Mavzu: Tarbiyaviy ishlar metodikasi faning maqsad va vazifalari. Milliy tarbiyaning mazmuni va mohiyati Reja: Fanning predmeti, maqsad va vazifalari. «Tarbiyaviy ishlar metodikasi»


Download 34.37 Kb.
bet1/3
Sana11.02.2023
Hajmi34.37 Kb.
#1189145
  1   2   3
Bog'liq
2 5409328030172587350


Mavzu: Tarbiyaviy ishlar metodikasi faning maqsad va vazifalari. Milliy tarbiyaning mazmuni va mohiyati


Reja:

  1. Fanning predmeti, maqsad va vazifalari.

  2. «Tarbiyaviy ishlar metodikasi» fanning boshqa fanlar bilan bog’liqligi.

  3. «Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar» konsepsiyasining mazmuni va unda o’quvchilar tarbiyasining asosiy yo’nalishlari.

  4. Milliy tarbiyaning mazmuni va mohiyati.



Mashg’ulot maqsadi: Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish metodikasi fani, uning maqsad va vazifalarini o’rganish. Tarbiyaviy ishlarning tarbiyaviy ahamiyatini asoslab berish. «Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar» konsepsiyasining mazmuni, uning maqsad va vazifalari o’rganish
Metodik ta’minot: Taqdimot, tarqatma materiallar, mavzuga oid test savollari va adabiyotlar.

Mustaqil O’zbekistonimizda islohotlar tobora keng quloch ochmoqda. Hayotimizning barcha jabhalarida, jumladan yosh avlod ta’lim tarbiyasida ham keskin o’zgarishlar sodir bo’lmoqda. Respublikamizning ijtimoiy, iqtisodiy kamoloti yosh avlodning sayi harakatlariga bog’liq ekanligi hech kimga sir emas. O’sib kelayotgan yosh avlodlar va ularning kelajagi Respublikamiz kelajagi bilan chambarchas bog’liqdir. «Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo’lib, dunyo miqyosida o’z tengdoshlariga hyech qaysi sohada bo’sh kelmaydigan insonlar bo’lib kamol topishi, baxtli bo’lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etilishi»1 o’quvchi - yoshlarning ta’lim-tarbiyasiga jiddiy e’tibor berilayotganliginini yorqin dalilidir. Shuning uchun yoshlar ta’lim-tarbiyasi har bir ota-onaning, o’qituvchining va jamiyatimizning Vatan oldidagi muqaddas burchlari hisoblanadi.


Lekin bu ishlarni o’qituvchi boshqara oladi, chunki o’qituvchi jamiyatimizning tayanch shaxsidir, u ota-onalarning tarbiyadagi ta’sirini yo’naltiradi va ularga ilmiy pedagogik yordam beradi.
Ta’lim muassasalarida xususan boshlang’ich ta’limda fidokor, mustaqil fikrlovchi, masalalarni ongli ravishda mas’uliyat bilan hal qila oladigan, izlanuvchan yangilikka intiluvchan va istiqlol g’oyalariga sadoqatli avlodni tarbiyalashni yo’lga qo’yish va ularni samarali amalga oshirish ko’p jihatdan bo’lajak mutaxassislarni maxsus tayyorgarligiga bog’liqdir. Shuning uchun hozirgi zamon mafkuraviy qarashlar asosida bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini tarbiya jarayonini tashkil etishga ham nazariy, ham uslubiy ham amaliy jihatdan tayyorlashga xizmat qiladigan «Tarbiyaviy ishlar metodikasi» fan kiritilgan.

Download 34.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling