Mavzu: Tarbiyaviy ishlar metodikasi faning maqsad va vazifalari. Milliy tarbiyaning mazmuni va mohiyati Reja: Fanning predmeti, maqsad va vazifalari. «Tarbiyaviy ishlar metodikasi»
Download 34.37 Kb.
|
2 5409328030172587350
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fanning vazifalari
Fanning predmeti- boshlang’ich maktab o’quvchilari bilan olib borilayotgan tarbiyaviy ishlar tizimi.
Fanni o’qitish maqsadi: Bo’lajak o’qituvchilarni mustaqil Respublikamizning yangi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy xususiyatlarini hisobga olgan holda kichik maktab yoshidagi bolalarni xalqning boy milliy, ma’naviy-tarixiy an’analarga, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan muvaffaqiyatli tarbiyalashga tayyorlash. Fanning vazifalari: 1) talabalarga tarbiyaviy ishlar metodikasining pedagogik va psixologik asoslarni ochib borish; 2) ularga boshlang’ich maktabda tarbiya jarayonida foydalaniladigan uslub va vosita, shakl va bolalarning uyushmalari ishlarini tashkil etishning eng samaralilarini yo’llarini o’rgatish; 3) o’quvchilarga hamkorlik pedagogikasi asoslari va uni tarbiya jarayonida amalda qo’llash metodikasini o’rgatish. Ta’lim-tarbiya jarayonida ma’naviy qadriyatlardan foydalanib, boshlang’ich sinf o’quvchilarining barkamol avlod etib tarbiyalash quyidagi muhim manbalarga tayangan holda amalga oshiriladi. Ular: - qadimdan tarbiya vositasi bo’lib kelgan xalq pedagogikasi. Uning tarkibiy qismlari xalq og’zaki ijodi, xalq hunarmandchiligi, xalq tasviriy va amaliy san’ati, xalq musiqasi, teatri mazmunida xalqning tarbiyaga oid g’oyalari, tasavvurlari, orzu-istaklari, an’analari milliy qadriyatlarning boshlang’ich negizi tarzida o’z ifodasini topadi; - xalqning qadimiy turmush tarzi, axloq normalari, kelajak orzulari haqida ma’lumot beruvchi dastlabki manbalar (bitiklar); - diniy manbalar («Avesto», «Qur’on»», «Hadis»); - Sharq xalqlari milliy qadriyatlari haqida asosli bilim beruvchi Sharq mutafakkirlari madaniy merosi; - yozma badiiy ijodiyot shakllari (pandnoma, klassik va hozirgi zamon badiiy ijod namunalari); - turli xarakterdagi san’at asarlari, xalq hunarmandchiligi, badiiy-estetik an’analar, urf-odatlar, bayramlar va boshqalar. O’zbekiston mustaqillikka erishishi tufayli milliy qadriyatlarning ta’lim-tarbiya jarayonidagi ahamiyatiga e’tibor kuchaydi. Zero, milliy qadriyatlar mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlaydigan ma’naviy asoslardan biridir. Xalqimizning asrlardan-asrlarga meros tarzida kelayotgan milliy qadriyatlari uzoq tarixiy jarayonda shakllangan. Ular ona yurtga ehtirom, avlodlar xotirasiga sadoqat, kattalarga hurmat, hayo, andisha kabi xususiyatlarning ustuvorligi, boshqa xalqlarnikiga o’xshamaydigan urf-odatlar, rasm-rusumlar, marosimlar va an’analar bilan tavsiflanadi. Milliy qadriyatlar - millat uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan etnik jihat va xususiyatlar bilan bog’liq qadriyat shakllari. Dunyoda o’ziga xos qadriyatlari bo’lmagan millat yo’q. Milliy qadriyatlar millatning tarixi, yashash tarzi, ma’na-viyati hamda madaniyati bilan uzviy bog’liq holda namoyon bo’ladi. Ma’lumki, qadriyatlar muayyan sharoitlarda shakllanadi. Shu sababli ular mahalliy, milliy, mintaqaviy shakllar va umuminsoniy shakl va mazmunda mavjud bo’ladi. Mahalliy qadriyatlarning yetuklari va milliy manfaatlarga moslari asta-sekin saralanib, umum milliy darajaga ko’tariladi. Milliy muhit qadriyatlarni yaratish va saralashning asosiy manbaidir: u milliy qadriyatlarning eng yaxshilarini voyaga yetkazib, jahon miqyosiga olib chiqadi. Qadriyatlar - narsa va voqealar, jamiyat, moddiy va ma’naviy boyliklarning ahamiyatini ifodalash uchun qo’llaniladigan tushuncha. Qadriyatlarning G’arbda «Aksiologiya» fani o’rganadi. Bu atama ilmiy bilimlar sohasida o’tgan asrning ikkinchi yarmida nemis aksiologi E. Gartman va fransuz olimi P.Lapi tomonidan kiritilgan. Aksiologiyani qadriyatlar to’g’risidagi fan yoki to’g’ridan-to’g’ri «qadriyatshunoslik» deb atash ham mumkin. Har bir fanga o’z nomini bergan asosiy tushunchalar bo’lgani kabi «qadriyat» tushunchasi ham «qadriyatshunoslik» atamasi uchun shunday asos bo’la oladi. G’arbda bu atama yunoncha «axio» (qadriyat) va «logos» (fan, ta’limot) tushunchalaridan tashkil topgan. Qadriyatlar axloqiy qoida va me’yorlar, ideallar va maqsadlardagi baholash mezoni va usullarini ham o’zida aks ettiradi. Ular halollik, poklik, o’zaro yordam, adolatlilik, haqiqatgo’ylik, ezgulik, tinchlik, shaxs erkinligi, mehr-muhabbat, mehnatsevarlik, vatanparvarlik kabi fazilatlar, burch, vijdon, or-nomus, mas’uliyat kabi axloqiy tushunchalar shaklida namoyon bo’ladi. Qadriyat o’z tabiatiga ko’ra, ijtimoiy-tarixiy xarakterga ega. Ijtimoiy taraqqiyot jarayonida u o’zgaradi va takomillashadi. Shuning uchun qadriyat to’g’risidagi ta’limotlar ham takomillashib, rivojlanib boradi. Qadriyatlarning xilma-xil shakllari bor: moddiy va ma’naviy, milliy, mintaqaviy, umumbashariy, jamiyat hayotining sohalari bo’yicha iqtisodiy, ijtimoiy ong shakllariga mos keladigan axloqiy, diniy, huquqiy va boshqalar. Hozirgi zamonda ilg’or davlatlar hayotining demokratik tamoyillari ham inson qadrini nechog’li yuksaklikka ko’tarishi bilan baholanadi. Mamlakatimizdagi tub o’zgarishlar, islohotlarning mohiyati ham ana shu tamoyildan kelib chiqadi. Bu tamoyilni amalga oshirishda milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg’unligiga asoslangan yangicha dunyoqarash, sog’lom tafakkurning shakllanishi katta ahamiyat kasb etadi. Bu tushunchaning mohiyatida voqelikdagi muayyan hodisalarning ijtimoiy, madaniy-ma’naviy ahamiyatini ifodasi yotadi. Demak, qadriyatlar inson tomonidan qadrlanadigan narsalar (shuningdek tabiat, ijtimoiy hodisalar, inson xatti-harakatlari va madaniy hodisalardan iborat bo’lib, kishilarning talabi, xohishi, qiziqishi va maqsadi asosida munosabat, o’zaro ta’sir atrof-muhit bilan, insonlar bilan natijasida vujudga keladigan holatdir. Umuminsoniy qadriyatlar barcha millatlar manfaatiga mos keladigan ma’naviy xazinadan iborat bo’lib, milliy qadriyatlar bilan yagona tarbiyaviy asosga egadir. Umuminsoniy ilg’or ma’naviy g’oya va bilimdan har bir millat o’zining milliy xususiyatidan kelib chiqqan holda foydalanadi va amaliyotga tatbiq etadi. Umuminsoniy qadriyatlar negizida ma’lum millat tomonidan olg’a surilgan insonparvarlik, adolat, demokratiya, hamkorlik kabi muhim qadriyatlar mujassam bo’lib, ular barcha millatlar uchun hayotiy ehtiyoj hisoblanadi. Milliy qadriyatlar milliy madaniyatning tarkibiy qismi bo’lib, uning paydo bo’lishi va shakllanishi murakkab ijtimoiy jarayon hisoblanadi. An’analarning kelib chiqishi tarixiga nazar solinsa, ular din hukmronlik qilgan bir davrda paydo bo’lganligidan dalolat beradi. Demak diniy an’analar shu davr talab va ehtiyojlariga mos holda maydonga kelgan hamda asrlar davomida o’zining ba’zi bir axloqiy talablari bilan xalq uchun ma’qul bo’lib kelmoqda. Shuning uchun diniy qadriyatlarning ham aksariyatining mazmuni mehr-oqibat, iymon-e’tiqod, adolat, insonparvarlik kabi g’oyalar bilan sug’orilgan bo’lib, xalqni nopoklik, oqibatsizlik, jaholat botqog’iga botish, ichkilikbozlik, zino, jabr-zulm kabilardan saqlashga xizmat qilib kelganligini e’tiborsiz qoldirmaslik zarur. Uchinchidan, milliy qadriyatlar shaklan va mazmunan qanday bo’lishdan qat’iy nazar, u shu millatning madaniy mulki hisoblanadi. Ulardagi xalqning talabini, ehtiyojini qondira olmaydigan ba’zi bir belgilar o’z-o’zidan barham topa boradi. Shu boisdan milliy qadriyatlarni ilg’or yoki jaholatga boshlovchi kabi guruhlarga bo’lish mantiqqa to’g’ri emas. Umuminsoniy va milliy qadriyatlar o’quvchining kundalik faoliyatida odat, an’ana tusiga kirib qolgandagina u shaxsning ma’naviy shakllanishiga bevosita ta’sir etadi2. Qadriyatlarning bolalarga bo’lgan ta’siri kattalarga bo’lgan ta’siridan ancha ustun turadi, chunki kattalarning dunyoqarashi va e’tiqodlari, odatlari qaror topgan bo’lsa, bolalarda endilikda ularning poydevori quyilayotgan bo’ladi. Bolalar, o’z tabiatiga ko’ra, ta’sirchan bo’lganliklari uchun ularga borliq va undagi voqealarning ta’siri kuchli bo’ladi. Borliqdagi voqyea-hodisalar turli-tuman bo’lganidek, qadriyatlarning shakl va mazmuni ham rang-barangdir. Mazkur qadriyatlar o’quvchi ongi va faoliyatiga o’zining umumiylik, ya’ni ularning talab va qiziqishlarini qondirish, xususiy belgilari: zaruriyligi, foydaligi, ma’qulligi bilan ta’sir etadi. Mazmunan aqliy bilish faoliyati bilan bog’liq qadriyatlar o’quvchining tabiat va jamiyat haqidagi ilmiy tushunchalarini kengaytirishga dunyoqarashini shakllantirishga, bilim saviyasini oshirishga xizmat qiladi (ilmiy, tarixiy, lisoniy, diniy, badiiy manbalar). Bunday qadriyatlar o’quvchiga o’zbek xalqining jahon ilm-fan taraqqiyotiga qo’shgan hissasini, aqliy kamoloti dialektikasini ilmiy, badiiy asarlar orqali yetkazadi. Axloqiy qadriyatlar o’quvchining ongi va faoliyatini faollashtiradi, ish va so’z birligini ta’minlashga olib keladi. Bunday qadriyatlar jumlasiga: insonparvarlik, ma’rifatparvarlik, mehr-muhabbat, poklik, kattalarga, ota-onaga hurmat, muhabbat, xushmuomalalik, do’stlik, saxiylik, saxovat, bolajonlik, shirin so’zlik va boshqalar kiradi. Mazkur qadriyatlar negizida jamiyatda, oilada, ta’lim muassasalarida o’quvchini yuksak insoniy fazilatlarga ongli ravishda amal qilishga undash g’oyasi yotadi. Estetik qadriyat san’at, adabiyot va xalqning badiiy-estetik faoliyati bilan bog’liq bo’lib, ularning mazmunini o’quvchida nafosatni, estetik hissiyotni shakllantirishni tashkil etadi. Estetik qadriyat tabiati va mohiyatiga ko’ra, ijtimoiy-g’oyaviy aqliy nafosat va badiiy tarzda o’quvchi ongi va faoliyatining shakllanishiga ta’sir etadi. Har qanday insoniy fazilat sub’ektning obyekt bilan hamda shaxs va jamiyatning munosabati mahsuli sifatida maydonga keladi. O’quvchi ham badiiy qadriyat bilan aloqa qilish jarayonida undan ma’naviy ozuqa oladi, hayotiy tajribasida badiiy qadriyatlarda olg’a surilgan g’oyalarga amal qiladi. Estetik qadriyatlarning mezoni olijanoblik, tashqi va ichki go’zallik, muloyimlikdan iborat. O’quvchida estetik-badiiy madaniyatni shakllantirishda badiiy, musiqa, san’at asarlari, xalq amaliy san’ati, me’morchilik, turli xarakterdagi bayramlar, an’analar, urf-odatlar, xalq o’yinlari, teatr, kino, radio, oynai jahon, matbuot asosiy vosita hisoblanadi. Ta’lim-tarbiya jarayonida bunday vositalardan foydalanish, ularning mazmunini idrok etish, tasavvur va tafakkur qilish natijasida o’quvchining shaxs sifatida shakllanishiga yordam beradi. Boshlang’ich ta’limning maktabdan va sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar jarayonida ma’naviy qadriyatlardan foydalanib, o’quvchilarining barkamol inson qilib shakllantirish muhim pedagogik vazifalardan hisoblanadi. Sharq xalqlarining uzoq tarixga ega ta’lim-tarbiya g’oyalari, qonun-qoida va tamoyillarining mohiyatini anglab yetishda, ularning bugungi davrdagi ahamiyatini ilmiy, tarixiy asoslashda tayanch manba bo’lib xizmat qiladi. Milliy ta’lim maskanlarida tarbiya tizimini mazmunini yaratish uchun asos bo’ladi. O’quvchilarda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqod, qiziqish, ishonch tarbiyalanadi, ularni milliy g’urur asosida o’rganish, kelgusi avlodlarga yetkazish, sevish va asrashga ehtiyoj paydo bo’ladi. Qadimiy milliy qadriyatlarimiz tiklanadi. Chunki milliy xususiyatlarni aks ettiruvchi qadriyatlarning mohiyatini har bir mavzu, har bir tarbiyaviy tadbir mazmuniga bevosita yoki bilvosita singdirilishi asosida azaldan tarbiya vositasi bo’lib kelgan qadriyatlarni mazmunan boyib, mustahkamlanib borishiga erishiladi. «Tarbiyaviy ishlar metodikasi» fanning boshqa fanlar bilan bog’liqligi. 1) «TIM» «Pedagogika» fani bilan bog’liqligi juda kuchli, chunki «Pedagogika»ta’lim tarbiya jarayoning mohiyati, maqsad va vazifalari, qonuniyat va prinsiplari asosiy uslub va vosita, shakl va uyushmalari haqida tushuncha beradi. 2) «TIM» ning «Psixologiya» fani bilan aloqasi kuchlidir xususan, «Psixologiya» bolalarni tarbiyalash va o’qitish ishlarida ularning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish, bolalarni rivojlantirish, ularning o’quv va ijtimoiy faoliyatini boshqarish asoslarini o’rganadi. 3)«TIM» ning «Falsafa», «Etika», «Estetika» «Huquq», «Iqtisodiyot» kabi ijtimoiy fanlar bilan bog’liqdir, chunki ushbu fanlar orqali o’qituvchi o’z dunyoqarashini kengaytiradi va bo’lajak o’quvchi-yoshlarda dunyoqarashni shakllantirishga yordam beradilar.Bundan tashqari «TIM» ning yana bir necha fanlari bilan: «Tabiatshunoslik», «Tibbiy bilimlar», «Maktab gigiyenasi» va hokazo o’zaro aloqadadir. Bu tarbiya jarayonining ko’p qirraliligi, murakkablikligi, uning usul vositasining xilma xilligi tasdiqlaydi va bo’lajak o’qituvchi- tarbiyachilarga yuqori talablarni qo’yadi. Hozirgi paytda fan va madaniyatning eng so'nggi yutuqlari asosida yosh avlodni hayotga tayyorlashning samarali shakl va uslublarini izlash nihoyatda zarurdir. Ayniqsa o'smirlar orasida axloqiy va ma'naviy jihatdan tarbiyaviy ishlarni kuchaytirish muhimdir. Zero, tarbiya yo’q ekan, inson ongli ijtimoiy shaxs bo'la olmaydi. Shuning uchun ham tarbiya jarayoni shaxsning har tomonlama va erkin shakllanishida asosiy o'rinni egallaydi. Umumiy o’rta ta’limda tarbiyaviy ishlarning asosi bo’lib xizmat qiluvchi «Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar» Konsepsiyasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan qabul qilingan edi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida qabul qilingan «Ta'lim to’g'risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»3ni, ular asosida ishlab chiqilgan hukumat va vazirlik qarorlarini hayotga tatbiq etish, ta'lim sohasini tubdan isloh qilish maqsadida mazkur Konsepsiyani qayta ishlashga to'g'ri keldi. Yangi tahrirdagi Konsepsiya Qori Niyoziy nomidagi O'zPFlTI olimlari guruhi, Respublika Ta'lim markazi mutaxassislari va Xalq ta'limi vazirligi xodimlari tomonidan ishlab chiqildi. Shaxs kamoloti bosqichlarini belgilab olishga yo'naltirilgan ushbu Konsepsiyani tayyorlashda Xalq ta'limi xodimlari va keng jamoatchilik fikrlari inobatga olindi. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar konsepsiyasida tarbiyaviy tadbirlarni takomillashtirish zaruriyati, alohida ta’kidlangan: siyosiy tuzumning o’zgarganligi, yangicha iqtisodiy munosabatlarning shakllanib borishi, tarbiyaviy ishni yaxshilashda davr talabiga javob beradigan yangicha tamoyillari g’oyalar, ish uslubiyatlarini ishlab chiqish hamda o’qituvchining ijodkorlik faoliyatini qaytadan qurmoq lozimdir. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarga yangicha munosabat mustaqillik ma’naviyati negizi asosida hukumat qarorlarida, xalq ta’lim tizimidan islohotlarda olimlar va ijodkor o’qituvchilarning izlanishlarida o’z aksini topmoqda. «Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar» Konsepsiyasi kirish, 3-qismdan va uni amalga oshirishning ilmiy-metodik ta’minotidan iboratdir4. Kirishda konsepsiyani qabul qilish sabablari ochib berilgan. 1-qism. «Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar konsepsiyasining zaruriyati»deb nomlanib, unda konsepsiyani qabul qilish maqsadi, tarbiya tizimida vujudga kelgan holat, jamiyat taraqqiyotida tarbiyaviy ishlarni ahamiyati ifodasini topgan. 2-qism. «Tarbiyaviy ishlarning asosiy yo’nalishlari, maqsad va vazifalari» deb nomlangan, unda «Tarbiyaning bosh maqsadi - yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy, ma’naviy-tarixiy an’analarga, urf-odatlari xamda umum-bashariy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalarni ishlab chiqib amalga joriy etishdir. Tarbiyaning asosiy vazifasi – o’quvchi shaxsning aqliy, axloqiy, erkin fikrlovchi va jismoniy rivojlanishi, uning qobiliyatlarini xar tomonlama ochish uchun imkoniyat yaratishdir. Buning uchun: - yoshlarni erkin fikrlashga tayyorlash, hayot mazmunini tushunib olishiga ko’maklashish, o’z-o’zini idora va nazorat qila bilishini shakllantirish, uz shaxsiy turmushiga maqsadli yondashuv, ularda reja va amal birligi hissini uyg’otish; -o’quvchilarni milliy, umuminsoniy qadriyatlar, Vatanimizning boy ma’naviy merosi bilan tanishtirish, madaniy hamda dunyoviy bilimlarni egallashga bo’lgan talablarini shakllantirish, malaka hosil qildirish, tobora o’stirib-boyitib borish va estetik tushunchalarini shakllantirish; -har bir o’smirning bilimdonligini va ijodiy imkoniyatlarini aniqlab, ularni rivojlantirish, Inson faoliyatini turli sohalarda joriy qilib ko’rish. Bolalar ijodkorligi, iqtidorini yuzaga chiqarish va yanada qullab-quvvatlash uchun shart-sharoit hozirlash; -insonparvarlik odobi me’yorlarini shakllantirish (bir-birini tushunadigan, mehribonlik shafqatlilik irqiy va milliy kamsitishlarga toqatsizlik), muomala odobi kabi tarbiya vositalari (nohaqlikka, yolg’onchilik tuhmat, chaqimchilikka toqatsizlik) keng qo’llanishi lozim. -vatanparvarlik dunyoviy fikrlash, jamiyatimizda yashayotgan odamlar bilan o’zaro munosabat-muloqotni o’rganish, o’z xalqiga, davlatiga, uning himoyasi uchun hamisha shay bo’lib turish, O’zbekiston Respublikasi va boshqa davlatlarning ramzlariga hurmat bilan karash, yosh avlodni O’zbekiston Konstitusiyasiga, Bayrog’iga, Gerbiga, Madhiyasiga, Prezidentiga sadoqatli qilib tarbiyalash; -qonuniy jamoa axloqi va turmush qoidalariga hurmat bilan qarashni tarbiyalash, shaxsning noyob qirralarini belgilovchi fuqarolik va ijtimoiyi mas’uliyat hislarini rivojlantirish, o’zi yashayotgan mamlakatning ravnaqi, Insoniyat taraqqiyotini barqaror saqlab qolish uchun fidoyilik ekologik ta’lim-tarbiya; -mustaqil davlatimiz - O’zbekiston Respublikasining ichki va tashqi siyosatiga to’g’ri va xolisona baho berishga o’rgatish. Uning tinchliksevarlik demokratiya va boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik oshkora-ochiq tashqi siyosatiga va o’z xalqining turmush darajasini oshirishga yo’naltirilgan, fuqarolarni i ijtimoiy himoya qiladigan ichki siyosatini to’g’ri tushuntirmoq kerak; -turmushda eng oliy qadriyat hisoblangan mehnatga ijodiy yondoshish fazilatlarini shakllantirish; -sog’lom turmush tarziga intilishni tarbiyalash va rivojlantirish, munosib oila sohibi bo’lish istagini shakllantirish; -yoshlarimizni erkin mustaqil fikrlashga o’rgatish. Tarbiyaning asosiy tizimi quyidagicha bo’lishi lozim : -tarbiya - tarbiyalanuvchi shaxsini oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir bola, o’smir va yosh yigit-qizning betakror va o’ziga xosligini hurmatlash, uning ijtimoiy huquqi va erkinligini e’tiborga olish; -yoshlarda istak va imkoniyat muvofiqligi tuyg’usini qaror toptirish; -milliylikning o’ziga xos an’analari va vositalariga tayanish; -shaxslararo munosabatlarda insonparvarlik pedagoglar va o’quvchilar o’rtasidagi bir-biriga hurmat munosabatlari, bolalar fikriga e’tibor qilish, ularga mehribonlarcha munosabatda bo’lish». 3-qism. «Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar mazmuni, shakli, va uslublari. Erkin tafakkur yurituvchi shaxslarni tarbiyalash»da o’quvchi-yoshlarni vatanparvar va baynalmilal komil inson tarbiyasi, huquqiy tarbiyalash, ekologik tarbiyasi, estetik tarbiyasi, jismoniy tarbiyalash, mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash, istyedodli va zukko bolalarni aniqlash va ularni tarbiyalash, mahallada tarbiyaviy ishlarni tashkil etish, maktabda o’quvchilarni o’z-o’zini boshqarishning maqsad, vazifalari hamda ularni tashkil etish shakllari yoritilgan. «O’zbekistonning uzluksiz ta’lim tizimidagi barcha o’quv muassasalari yosh avlodga milliy istiqlol mafkurasini shakllantirishda, ma’naviyatni milliy merosimiz bilan birgalikda, yosh vatanparvarlarni tarbiyalashda yangacha ish uslublari asosida ijodiy yondashmoqdalar. Olim, shoir, pedagoglarimiz o’zlarining ilmni izlanishlarida tarbiyaviy tadbirlarni yangicha yo’nalish va tamoyillarini Respublika o’qituvchi-tarbiyachilarga tavsiya etmoqdalar: Bo’lajak avlodga: hur-fikrlik, milliy iftixor, milliy qadriyatlarga hurmat, erkinlik va ozodlik, insonparvarlik, birodarlik va hamkorlik, ilmga mehr-muhabbat, iymon va e’tiqod, halollik, axloqiy poklik, madaniy merosga hurmat, adolatparvarlik va ozodlik, baynalminallik, ijodkorlik va tashabbuskorlik, mustaqillikni mustahkamlash va rivojlantirish g’oyalariga sadoqat, musulmon diniga hurmat, Prezident va davlatni qadrlash kabi sifatlarni tarbiyalash». Bu g’oyalar O’zbekiston Respublikasi istiqlol taraqqiyotining besh tamoyillari talablariga asoslanib olingan bo’lib, uning mezonida tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish mahorati va qoidalari ham o’z aksini topgandir. O'zbekiston Respublikasining istiqlolga erishuvi hamda o'z mustaqil siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy yo'liga ega bo'lishi xalq xo'jaligining turli sohalarida, jumladan xalq ta'limi tiyinlida ham o'sib kelayotgan yosh avlod ta'lim-tarbiyasi bilan bog'liq jarayonni qayta ko'rib chiqishni taqozo etmoqda. Maktab va maktabdan tashqari ta'lim muassasalari tarbiyachilari (o'qituvchilar, sinf rahbarlari, ma'naviy-ma'rifiy tarbiya ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarlari, bolalar yetakchilari va boshqalar) jamoasi oldida o'quvchilarga umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash muhim vazifa turadi. Tarbiya jarayonining mazmuni bolalarga beriladigan dunyoqarashni shakllantiruvchi bilimlar tizimi, ishonch, e’tiqod, intizom, xulq-atvorni bir butun holatini tashkil etadi. Mustaqil O‘zbekistonning, istiqlol va istiqboli uchun fidoyilik ko’rsatuvchi avlodni tarbiyalash mazmuni tamoman o‘zgacha xarakter kasb etmoqda: fuqarolik demokratik jamiyatni barpo etish mohiyatini anglab oluvchi; vatanini har doim turli oqimlardan himoya etuvchi; diniy bag’rikenglik va mehr-muruvvatli bo’lish; davlat siyosatini tushunish unga fidoyi bo’lish; o’zligini anglash, ajdodlar merosini qadrlash; yuqoridagi komil insonga xos sifatlarni tarbiyalashda; maqsadni aniqligi va uni to’g’ri yo’naltirish madaniyati; tarbiyachi-o’qituvchi va tarbiyalanuvchini hamkorlik faoliyati; - o’zini anglash, mustaqil fikrlovchi e’tiqodligi va ixtiyorlik. Tarbiyaviy ishlarning mazmunida bir butun yondashishdan bosh maqsad, «Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillari» dasturidagi g’oyalarni bolalarning ongida o’ziga xos va mos ravishda singdiradi. - Xalqimizning boy ma’naviy, an’ana, udum, urf-odatlar va ajdodlarimiz merosidan foydalanish. - O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, adolat, haqiqat va erkinlikni, ishonch-e’tiqodni tarbiyalash. - Yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi mohiyatini izohlash. - Mehrli-muruvvatli va bag’rikenglik. Ayniqsa bog‘cha va kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning ta’limiy- tarbiyaviy faoliyatlari o’ziga xos xususiyatga ega: o’quvchilarda hayotiy tajribalarning kamligi, o’quv-tarbiya jarayonida hodisalarga qiziqish, «yaxshi», «yomon» harakatlarga chuqur munosabat bildira olmasligi kabilar. Tarbiyaviy tadbirlarni davr talabiga javob beradigan holga keltirish uchun tarbiyaning asosi bo’lgan barcha g’oyalar qaytadan ishlab chiqilmoqda. Tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etishda o’qituvchining yo’naltiruvchi ta’siri ostidagi o’quvchilarning tarbiyalashning etakchi shakliga aylanishi kerak. Bunda sinfdan tashqari ishda ta’limning moddiy bazasi: qo’shimcha va ma’lumotnoma adabiyotlari laboratoriya uskunalari, ko’rgazmali qo’llanmalar, didaktik materiallar, texnika vositalaridan oqilona foydalanish ko’zda tutiladi. Ular o’z ichiga quyidagilarni oladi: darslik va qo’shimcha adabiyotlar bilan ishlashning xilma-xil shakllarini olgan, nazariy bilimlarni o’zlashtirishni ta’minlovchi; tajribalar, ijodiy tusdagi ishlarni bajarishni, asboblarni loyihalashni, maketlar, modellar va hokazolarni tayyorlashni olgan mustaqil ishlash uchun topsh iriqlar sistemasi maqsadga muvofiqdir. Xalqimizda shunday milliy odat, an’ana va fazilatlar borki, ular boshqa xalqlarda yo’qligidan tashqari, insoniyat ma’naviyatining nodir zarvaraqlari sifatida boshqalarda hayrat uyg’otishga iymonim komil. «O’zbek xalqi azaldan jamoa tuyg’usiga moyil, — degan edi I. A. Karimov. — Bizlar to’yda ham, azada ham yonma-yon turib, oddiy kunlarda ham bir-birining xolidan xabar olib, kattaning hurmatini, kichikning izzatini joy-joyiga qo’yib, beva-bechoralarning, yetim-yesirlarning boshini silab, xullas, odamgarchilikni barcha narsadan ustun qo’yib yashagan insonlarning farzandlari bulamiz». Jamoaga suyanish va jamoatchilik fikrini hurmat qilish xalqimizning eng olijanob fazilatidir. Buni mahallalardagi ijtimoiy-axloqiy rasm-rusumlar isbot qilib kelmoqda. Birgina to’y marosimimizning o’zini milliy fazilatlarimizning guldastasi desa bo’ladi. O’zbek xonadonidagi birorta to’y kengashsiz, maslahatsiz o’tmaydi. Hatto kelin va kuyov tanlashdan boshlana-digai odatlarimiz ham kelajakdagi yosh oilaning tinch-totuvligini nazarda tutadi: kimning farzandi, ota-onasi qanaqa odamlar, mahalla-kuyda obro’si qanaqa, mustaqil oila tebratib ketishga qurbi yetadimi, yomon qiliq, yoki odatlari yo’qmi, qarindosh-urug’lari qanaqa odamlar, hatto avlod-ajdodlarida biror anduhik alomatlari bo’lmaganmi? Bu savollarga ijobiy javob olingachgina ikki tomon o’z rozi-rizoligini beradi. Bunday odatlarimizning nimasi yomon? Ha, deb bunaqa savollar bilan kelin yo kuyov izlansa, yoshlarning mustaqilligi, muhabbati poymol etilmaydimi, degan e’tirozlar bo’lishi mumkin. Tug’ri, ba’zan ota-ona obro’si muhabbatdan ustunlik qilgan dalillar uchraydi. Lekin, umuman olganda, sinab-surishtirgan oilalarning qudachiligi, ota-onalar bosh-qosh bo’lgan tuyu-tomoshalarning natijasi yaxshi bo’lishi hammaga ayon. O’zbekona jamoat fikriga va jamoat bo’lib ish yuritish fazilatimiz diqqatga sazovor. To’ylarimiz ko’pchilik uchun jamoa tomonidan o’tkaziladi. To’y oldidan bo’ladigan maslahatlar, qarindosh-urug’ning erta sahardan kelib, to’yxona oldida qo’l qovushtirib, nozik tavoze ila mehmonlarni kutib olishlari, hovlida esa to’y mutasaddilarining odamlarni joylashtirib oldiga iltifot bilan choy va osh tortishlari — bu milliy odatlarimizning ko’rki emasmi? Yetti yot begona odamlar mahalladan stol-stul tashishsa, qazon, samovar, choynak-piyola olib kelsa, to’y tarqalguncha mezbon yonida tursa — bunaqa olijanoblik, bunaqa jamoaviy ruh va mehrni qayorda ko’rgansiz? An’analar, urf-odatlar va bayramlarning har biri muayyan tarixiy davrning mahsulidir. Ular moddiy turmush shart-sharoitlarining ta’siri bilan paydo bo’lgan, rivojlangan, takomillashgan, asrlar osha ajdoddan avlodga o’tib kelgan va xalqning yaxshi orzu niyatlar hamda ma’naviy boyliklarini o’zida mujassamlashtirgan bo’ladi. Ular sinfiy jamiyatda sinfiy xarakter kasb etadi. Ilg’or an’analar esa yangi davr, ijtimoiy tuzum ehtiyojlariga moslashadi. Masalan, mehnatsevarlik, vatanparvarlik, insonparvarlik, mehmondo’stlik, bolalar tarbiyasi bilan bog’liq an’analar asrlar davomida yaralgan bo’lib, ular hozir ham ijtimoiy. Har bir avlod o’zidan oldingi avlodlardan meros qolgan an’analar va urf-odatlarni mehnati, bilimi, tajribalari bilan boyitadi va rivojlantiradi. Urf-odatlarni etnograflar, faylasuflar, folklorshunoslar, publitsistlar turli nuqtai nazardan ta’riflaydilar. Faylasuf olim Ugrinov fikricha, urf-odatlar yangi avlodga muayyan g’oyalar, axloq xatti-harakatlar, boyliklar va tuyg’ularni hadya etishning maxsus usulidir. Vorislikning boshqa usullaridan esa urf-odatlar o’zining ramziylik tabiati bilan farqlanadi . «Urf-odatlar bilan bog’liq xatgi-harakat hamma vaqt ramziylik bilan sug’orilgan. Ramzlar o’zida u yoki bu ijtimoiy g’oyani, obrazni, fikrni umumlashtiradi, tunga muvofiq tuyg’ularni qo’zg’aydi» (169). Urf-odatlar, udumlar, rasm-rusumlar zanjirdan iborat. Ular madaniy boyliklarni avlodlarga hadya echuvchi muhim vosita hisoblanadi. Udumlar, rasm-rusumlar urf-odat singari ramziy obrazlarga ega emas. Ular kishilarning uzoq yillik faoliyati - mehnatdagi, turmushdagi, oiladagi amaliy xatti-harakati natijasida tarkib topadi. Marosimlar - an’ananing badiiylashgan, ramziy belgilar, obrazlar musiqa, raqs, qo’shiq, publitsistik na badiiy so’z vositasida anglashiladigan muayyan g’oyalar, axloq normalari shaklidagi ko’rinish. Marosim bir nechta rasm-rusum, udumlar zanjiridan iborat. U an’analarning tantanali badiiylashgan qismi bo’lib, ommaviy harakatlar yig’indisidir . Marosim urf-odatning hamma vazifasini ado etishga qodir emas, balki uning biror qismi - boshlanishi, kulminatsiyasi, tugallanishini namoyon qiladi. Shu bois urf-odat keng rejali xatti-harakat majmui bo’lsa (to’y bayramlar, armiya safiga chaqirish va hokazolar), marosim ana shu tantana (urf-odat)ni o’tkazish payti badiiylashgan qismidir. Bayramlar - kishilarning xususiy va jamoa bo’lib kechirish sharoitining yig’indisi bo’lgan tarixiy ijtimoiy taraqqiyot jarayonida yuzaga kelgan, o’zida idyeallarni, estetik ehtiyojlarni ifodalagan an’analar va urf-odatlarning muayyan shakldagi tantanali ko’rinishi. Bayram-jamiyat, davlat, sinf, ijtimoiy guruh, oila hayotidagi biror muhim va quvonchli voqeaga bag’ishlangan kundir. Bayramlar bir qancha elementlarni o’zida namoyon qilib, siyosiy tadbirlar (tantanali majlis. ilg’orlarni mukofotlash), o’ziga xos odatlar (harbiy parad, mehnatkashlar namoyishi), oilaviy tantanalar (qarindoshlar, do’stlar uchrashuvi) kabilarning zanjiridan iborat . Xalq an’analari, urf-odatlar va bayramlar kishilarning jamoa bo’lib uyushishlarini, muloqotga kirishishlarini taqozo etadi. Zotan, ular xalq, hayotining barcha tomonlari - iqtisodiy, ijtimoiy, milliy, ilmiy, madaniy, harbiy, kasb-hunar va ishlab chiqarish jabhalarida namoyon bo’ladi. An’ana, bayram va urf-odatlar turmush madaniyati tushunchasining tarkibida harakat qiladi. An’ana va urf-odatlar kishilarning o’zaro va jamiyatga ijtimoiy munosabatlarini takror ishlab chiqarishda, oldingi avlod erishgan moddiy va ma’naviy boyliklarni o’zida aks ettirib, keyingi avlodga yetkazishda muhim vositadir. Xalq - axloqiy qadriyatlar bo’lib, u qimmatli an’analar ijodkori. Xalq qadriyatlar va an’analarni o’zining ozodligi uchun olib borgan kurashlardan mardonavor ijod qildi, ularni tolmas mehnatda, chet el bosqinchilari bilan qilgan janglarida qadirandi va e’zozladi. An’analarning ijtimoiy, siyosiy, axloqiy mazmuni turli tarixiy davrlarda ayniqsa keskin sinfiy kurashlarda yaqqol ko’rindi. Ommaviy xalq harakatlari, inqilobiy janglar avj olgan davrda ham kishilar ijtimoiy qiziqishlar bilan yashaganlar. Yuksak ideallar uchun kurashgan vaqtlarda ham an’analar tarkib topgan. An’analarni o’rganishda ular qanday tarixiy sharoitda va qaysi sinf tomonidan yaratilganinini, kimlarga xizmat qilganini, kimning manfaatini yoqlaganini va qaysi sinfning hukmronligini mustahkamlaganini ko’ra bilishi kerak. Urug’-jamoa tuzumi sharoitida an’analarni to’g’ri, haqqoniy yoki soxta tushuntirib bergan. Bundan tashqari urf-odatlar va marosimlar ota-bobolar tomonidan ijro etilib, ularning avlodlari ham ana shu urf-odatlar va marosimlarga rioya qilishlari lozim bo’lgan. K.Ramussyen eskimoslar haqida jumladan shunday deb yozadi: «Ularning hammasi har bir muayyan holda nima qilishi kyerakligini a’lo darajada bilar edi, ammo myening «nima uchun shunday qilish lozim?»-deb bergan savolim har safar javobsiz qolar edi». K.ramussyen quyidagi bittagina «tushuntirish» ni eshitgan xolos, «…Bizning ota-bobolarimiz barcha eski turmush qoidalari bilan qurollangan. Bu qoidalar avlodlarimiz tajribasi va donishmandligidan vujudga kelgan. Biz bu qoidalar qanday va nima uchun paydo bo’lganini bilmaymiz, ammo tinch yashash uchun ularga rioya qilavyeramiz. Bizlar shunchalik sodda va ishonuvchanmizki, o’zimiz bilmaydigan narsalardan ham qo’rqaveramiz. O’zimizning urf-odatlarimizni saqlaymiz va ularga rioya qilamiz». Binobarin, an’analar hayot talablariga javoban paydo bo’ladi va u yoki bu sinf manfaatiga javob byera olguncha yashaydi. Ular qandaydir ishning takrorlanishi natijasida, vaziyat taqozosiga ko’ra paydo bo’ladi. Bunda ular tasodifan vujudga kyeladi yoki ongli ravishda joriy etiladi. Ensiklopyediyada an’ana quyidagicha ta’riflanadi: «an’ana (lotincha - trado - uzatish so’zidan)» ijtimoiy va madaniy merosning avloddan avlodga o’tadigan va muayyan jamiyatlarda, sinflarda va ijtimoiy guruhlarda uzoq vaqt saqlanadigan elementi bo’lib, u ijtimoiy merosning ob’ekt (moddiy va ma’naviy qadriyat) larning - o’z ichiga qamraydi. Kichik ensiklopyediyada bu ta’rif shunday aniqlashtirgan: «an’analar (tratio - uzataman so’zidan) tarixdan tarkib topgan va ajdoddan avlodga o’tadigan odatlar, ijtimoiy tartib, xulq normasi, g’oyalardan iboratdir». Pedagogika lug’atida an’ana xususida shunday deyiladi: «oilaviy an’ana (lotincha - trado- uzatish so’zidan olingan) oilada qabul qilingan va katta avlod kichik avlodga byeradigan odatlar hamda xulq normalarining majmui. An’analar maktabda mustahkam o’rin olgan, jamoa saqlaydigan va o’quvchilarning bir avloddan boshqa avlodga o’tadigan odatlar, tartiblar, xulq qoidalaridir». «An’ana bir avloddan ikkinchi avlodga o’tgan, oldingi avloddan meros bo’lib qolgan narsalar (masalan, g’oyalar, qarashlar, didlar, harakat obrazlari, odatlar va hokazolar)» Odat xatti-harakatda, turmushda o’rin olgan tartib, deya izohlanadi S.I.Ojyegov muallifligidagi lug’atda . Shunday qilib, an’analar o’tish, berish degan ma’noni anglatadi. An’analar tasodifan vujudga kelmasligi, balki yillar mobaynida tarkib topishi ma’lum. Demak, an’analar ko’p marta takrorlanadigan va ajdoddan avlodga o’tadigan muayyan qarashlar, e’tiqodlar, didlar, xatti-harakat normalari va qoidalari, ishlar va hodisalardir. Biz an’analar yashashining asosiy sharti ularning saqlanishi va uzatilishida deb hisoblaymiz. An’ana ko’p qirrali, murakkab hodisadir. Uni turli belgilariga ko’ra tasniflash mumkin. Ushbu mpvzuga o’tishdan oldin, avvalo, qisqacha bo’lsada, quyidagi tushunchalarga aniqlik kiritish kerak: «Urf-odat va an’analar nima?», «Ular bir-biridan nimasi bilan farqlanadi?», «Qanday an’analar mehnat an’analari deb ataladi va ularning boshqa an’analardan farqli jihatlari nimalardan iborat? Bularni aniqlashning muhimligi shundaki, mavjud adabiyotlarda mazkur muammolarni yoritish bo’yicha juda ko’p chalkashliklar uchraydi, ayrim tushunchalar aralashib ketadi va hokazo. Masalan, «O’zbek tilining izohli lug’ati» kitobida «odat» so’zi muayyan xalqda qabul qilingan an’analar, shakllar deb «bir odam tomonidan qabul qilingan usullar, harakat tarzi, tamoyillar» deb izohlanadi. An’analar esa tarixan tarkib topgan va ajdoddan avlodga o’tib kelgan marosimlar, axloqiylik normasi deb ta’riflanadi. Bizningcha, urf-odatlar va an’analarni bunday izohlash ilmiy nuqtai nazardan u qadar to’g’ri emas. Chunki mazkur holda «an’ana - urf-odat» va «urf-odat - an’ana» tushunchalari ta’rifi orasiga tenglik belgisi qo’yilgan. Holbuki, bizningcha, an’ana urf-odatga nisbatan keng tushunchadir. To’g’ri, urf-odat va an’ana tushunchalarining ma’nosi ensiklopediyalarda «Izohli lug’at»dagiga qaraganda kengroq yoritilgan. Lekin biz ensiklopediyalarda ham ayrim noaniqliklar bor deb hisoblaymiz. Masalan, ularda: «Muayyan jamiyatdagi va ijtimoiy guruhdagi urf-odatlar meros sifatida qoladigan, takrorlanadigan, har bir a’zo uchun styeryeotipga aylangan axloq qoidalaridir», - deb yozilgan. Birinchidan, mazkur holda «meros sifatida qoladigan» iborasi noo’rin ishlatilgan. Chunki urf-odatlar, axloq qoidalari meros sifatida o’tmaydi, balki hayotning o’zida o’zlashtiriladi. Ular yosh avlodga ongli va ongsiz ravishda o’tadi. «Meros sifatida o’tish» esa irsiylik bilan bog’liq bo’lib, xromosomalar, genlar orqali o’tishdir va bu jarayonga uning hech qanday aloqasi yo’q. Ikkinchidan, urf-odat iborasini «jamiyatning har bir a’zosi uchun normaga aylangan axloq qoidasi» deb tushunish mumkin emas. Chunki bitta jamiyatning o’zida u yoki bu guruhlar rioya qilmaydigan, ayrim oilalar, shaxslar tan olmaydigan urf-odatlar bo’lishi mumkin va mavjuddir. Lekin bu hol ana shu urf-odatlarni tark etishga olib bormaydi. Demak, mazkur ta’rifdagi «meros» va «jamiyatning har bir a’zosi» so’zlari iboraning aniqligiga putur yetkazadi. Nihoyat, biz urf-odatning ensiklopediyalardagi ta’rifi birmuncha keng deb hisoblaymiz. Bu ta’rif urf-odatdan ko’ra an’anaga ko’proq to’g’ri keladi. An’ana tushunchasida muayyan marosimlar va urf-odatlar, axloq qoidalari birlashadi. An’ana o’ziga xos intyegrasiyalangan va ahamiyatli hodisa bo’lib, unda avlodlarning ijtimoiy hayotga bog’liq tajribasi umumiy shaklda aks etadi. An’analar fenomyen sifatida ijtimoiy hayotning turli sohalariga (huquq, siyosat, iqtisodiyot, etnografiya, din, adabiyot, san’at, madaniyat va hokazolarga) xos bo’lib, ma’lum ma’noda barcha ijtimoiy tizim hayotiyligining muhim shartidir. G’oyalar, uchrashuvlar, ma’lum ijtimoiy tadbirlar, jumladan, didlar, urf-odatlar, axloq normalari, marosimlar, bayramlar, qo’shiqlar ham an’ana shakliga kirishi mumkin. Shuningdek, xalqqa, mamlakatga, o’lkaga, millatga va oilaga xos an’analar ham mavjud bo’ladi. Umuminsoniy an’analar ham bor. Masalan, mehnat an’analari garchi, milliy ko’rinishga ega bo’lsa-da, umuminsoniy an’analardir. Ular ilg’or jihatlari tufayli uzoq yashaydi, e’zozlanadi va avloddan avlodga o’tadi. Davrning hamda ijtimoiy-iqtisodiy tuzumning talablariga javob beradigan an’analar ehtiyotkorlik bilan saqlanadi va boyitiladi; aks holda yangi an’ana bilan kurashda unutilib ketadi. An’analar dialektik rivojlanadi, yangi an’analar qabul qilinadi, xalq, asrlar mobaynida yaratgan an’analardagi barcha yaxshi va ilg’or narsalardan foydalaniladi. Ikkinchi tomondan, eskirgan va zamon talablariga javob bermay qolgan an’analar rivojlanish jarayonida yangi an’anaga o’z o’rnini moneliksiz bo’shatib beravyermaydi. Odatda yangilik eskilikka qarshi kurashda vujudga keladi va o’ziga yo’l ochadi. Xalq an’analari, urf-odatlar va bayramlar kishilarning jamoa bo’lib uyushishlarini, muloqotga kirishishlarini taqozo etadi. Zotan, ular xalq, hayotining barcha tomonlari - iqtisodiy, ijtimoiy, milliy, ilmiy, madaniy, harbiy, kasb-hunar va ishlab chiqarish jabhalarida namoyon bo’ladi. An’ana, bayram va urf-odatlar turmush madaniyati tushunchasining tarkibida harakat qiladi. An’ana va urf-odatlar kishilarning o’zaro va jamiyatga ijtimoiy munosabatlarini takror ishlab chiqarishda, oldingi avlod erishgan moddiy va ma’naviy boyliklarni o’zida aks ettirib, keyingi avlodni tarbiyalashda muhim vositadir. Tayanch iboralar:fanning predmeti, tarbiya, metodika, maqsad, vazifalar, qadriyatlar, fanlararo bog’liqlik, metod, usul, vosita, tarbiya tizimi, dunyoqarash, axloqiy kamol topish, o’quvchilar tashkilotlari, o’z-o’zini nazorat qilish, ma’naviy axloqiy fazilatlar, tarbiya va madaniyat muassasalari. Download 34.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling