda, PDSN - ma’lumotlarni paketli uzatish tayanch tarmog’i UMTS tarmog’idagi SGSN tuguni o’rniga ishlatilishini ko’rish mumkin. Yana bir farq shundaki, CDMA-2000 tizimida AU lar mobilligini boshqarish uchun UMTS kabi HLR registri emas, balki Mobile IP protokolining kengaytirilgan versiyasi ishlatiladi (ya’ni, IP- protokoli bilan moslashtirilgan). Bu esa, yangi mobil aloqa tarmoklarini, asosan, mobil Internet ilovalari va xizmatlariga yo’naltirilganligini hisobga olganda, CDMA-2000 tizimlarining shubxasiz avzalligi hisoblanadi. SHu bilan birga, UMTS va CDMA-2000 tizimlarida ommaviy foydalanish telefon tarmoqlariga va ma’lumotni paketli uzatish tarmoqlariga ulanishda o’xshashlik mavjud.




    1. Download 1.92 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling