Bitiruv oldi amaliyot xisoboti b ajardi: Sh. Abdulxamidova Qabul qildi: N. Mamadaliev Amaliyot o’tash joydan raxbar: M. X. Mirzanazarov Farg’ona 2021 Bitiruv oldi amaliyot xisobotining Reja qismi. Kirish


Download 1.92 Mb.
bet5/13
Sana04.05.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1424797
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
хисобот намуна

CDMA standarti.

CDMA standarti -(Code Division Multiple Access) asosida kanallarni kod bo’yicha ajratish bilan ko’p stantsiyali foydalana olish texnologiyasi ѐtadi. CDMA tizimlarida har bir ovoz oqimi o’zining yagona noѐb kodi bilan belgilanadi va bir vaqtning o’zida boshqa ko’plab kodlashtirilgan ovozlar oqimi bilan birgalikda bitta kanalda uzatiladi. Qabul qiluvchi tomon signalni shovqindan ajratish uchun aynan shu koddan foydalanadi. Ko’plab ovozli oqimlar orasidagi yagona farq bu noѐb koddir. Qoidaga asosan kanalning kengligi juda katta bo’lib, xar bir ovoz oqimi diapazonning butun spektrini egallaydi. Mazkur tizim kengligi 1,23 MHz bo’lgan kanallar to’plamidan foydalanadi. Ovoz 8,55 Kbit/s tezlikda kodlashtiriladi, ammo ovoz aktivligini va kodlashtirishning turli tezliklarini aniqlash jaraѐni maьlumotlar oqimini 1200 bit/s gacha kamaytirishi mumkin.


CDMA tizimlarida signal quvvatining o’lchami ekstremal past bo’lishiga qaramasdan juda mustahkam va ximoyalangan barqaror bog’lanishlar o’rnatiladi. Nazariy jixatdan signal o’lchami shovqin darajasiga qaraganda kuchsiz bo’lishi mumkin. Kengaytirilgan spektrli signallardan foydalanishga asoslangan kodli foydalana olish texnologiyada odatda, o’zaro «yaxshi» korrelyatsiyalanish xossalariga ega bo’lgan kodli psevdotasodifiy ketma-ketlik (PTK) lar negizida tashkil etilgan fazaviy manipulyatsiyalangan signallar qo’llaniladi. Turli PTK lardan foydalana olish CDMA tizimi abonentlariga chastotalarning umumiy polosasida ishlash va har qanday kanaldan foydalanish imkonini beradi.
CDMA standart texnologiyasining asosiy ustunliklariga: signalni o’ramga aylantirish jaraѐnida oddiy shovqinga transformatsiyalanadigan tor polosali xalaqitlarga nisbatan yuqori xalaqitga chidamlilik, radioto’lqinlarning ko’p nurli tarqalishiga ega kanallarida yuqori spektral effektivlik, abonent bir zonadan boshqasiga ko’chib o’tganda kanallarni ohista almashib ulash (hand over- xendover) kiradi. Tarmoqdagi barcha tayanch stantsiyalar bitta chastotada ishlaydi, shuning uchun chastotaviy rejalashtirish zaruriyati yo’q. Abonent stantsiyalari (mobil stantsiyalar) quvvatlarining sochilishiga bo’lgan yuqori sezgirlik va tayanch stantsiyalarni sinxronlash zaruriyati (IS-95 standarti) mazkur texnogiyani joriy etishdagi asosiy qiyinchiliqlardir. Tayanch stantsiyalarni sinxronlashda GPS (Global position system – Yerning sun’iy yo’ldoshlari ѐrdamida geografik joylanishni global aniqlash tizim) dan foydalaniladi. Umumiy foydalanuvchi abonentlarni kod bo’yicha ajratuvchi CDMA sotali harakatdagi radioaloqa tizim birinchi bo’lib Qualcomm (AQSH) firmasi tomonidan ishlab chiqarildi va MOTOROLA firmasi tomonidan muvaffaqiyatli rivojlanmoqda.


    1. Download 1.92 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling