Bitiruv oldi amaliyotini tashkil
Download 75.5 Kb.
|
Malakaviy amaliyot talablari va bitiruv malakaviy ishlarni bajarish tartibi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliyotning maqsadi va vazifalari.
Malakaviy amaliyot talablari va bitiruv malakaviy ishlarni bajarish tartibi Reja: Bitiruv oldi amaliyotining maqsadi va mazmuni Bitiruv oldi amaliyoti uchun individual va ilmiy-tadqiqot topshiriqlarini ishlab chiqish Korxonaning texnik-iqtisodiy ko`rsatkichlarini hisoblash va grafik loyihalash ishlarini tashkil qilish Kasb ta`limi yo`nalishi bo`yicha mutaxassislar tayyorlashning muhim qismi bo`lgan talabalarning bitiruv oldi amaliyoti ular bajaradigan bitiruv malakaviy ishining mazmunidan kelib chiqqan holda ilғor korxonalar, tashkilotlar va kasb-xunar kollejlarida o`tkaziladi. Amaliyot davri 2 xaftani tashkil etadi. Amaliyot kafedra professor-o`qituvchilari, kasb-xunar kolleji o`qituvchilari hamda korxonalarning etakchi mutaxassislarining bevosita rahbarligida olib boriladi. Amaliyotning maqsadi va vazifalari. Bitiruv oldi amaliyoti o`quv jarayonining ajralmas qismi bo`lib, uni talablarga bo`lғusi bakalavrlarning faoliyat yo`nalishi to`ғrisida aniq tasavvurga ega bo`lishlari, bitiruv malakaviy ishlari mazmunini yoritishda bevosita o`quv va ishlab chiqarish sharoitlarini to`la e`tiborga olgan holda yoritish maqsadida tashkil etiladi. Talabalar bitiruv malakaviy ishlarini bajarishlarida sanoat korxonalaridagi xilma-xil texnologiyaviy jarayonlar, ularni amalga oshirishda qo`llaniladigan mashina va jihozlar hamda xom ashyo, yarim tayyor va tayyor mahsulotlar sifatini tekshirish usullarini, shuningdek kasb-xunar kollejlaridagi o`qitish uslublari va ilғor pedagogik texnologiyalarning o`quv jarayoniga tadbiq etish yo`llarini yoritishlarida amaliyot jarayoni muhim ahamiyatga egadir. Ishlab chiqarish korxonasida o`tkaziladigan bitiruv oldi amaliyotining vazifalari quyidagilardan iborat: -istiqbol rejalari, boshqarish strukturasi va asosiy texnik-muhandis hodimlarning vazifalari bilan tanishish; -korxonaning xom-ashyo bazasi, asosiy va yordamchi sexlari (bo`limlari) ishi bilan tanishish; -asosiy sexlarning texnologiyaviy liniyao`lari, ular tarkibiga kiruvchi asosiy jihozlarning texnologik parametrlari, ishlash prinsiplari va konstruksiyalari bilan tanishish, o`rganilgan ma`lumotlar asosida bitiruv ishida yoritiladigan materiallarni tahlil qilish; -korxona laboratoriyasining ish faoliyati, xom-ashyo, yarim tayyor va tayyor mahsulotlarini sifat ko`rsatkiyalarini aniqlash uslublari hamda tekshiruv jarayonida qo`llaniladigan nazorat-o`lchov asboblaridan foydalanish, o`rganilgan ma`lumotlar asosida bitiruv ishida yoritiladigan materiallarni tahlil qilish; -korxona mexnatni muhofaza qilish, texnika havfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi va gigienasi qoidalari hamda trof-muhitning tozaligini saqlash shartlarini bajarishga oid tadbirlarni o`rganish va bitiruv ishini yozishda foydalanish uchun materiallar to`plash; ishlab chiqarish chiqitlari va ulardan samarali foydalanish uslublarini o`rganish va ma`lumotlar asosida bitiruv ishida yoritiladigan materiallarni tahlil qilish. Kasb-xunar kollejlarida o`tkaziladigan bitiruv oldi amaliyotining vazifalari quyidagilardan iborat: -kasb-hunar kolleji tarixi, hunar yo`nalishlari o`quv rejalari, fanlar dasturlari bilan tanishish va bitiruv malakaviy ishining strukturasini ishlab chiqishda ulardan foydalanish; -kasb-xunar kollejidagi ma`naviy va ma`rifiy ishlar mazmuni, rejalari, tashkiliy strukturasini o`rganish va ulardan bitiruv malakaviy ishini yozishda foydalanish uchun materiallar to`plash; -ishlab chiqarish ta`limi ustalarining faoliyatini o`rganish va bitiruv malakaviy ishini yozishda foydalanish uchun materiallar to`plash; -to`garak rahbarlarining faoliyati bilan tanishish va bitiruv malakaviy ishini yozishda foydalanish uchun materiallar to`plash; -maxsus fan o`qituvchilarining dars jaryonida talabalar faolligini oshirish borasida olib borayoigan uslubiy ishlari tizimini o`rganish va bitiruv malakaviy ishini yozishda foydalanish uchun materiallar to`plash; -kasb-xunar kollejidagi dars jarayonlarida foydalanilayotgan yangi pedagogik texnologiyalar bilan tanishish va bitiruv malakaviy ishini yozishda foydalanish uchun materiallar to`plash; -tajzriba ishlarini bajarishda qo`llaniladigan kimyoviy laboratoriya uskunalaridan samarali foydalanish usullarini o`rganish hamda bitiruv malakaviy ishini yozishda foydalanish uchun materiallar to`plash; -mustaqil ravishda bitiruv malakaviy ishi mavzusi va unga turdosh mavzularda yangi pedagogik texnologiyalar asosida mashғulotlar o`tkazish; -fan bo`yicha bo`sh o`zlashtiruvchi talabalarga yordam berish usullarini o`rganish va bitiruv malakaviy ishini bajarishda ularni e`tiborga olish; -fanga tegishli o`quv-uslubiy adabiyotlar bilan tanishish. Amaliyotning mazmuni. Bitiruv oldi malakaviy amaliyotini o`tash davrida talaba quyidagi ishlarni bajarishi lozim. 1. Ishlab chiqarish korxonasida: -korxona bilan tanishish; -rivojlanish rejasini o`rganish; -korxonaning boshqarish strukturasi; -korxonaning xom-ashyo bazasi, ishlab chiqariladigan mahsulotlar turlari va ishlab chiqarish hajmi. 2. Korxonaning asosiy va yordamchi sexlari bilan tanishish, joylashishi va texnologik sikl bo`yicha o`zaro boғliqligi; -korxona laboratoriyasining ish faoliyatining o`rganish. 3. Mahsulot ishlab chiqarishning texnologiyaviy liniyalari bilan tanishish: -asosiy texnologik jarayonlarning turlari va ularning tavsifi; -jarayonlarning kechish tartibi va texnologik parametrlari; -texnologik liniya tarkibiga kiruvchi asosiy mashina va jihozlarning tuzilishi, ishlash prinsipi va texnikaviy ko`rsatkichlari; -xom-ashyo va tayyor mahsulotning texnologik tasnifi; -mehnat muhofazasi, texnika havfsizligi, texnologik jihozlarda ish havfsizligini ta`minlash qoidalarini o`rganish. 4. Korxonada suv, havo va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida qilinadigan ishlar bilan yaqindan tanishish. 5. Korxona ilmiy-texnika yutuqlarini, ilғor texnologiya va mehnatni tashkil etishning progressiv uslublarini qo`llash borasida qilinayotgan ishlar bilan tanishish. 6. O`rganilgan ma`lumotlardan bitiruv malakaviy ishini yozishda foydalanish. Kasb-xunar kollejida: Kasb-xunar kolleji tarixi, xunar yo`nalishlari, yo`nalishlar o`ғuv rejalari, fanlar dasturlari bilan tanishish. kasb-xunar kollejidagi ma`naviy va ma`rifiy ishlar mazmuni, rejalari, tashkiliy strukturasini o`rganish. Ishlab chiqarish ta`limi ustalarining faoliyatini o`rganish. To`garak rahbarlarining faoliyati bilan tanishish va bitiruv malakaviy ishini yozishda foydalanish uchun materiallar to`plash. Maxsus fan o`qituvchilarining dars jarayonida talabalar faolligini oshirish borasidagi olib borayotgan uslubiy ishlari tizimini o`rganish va bitiruv malakaviy ishini yozishda foydalanish uchun materiallar to`plash. kasb-xunar kollejidagi dars jarayonlarida foydalanilayotgan yangi pedagogik texnologiyalar bilan tanishish va bitiruv malakaviy ishini yozishda foydalanish uchun materiallar to`plash. Tajriba ishlarini bajarishda qo`llaniladigan kimyoviy laboratoriya uskuna va jihozlaridan samarali foydalanish usullarini o`rganish hamda bitiruv malakaviy ishini yozishda foydalanish uchun materiallar to`plash. Mustaqil ravishda bitiruv malakaviy ishi mavzusi va unga turdosh mavzularda yangi pedagogik texnologiyalar asosida mashғulotlar o`tkazish. Fan bo`yicha bo`sh o`zlashtiruvchi talablarga yordam berish usullarini o`rganish va bitiruv malakaviy ishini bajarishda ularni e`tiborga olish. Fanga tegishli o`quv-uslubiy adabiyotlar bilan tanishish. Bitiruv ishining adabiyotlar sharhini yozishda foydalanish. Hisobotni rasmiylashtirish. Amaliyot hisobotining tarkibi ushbu dasturning 2-bandiga mos kelishi lozim. Hisobot qora yoki binafsha rangli siyoh bilan o`zbek tilida aniq va ravshan qilib, 210x297 mm o`lchamli oq qoғozning bir tomoniga bir tekisda, texnik va adabiy jihatdan to`ғri yozilishi kerak. Hisobotga chizmalar, sxemalar, eskizlar, rasmlar va jadvallar kabi qo`shimcha materiallar ilova qilinadi. Tasviriy materiallar qora qalam yoki qora pasta bilan alohida standart varaqlarda bajariladi va hisobotning tegishli joylariga yoki hisobotga ilova tariqasida qo`yiladi. Hisobotning hamma sahifalari hamda ilovalr ketma-ketlikda, qaytarishlarsiz va boshqa qo`shimcha belgilarsiz raqamlanadi. Hisobotning sarvaraғi (titul varaғi) birinchi sahifa bo`lib hisoblanadi, unga I soni qo`yilmaydi. Sahifalarning tartib raqami ulardagi burchak shtampining o`ng burchagiga yoziladi. Hisobot asosan amaliyot davrida yozilishi lozim, uni qo`shimcha materiallar bilan to`ldirish, kamchiliklarini qaytadan ishlash va to`la rasmiylashtirish uchun amaliyot oxirida talabaga 2-3 kun vaqt ajratilishi mumkin. Hisobotni hajmi chegaralanmaydi. Hisobot sarvaraғida amaliyot rahbarining imzolari va ularni korxona yoki tashkilot muhri bilan tasdiqlangan bo`lishi shart. Kundaliksiz va belgilangan tartibda, ESKD va DAST talablariga binoan rasmiylashtirilmagan hisobot himoyaga qo`yilmaydi. Download 75.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling