Bitiruv oldi malakaviy
Download 76.8 Kb.
|
Hisobot bank ishi ta‘lim yo\'nalishi bo\'yicha bitiruv oldi mala-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- "BANK ISHI" TA‘LIM YONALISHI BOYICHA BITIRUV OLDI MALAKAVIY AMALIYOTI
- Kafedra tomonidan ro‘yxatga olingan tartib raqami №______ “___” ____________2022 y. ________
- Hisobot bahosi _______ ball Komissiya a‟zolari: ______________________________ ______________________________
Hisobot "bank ishi" ta‘lim yo'nalishi bo'yicha bitiruv oldi malakaviy amaliyoti 1 -ilova O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI "Moliya" kafedrasi HISOBOT "BANK ISHI" TA‘LIM YO'NALISHI BO'YICHA BITIRUV OLDI MALAKAVIY AMALIYOTI
Reja
Kirish AT “Xalq banki” YAngiko‘rgon filialining tashkiliy tuzilishi AT “Xalq banki” YAngiko‘rgon filialining mijozlarga ko‘rsatilayotgan bank maxsulotlari va xizmatlarini o‘rganish Filialning kapitali va uning tashkil etish manbalari AT “Xalq banki” YAngiko‘rgon filial faoliyati asosiy ko‘rsatkichlari va moliyaviy natijalari bilan tanishish Xulosa
Kirish So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasida bank tizimini takomillashtirish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlarning dastlabki natijalari bank faoliyatining fundamental asoslarini shakllantirish va amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar o‘rtasida ma’lum uzilishlar mavjudligidan dalolat bermoqda. Mazkur holat birinchi navbatda, bank tizimining yaqin va uzoq istiqboldagi holatini belgilab beruvchi strategik rivojlanish dasturlari va yo‘nalishlariga ta’alluqlidir. Xususan, O‘zbekiston Respublikasini 2017–2021 yillarda yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida. “Bank faoliyatini tartibga soluvchi zamonaviy tamoyil va mexanizmlarni joriy etish, ularning samarali faoliyat ko‘rsatishiga yo‘l qo‘ymayotgan to‘siqlarni bartaraf etish yo‘nalishida 2018-2019 yillarga mo‘ljallangan bank faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar, shu jumladan bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasining talablariga asosan, tijorat banklarining mablag‘lari etarliligi va likvidliligi darajasi ko‘rsatkichini qo‘llab-quvvatlash” zarurligi qayd etilgan. Bu bilan 2019 yilning yakunigacha bank nazorati bo‘yicha xalqaro Bazel – 3 kelishuvi talablarining bank faoliyatiga joriy etish jarayonlari yakunlanishi nazarda tutilmoqda. Tijorat banklari iqtisodiyotning “qon tomir tizimi” bo‘lib, aholi va biznesning to‘planib qolgan jamg‘armalarini taqsimlash orqali iqtisodiyotni zarur moliyaviy resurslar bilan ta’minlaydi. Bu vositachilik iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan “yoqilg‘i” bilan ta’minlaydigan omilidir. Vositachi sifatida tijorat banklari pul mablag‘laridan foydalanganligi uchun foiz to‘lash sharti bilan omonatlarni jalb qiladilar va ularni aholi va tadbirkorlarga kreditlar va investitsiyalar shaklida foiz evaziga taqdim etadilar. SHuningdek, tijorat banklari xorijiy valyutani naqd va naqd pulsiz shakllarda sotib olish va sotish, bank konsalting va informatsion xizmatlar, hujjatlarni va boshqa qimmatbaho narsalar va hokazolarni saqlash uchun seyf va yacheykalarni ijaraga berish bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatadi. Tijorat banklarining xizmatlar turi:
O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga asosan bank bu – tijorat muassasasi bo‘lib, jismoniy va huquqiy shaxslarning bo‘sh turgan pul mablag‘larini jalb qilish va ularni o‘z nomidan, to‘lov, muddat-lilik, qaytib berish sharti asosida joylashtirish operatsiyalarini va boshqa bank operatsiyalarini bajaradi. Ba’zi adabiyotlarda bank korxona sifatida ham izohlanadi. Ma’lumki, bank yaxlit olingan korxona sifatida ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirmaydi. Tijorat banklarining faoliyatini korxona faoliyatiga jihatidan o‘xshatish mumkinki, tijorat bank-lari ham korxonalar singari faoliyatini o‘z daromadini ko‘pay-tirishga va shu asosda birinchidan o‘z asoschilari - aksionerlarining manfaatlarini, ikkinchidan o‘z mijozlarining manfaatlarini himoya qilishni ta’minlashi.
Bank tarixi Xalq banki 1875 - Aksiyadorlik tijorat Xalq banki O’zbekistonning qadimiy banklaridan biri hisoblanadi. Toshkentda birlamchi jamg’arma kassalar 1875-yilda tashkil yetilgan. 1995 - O’zbekiston Respublikasi Hukumatining 1995-yil 4-oktabrdagi Qaroriga asosan «O’zjamg’armabank» Davlat-tijorat Xalq banki yetib qayta tashkil yetildi. 2015 - O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 24-apreldagi “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy yetish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-4720-sonli Farmoniga asosan bank nomi “Aksiyadorlik tijorat Xalq banki” nomiga o’zgartirildi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Xalq banki missiyasi Xalq banki missiyasi – bank faoliyatining mazmuni va ma’nosini belgilab beradi, hukumatning moliyaviy agenti vazifalarini bajarishdagi, shuningdek, xalq farovonligi va umuman iqtisodiyotning o’sishini ta’minlashdagi o’rnini mustahkamlashga xizmat qiladi. Bizning mijozlarimiz – aholi va xo’jalik yurituvchi subektlar, ularning faoliyati, maqsadlari va intilishlari, farovonligi – Xalq banki aynan shuning uchun faoliyat yuritadi. Biz quyidagi talablarga javob berishga intilamiz: - taqdim yetiladigan, yeng zamonaviy xalqaro standartlarga javob beradigan bank mahsulotlari va xizmatlarining ko’lami va hajmlarini kengaytirish yo’li bilan, shuningdek, ulardan butun yurtimiz bo’ylab foydalanish imkoniyatini ta’minlash orqali davlatning yetakchi universal banki bo’lish; - xodimlar faoliyati uyg’unligini ta’minlash va ularning shaxsiy va kasbiy intilishlarini ro’yobga chiqarish yo’li bilan davlatimizning yeng yaxshi va talabgor ish beruvchilaridan biri bo’lish. 2012 yildan boshlab Xalqbanki yuqori darajadagi xalqaro reytinglarga yega bo’lib kelmoqda. 2019yil Xalq banki tarixida ilk marotaba “Moliyaviy hisobot xalqaro standartlari"ning 9standarti amaliyotga tatbiq etildi hamda “ISO 9001:2015” xalqaro muvofiqlik sertifikati olindi. 2021 - yilning avgust oyida Xalq banki reytingi “Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligining “BB-/B” -“Barqaror” reytingiga hamda “Standard and Poors” xalqaro reyting agentligining “B+/B” reytingiga yega boʻldi. 2021 - yilning avgust oyida “Standard and Sensitive Rating” agentligi tomonidan milliy shkala bo’yicha “uzA+” - “Barqaror” reytingi tasdiqlandi. Ushbu reyting Xalq banki tomonidan milliy shkala bo’yicha kreditga layoqatlilik ko’lamini kengaytirish borasida amalga oshirilgan ijobiy ishlarni aks yettiradi. Bank kapitali Bizning moliyaviy ko’rsatkichlarimiz barqaror o’sish dinamikasiga yega. Bugungi kunda Xalq bankining jami kapitali 4 929 336,5 mln. so’mni tashkil qiladi. 2020-yil 1-oktabriga nisbatan 3,5% ga o’sgan. Jalb qilingan aholi omonatlari 2021-yilning 1-oktabr holatiga aholi omonatlari 7 189 757,0 mln. so’m bo’lib, 2020-yil 1-oktabriga nisbatan 14,7 foizga o’sgan. Bank kredit qo’yilmalari 2021 - yilning 1-oktabr holatiga bankning kredit qo’yilmalari 21 019 047,4 mln. so’m bo’lib, 2020-yilning 1-oktabrga nisbatan 20,5 % ga oshgan 2021 yil. Bank strukturasi Xalq banki filiallari – 196 ta; Bankdan tashqari tashkil yetilgan kassalar – 307 ta; 24/7 shoxobchalari – 423 ta; Bank xizmatlari markazlari – 106 ta; Valyuta ayirboshlash shoxobchalari – 261 ta; Xalqaro pul o’tkazmalari shoxobchalari – 297 ta; Bank kassalari (jamg’arma kassa, maxsus kassa, universal kassa va boshqalar) – 817 ta; Ko’chma (sayyor) kassalar – 1443 ta. Strategiyaning asosiy yo’nalishlari bilan quyidagilar belgilab berilgan: Tashkiliy tuzilishini, qaror qabul qilish tizimi va korporativ boshqaruvni yanada takomillashtirish Mijozlarning ehtiyojlari va imkoniyatlarini hisobga olgan holda, yangi bank mahsulotlari va xizmatlarini ishlab chiqish va joriy qilish Samarali axborot siyosatini va brend strategiyasini ishlab chiqish Samarali xodimlarni boshqarish tizimini yaratish Ichki nazorat tizimini takomillashtirish Chakana va korporativ biznesni rivojlantirish Daromadlilik va rentabellik darajasini oshirish Zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish Strategiya bilan belgilangan asosiy vazifalarni hal yetishda, bank o’zining bank-moliya xizmatlari bozoridagi asosiy ustuvorligidan – yeng keng qamrovli bo’linmalari tarmog’idan to’laqonli foydalanadi. Kelgusi besh yil davomida bo’linmalarni takomillashtirishga qaratilgan bir qator choralarning majmuini amalga oshirish ko’zda tutilmoqda. Xususan, ularning faoliyati tahlil qilinadi va natijalari bo’yicha rentabelli bo’linmalarni takomillashtirish hamda norentabelli bo’linmalarni yopish qarorlari qabul qilinadi. Davlat iqtisodiyotining real sohasini kreditlashga oid, shu jumladan, korxonalarni modernizasiyalash, texnik va texnologik qayta qurollantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlarini qo’llab-quvvatlash bo’yicha davlat dasturlarida ishtirok etishga alohida e’tibor beriladi. Tijorat banklari, bizning fikrimizcha, shunchaki korxona emas, maxsus korxonadir. CHunki tijorat banklari ssuda kapitali harakatini amalga oshiradi va shu asosda bank o‘z aksionerlariga, paychilariga foyda olishni ta’minlaydi. Tijorat banklari bank tizimining muhim bo‘g‘ini bo‘lib, kre-dit resurslarining asosiy qismi shu banklarda yig‘iladi va bu banklar huquqiy, jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatadi. O‘zbekiston Respublikasida tijorat banklari bank tizimining Markaziy bankdan keyingi ikkinchi pog‘onasi hisoblanadi. Aksioner banklar aksioner jamiyat kabi ochiq turdagi yoki yopiq turdagi aksioner banklar bo‘lishi mumkin. Aksionerlar safiga kirish aksiyalarni sotib olish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Huquqiy va jismoniy shaxslar banklarning aksiyalarini sotib olishi va aksioner bo‘lishlari mumkin. Ba’zi tijorat banklari paylar (badallar) hisobidan tashkil qilinishi mumkin. Bu turdagi banklarning qatnashchilari ham huqu-qiy va jismoniy shaxslar bo‘lishi mumkin. Xususiy banklar – jismoniy shaxslarning pul mablag‘lari hiso-bidan tashkil qilingan banklar hisoblanadi. Bajaradigan operatsiyalariga ko‘ra tijorat banklar – universal va maxsus banklarga bo‘linadi. Universal banklar xilma – xil operatsiyalar bajarish, har xil xizmatlar amalga oshirish xususiyatiga ega bo‘ladi. Maxsus banklar ma’lum yo‘nalishlarga xizmat ko‘rsatib, o‘z faoliyatini shu yo‘na-lishlarda yutuqlarga, samaradorlikka erishishga bag‘ishlaydi. Bunday banklarga tarmoqlarga xizmat ko‘rsatuvchi banklar, eksport-import operatsiyalarini olib boruvchi banklar, investitsiya banklari, zamin banklar kirishi mumkin. Joylashish belgisiga ko‘ra tijorat banklar: xalqaro, respublika, mintaqaviy, viloyat banklariga bo‘linishi mumkin. Banklar tarmoqlarga xizmat ko‘rsatishiga qarab, sanoat, qurilish, qishloq xo‘jaligi, savdo va boshqa banklarga bo‘linishi mumkin. Bozor iqtisodiyoti sharoitida banklarning o‘rni, ularning iqtisodga ta’siri o‘sib bormoqda. Kredit muassasalari aholi, korxona, tashkilotlar, kompaniyalarning bo‘sh pul mablag‘larini yig‘ish va joylashtirishdan tashqari, kapital jamg‘arilishini, harakatlanuvchi kapital yordamida korxonalarning xo‘jalik faoliyatini takomillashtirishga ko‘maklashadi va korxonalar faoliyati ustidan nazorat olib boradi. Banklar va uning krediti yordamida mavjud kapital tarmoqlar o‘rtasida, ishlab chiqarish va muomala sohasida taqsimlanadi va qayta taqsimlanadi. Sanoat, transport, qishloq xo‘jaligi sohasida qo‘shimcha investitsiyaga bo‘lgan talablarni moliyalashtirib, banklar xalq xo‘jaligida progressiv yutuqlarga erishishni ta’minlashi mumkin. Amaliyot o‘tash davrida AT “Xalk banki” Namangan viloyati YAngikurg‘on filialida bank korporativ boshqaruv bilan xam yakindan tanishib chikdim. Korporativ boshkaruv deganda bank strategik maqsadlarini aniqlash va ularga erishish ustidan nazorat qilish uchun zarur tashkiliy tuzilmani, shuningdek, boshqaruvga oid qarorlar qabul qilish imkonini ta’minlovchi, bank boshqaruv organlari va boshqa manfaatdor tomonlar o‘rtasidagi munosabatlar majmui, shu jumladan, boshqaruv organlarining vakolatlarini va javobgarligini taqsimlash hamda boshqaruvga oid qarorlar qabul qilish imkonini yaratish tushuniladi.Bankning samarali korporativ boshqaruvning asosi quyidagilar hisoblanadi: bankning ichki hujjatlarida belgilanadigan vakolat va vazifalarning aniq tarzda taqsimlanishi; etarli darajadagi hisobdorlik; o‘zaro nazorat qilish hamda bank uchun salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan qarorlar qabul qilinishining oldini olishni ta’minlovchi, bank boshqaruvi organlari va (yoki) tarkibiy tuzilmalar o‘rtasidagi vakolatlarning taqsimlanishi; Samarali korporativ boshqaruv bank sektorining to‘g‘ri ishlashini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Banklarning barqarorligi moliyaviy barqarorlikning asosi hisoblanadi, shuning uchun bank faoliyatini tashkil etish sifati iqtisodiy farovonlikka erishishning muhim omilidir. — Banklarda boshqaruvni takomillashtirish maqsadida Markaziy bank tomonidan yangi tahrirdagi “Tijorat banklarida korporativ boshqaruv to‘g‘risida”gi nizom (2020 yil 30 iyun, ro‘yxat raqami 3254) qabul qilingan bo‘lib, bank nazoratiga oid Bazel qo‘mitasining “Banklarda korporativ boshqaruvning tamoyillari” va xalqaro umume’tirof etilgan normalar asosida ishlab chiqilgan. Ushbu Nizom “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi va “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 maydagi “2020-2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-5992-sonli Farmoniga muvofiq ishlab chiqildi. Uning maqsadi korporativ boshqaruvning ilg‘or standartlarini joriy etish orqali banklarda boshqaruvni takomillashtirish, bank boshqaruvi organlari hisobdorligi va faoliyatining shaffofligini ta’minlash hamda boshqaruvga oid qarorlar qabul qilish samaradorligini oshirishdan iborat. Unda, shuningdek, bank boshqaruvi organlari vakolat va vazifalari, banklarda manfaatlar to‘qnashuvini oldini olishga doir ko‘riladigan choralar, ma’lumotlar oshkoraligi va ochiqligini ta’minlash, bankda xodimlarning odob-axloq qoidalari hamda noo‘rin xatti-harakatlar haqida xabardor etish tizimini joriy qilish kabi normalar belgilangan. Nizomning yangi tahririda avvalgisidan farqli ravishda kuzatuv kengashi shakllantiradigan audit, tavakkalchiliklarni boshqarish va mukofotlash qo‘mitalarining vazifalari hamda ushbu qo‘mitalarning bank boshqaruvida tutgan o‘rni batafsil yoritib o‘tilgan. Bu esa o‘z navbatida, tijorat banki boshqaruv organlari o‘rtasida javobgarlikning shaffof sohalarini belgilashga xizmat qiladi. Ta’kidlash joizki, Nizom mehnatga haq to‘lash, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishga doir choralar va noo‘rin xatti-harakatlar haqida xabar qilish tizimlarini qamrab olgan. Bular bankning ijroiya organi a’zolari va xodimlarning mas’uliyatini oshirish hamda o‘z ishiga sadoqat bilan yondashgan holda, faoliyat yuritishiga qaratilgan. “Tijorat banklarida korporativ boshqaruv to‘g‘risida”gi nizom 2020 yil 1 oktyabrdan kuchga kirgan. XALQ BANKI, O‘zbekiston Respublikasi davlattijorat xalq banki — yirik universal davlattijorat jamg‘arma banki. 1992 y. da sobiq davlat mehnat jamg‘arma kassalari (1923) negizida tashkil etilgan mehnat jamg‘armalari va aholini kreditlash maxsus banki — SSSR jamg‘arma banki (1987)ning O‘zbekiston bo‘limi asosida O‘zbekiston jamg‘arma banki tashkil etiddi. 1995 y. da bu bank hukumatning maxsus qarori b-n O‘zbekiston Respublikasi davlattijorat xalq banki deb nomlandi. Boshkaruvi Toshkent sh. da. Bank ta’sischilari: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (51%) va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki (49%). Bankning asosiy vazifalari: respublikada bank jamg‘arma ishlarini rivojlantirishga qaratilgan depozit siyosatini olib borish; aholining bo‘sh pul mablag‘larini bank omonatlariga jalb qilish va ular hisobiga shakllangan resurelarni iqtisodiyotning ustuvor tarmoklariga yo‘naltirish; davlat va boshqa emitentlarning qimmatli qog‘ozlarini xarid qilish, saqlash, hisobga olish hamda ikkilamchi bozorda oldisotdi muomalasini amalga oshirish; lahzali va b. turdagi lotereyalarni tashkil qilish va o‘tkazish; xo‘jalik sub’ektlari va yakka tartibda faoliyat kursatadigan tadbirkorlarga mikrokreditlar berish; yuridik va jismoniy shaxslarga hisobkitob — kassa xizmati ko‘rsatish, uchinchi shaxs foydasiga to‘lovlar qabul kilish va b. Bank muassasalari davlat tomonidan ko‘p bolali va kam ta’minlangan oilalarga tayinlanadigan nafaqa va yordam pullarini egalariga tarqatdi. Xalq banki Jahon jamg‘arma banklari inti, Germaniya xalqaro hamkorlik bo‘yicha jamg‘arma kassalari fondi bilan hamkorlik qiladi. 2 AT “Xalq banki” YAngiko‘rgon filialining mijozlarga ko‘rsatilayotgan bank maxsulotlari va xizmatlarini o‘rganish AT “Xalq banklari” ning barcha filiallarining asosiy xizmat turlari quyidagilardan iborat. «Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Bank jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida qatnashadigan fuqarolarni hisobga qo‘yadi. Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimining zarur tarzdagi faoliyatini ta’minlash Bankning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi, Bank ushbu vazifalarni amalga oshirish maqsadida quyidagi huquqlarga ega bo‘ladi: yakka tartibdagi jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlarini ochish va yuritish uchun jamg‘arib boriladigan pensiya badallarini omonatga qo‘yuvchilardan zarur ma’lumotlarni olish; jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi mablag‘larini investitsiya qilishdan olingan daromaddan marja olish. Marja miqdori O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi. Bank jamg‘arib boriladigan pensiya tizimining faoliyatini ta’minlash bo‘yicha yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagilarga majburdir: qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yakka tartibdagi jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlarini ochish va yuritish; yakka tartibdagi jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga badallarning va hisoblangan foizlarning shaxsiy hisobini yuritish; jamg‘arib boriladigan pensiya badallari va foizlar yakka tartibdagi jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga o‘z vaqtida va to‘liq hajmda o‘tkazilishini ta’minlash; jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlari miqdorlari o‘z vaqtida va to‘g‘ri aniqlanishini, shuningdek ularning oluvchilarga to‘liq berilishini ta’minlash; yakka tartibdagi jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablag‘larning saqlanishini, ko‘rsatib o‘tilgan mablag‘larni moliyaviy vositalarga joylashtirish va ulardan investitsiya va kredit resurslari sifatida foydalanish yo‘li bilan ularning ko‘paytirilishini hamda inflyasiyadan himoya qilinishini ta’minlash; fuqarolarni ularning yakka tartibdagi jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlarining holati to‘g‘risida har yili va ularning murojaatiga ko‘ra xabardor qilish; yakka tartibdagi jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga tegishli bo‘lgan hujjatlar va yozuvlar saqlanishini ta’minlash. Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq Bank boshqa huquqlarga ega bo‘lishi va boshqa majburiyatlar olishi mumkin. Bank jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi mablag‘larining alohida hisobini yuritadi. Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi mablag‘lari Bank tomonidan jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlarini amalga oshirish uchun foydalaniladi. Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi mablag‘laridan jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi bilan bog‘liq bo‘lmagan majburiyatlarni bajarish uchun foydalanilishi mumkin emas. Ko‘paytirish va inflyasiyadan himoya qilish maqsadida jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi mablag‘laridan Bank tomonidan investitsiya va kredit resurslari sifatida, shuningdek moliya vositalariga joylashtirish uchun foydalanilishi mumkin. Bank jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi mablag‘laridan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda investitsiya va kredit resurslari sifatida foydalanadi. Bank tomonidan jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi mablag‘larini moliya vositalariga joylashtirish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi. AT “Xalq banki” yurtimizdagi eng ko‘p tarmoqqa ega bo‘lgan, eng yirik va universal banklardan biri bo‘lib, bank tomonidan aholiga va yuridik shaxslarga barcha turdagi xizmatlar ko‘rsatilib kelinmoqda Xalq banki mijozlarga har doim yaqin. Zero bankning asosiy maqsadi “Xalq ishonchi va farovonligi asosiy maqsadimiz” shiori asosda ishlash va mijozlar ishonchini oqlashdan iborat. Bundan tashqari, Xalq banki tomonida mijozlarga barcha turdagi zamonaviy bank xizmatlari ko‘rsatilib, qator imtiyozlar joriy etilmoqda. Filial ko‘rsatilayotgan xizmat turlarini quyidagi shior ostida olib bormoqda Xalq banki – xalq xizmatida! Bankdan yangi hisob raqam ochgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar uchun “Mobil banking” hamda “Internet banking” xizmatlari mutlaqo bepul. Xalq banki xizmatlari – “Siz uchun qulay va ishonchli”dir... Eng muhimi, Xalq banki mijozlari hisobraqamidagi mablag‘larni bankning “Internet banking” va “Mobil banking”xizmatlari orqali bank ishtirokisiz o‘tkazish imkoniyati yaratildi.Oldinlari, bu kabi amaliyotlar bank filiali bosh buxgalteri tasdiqlagandan so‘ng o‘tar edi. Biznesingiz –Xalq banki bilan ishonchli. Endi, Xalq banki mijozlari o‘z hisobraqamidagi mablag‘larni, Xalq banki mijozlariga 24/7-rejimda, uzluksiz, dam olish kunlari ham o‘tkazish imkoniyati yaratildi. YAna bir yangilik, bank mijozlari endi “bankda resurs yo‘q” degan holatlarga duch kelishmaydi. YA’ni, mijoz o‘z hisobraqamidagi mablag‘larni istalgan paytda tasarruf etishi mumkin, Xalq banki mijozi resurs bilan bog‘liq hech qanday muammoga duch kelmaydi. Filial boshqaruvchisi E.Soatov o‘z xodimlarini ish tashkillashida doim bank mijoz uchun shiori ostida ishlashni o‘z xodimlaridan talab qilib kelgan. Boshqaruvchi “Bank xodimining kasb odob-axloqi” kodeksi asosida ish olib borish yuzasidan qatiy nazorat o‘rnatgan. Kodeks O‘zbekiston Respublikasi bank hamjamiyatida ish yuzasidan o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash va haqqoniy raqobat uchun sharoitlarni yaratish maqsadlarida ishlab chiqilgan. Ushbu Kodeks bandlarini bajarilishi, banklar va boshqa tashkilotlar, ularning mansabdor shaxslari va xodimlari tomonidan bank mijozlariga, shu jumladan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga xizmat ko‘rsatishda ishbilarmonlik va kasb odob-axloqiga rioya etishi, ularning kasbiy mahorati, shuningdek ular faoliyatining O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga, hamda umumqabul qilingan odob-axloq me’yorlariga muvofiqligining qo‘shimcha isboti, garovi va ishonchliligi bo‘lib xizmat qiladi. Kodeksda aytilishicha, banklar va ularning xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi, kasb odob-axloqi me’yorlari va ananalarga so‘zsiz rioya qilishi, jamiyat va davlat oldidagi o‘zining fuqarolik va professional burchlarini anglashi, amaldagi qonunchilik me’yorlariga asoslangan davlat organlarining talablarini o‘z vaqtida va to‘liq bajarishi, bank biznesi sohasiga jalb qilingan bank mijozlari, shu jumladan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini hurmat qilishi, tijorat banklarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda banklararo hamkorlikni va o‘zaro munosabatlarni mustahkamlashi zarur. Ular o‘ziga olingan majburiyatlarga rioya qilish hamda yuqori saviyali va sifatli xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash, bank operatsiyalarini amalga oshirishda risk darajasini hisobga olish va cheklash, haqqoniy raqobatchilikni rivojlantirish, bank faoliyatining noinsof qatnashchilariga nisbatan faol qarshi kurashish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va boshqa noqonuniy harakatlarga qarshi kurashishda faol ishtirok etish, o‘zaro hurmat, hamfikrlik va o‘zaro yordam berish asosida xalqaro professional aloqalarni o‘rnatish va rivojlantirish, korporativ boshqaruv, shuningdek bank xizmatlarini ko‘rsatishda halollik yuzasidan ichki va o‘zaro nazoratni o‘rnatishga majburdir. Mazkur Kodeksning qoidalariga rioya qilmagan taqdirda, bank tizimi xodimlari uchun bank rahbariyati va jamoatchiligi tomonidan ma’muriy choralar qo‘llanilishi mumkin. Mazkur Kodeks qoidalariga rioya qilish bo‘yicha nazorat tizimi hamda xodimlarning mas’uliyati darajasi har bir bank tomonidan mustaqil tarzda belgilanadi. «Xalq banki»ning yangi formatdagi aloqa markazi haftada 7 kun davomida, uzluksiz ravishda telefon orqali mijozlarning murojaatlarini qabul qilib, sifatli va tezkor xizmat ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘ydi. Ushbu tizim orqali mijoz to‘g‘risidagi ma’lumotlar yig‘ilib, ehtiyojlarni oldindan aniqlash, shuningdek, avtomatlashtirilgan marketing va prognozlashtirilgan sotuvlarni amalga oshirib, mijozlarga yangi xizmat turlari taklif etiladi. Call-center orqali «Xalq banki» tizimiga oid muammolarni hal qilish hamda bank xizmatlari to‘g‘risida kerakli maslahat va tavsiyalarni olish ham mumkin. Operatorlar barcha turdagi xizmatlarni masofaviy shaklda olib bormoqda. Masalan: yo‘qotilgan bank kartasini bloklash yoki blokdan chiqarish; bank kartasi balansini va o‘tkazmalar tarixini bilish; Humo bank kartasi egalari uchun SMS xabarnoma xizmatini yoqish; jismoniy shaxslarning kredit to‘lovlari uchun ID raqamlarini bilib berish va mijozning mavjud bo‘lgan kreditiga ID raqam biriktirib berish; mobil banking xizmatlari: hisob raqamini qo‘shish va olish, blokka qo‘yish va blokdan chiqarish, mobil telefon o‘zgarganda yangi telefonda ilovani aktiv holatga keltirish; internet banking xizmatlari: hisob raqamini qo‘shish va olish; yuridik shaxslarga SMS banking xizmatida kerakli hisob raqamlarni qo‘shish va olish, telefon raqam qo‘shish va olish; yuridik shaxslarning kartoteka qarzdorliklari haqida ma’lumot berish; mijoz to‘lovlari o‘tgan yoki o‘tmaganligini aniqlashtirish; mijozlar omonatlari bo‘yicha ma’lumot berish; JBPT (INPS) — jismoniy shaxs bo‘lgan mijozning hisob raqami holati bo‘yicha ma’lumot olish uchun telefon raqamni biriktirib berish; JBPT (INPS), yuridik shaxslar uchun keng turdagi xizmatlar, xususan, yangi firmani biriktirib berish, xizmat ko‘rsatuvchi filialni o‘zgartirib berish, reestr yuborishdagi muammolarni bartaraf etish hamda masofaviy Any Desk yordamida xizmat ko‘rsatish; naqd pulda olinadigan pensiya mablag‘ini bank kartasiga o‘zgartirib berish; Zolotaya Korona xalqaro pul o‘tkazmasi orqali Uzcard va Humo kartalariga kirim qilishda amaliy yordam berish; «Xalq banki»ning Uzcard bank kartalari orqali to‘lovlarni amalga oshirish; ijtimoiy to‘lovlar va ish haqi uchun bank kartalarini onlayn rasmiylashtirib berish. +99871 210 20 02 va 1106 qisqa yagona ishonch raqamlari orqali mamlakat bo‘ylab aholidan murojaatlar qabul qilinmoqda. Murojaatlar esa kuniga 1000 dan ziyod bo‘lyapti. Bu ko‘rsatkich markaz ish boshlagandan buyon hozirgi vaqtga qadar 389 600 dan ortiqni tashkil etdi. Fuqarolarning asosiy va ko‘p beradigan savollari bu — kredit yo‘nalishlari (jismoniy shaxs va imtiyozli kreditlar), pensiya tarqatilishi, bank kartalari, JBPT xizmatlari to‘g‘risida va boshqalar. Markazda ayni vaqtda 84 nafar xodim faoliyat yuritmoqda. SHulardan 1 nafar xodim markaz direktori, 1 nafar xodim direktor o‘rinbosari, 2 nafari xizmat xonalari farroshi, 72 nafar xodim operator sifatida ish olib borayotgan bo‘lsa, 8 nafar xodim supervayzer sifatida mehnat qilmoqda. Veb-sayt: xb.uz E-mail: info@xb.uz Telegram kanal: https://t.me/xalqbankinfo Telegram-bot: https://t.me/xbInfo_bot Telegram-bot call-center: https://t.me/xalqbankcall_bot Facebook: Xalq Banki Instagram: xalqbankinfo 2022 yil 25 martdagi “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori ijrosi tahlili va bu borada belgilangan chora-tadbirlar” mavzuida matbuot anjumani tashkil etildi . Ushbu matbuot anjumanida Xalq banki tomonidan yo‘lga quyilayotgan zamonaviy bank xizmat turlari, tarmoqda amalga oshirilayotgan yangiliklar haqida ma’lumot berildi. Ta’kidlash lozimki, bugungi kunda yurtimizning barcha tuman va shaharlarida Xalq bankining 197 ta filiali, 30 ta minibanki, 687 ta jamg‘arma va maxsus kassasi, 206 ta xalqaro pul o‘tkazmalari shoxobchasi, 100 ga yaqin valyuta ayriboshlash shoxobchalari, umuman olganda bankning 3200 dan ortiq muassalari mijozlar uchun xizmat ko‘rsatib kelmoqda. YUqoridagi qaror ijrosi doirasida Xalq bankining barcha filiallarida mijozlar dastlabki ruxsatlarsiz hamda shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarsiz bank binosiga kirishi va bank xizmatlaridan foydalanishi imkoniyati yaratildi. Xizmat ko‘rsatish madaniyatini oshirish, mijozlarning ehtiyojlarini doimiy monitoring qilib borish maqsadida “Kyumatik” rusumidagi navbat kutish tizimi mijozlarga xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Qaror ijrosi doirasida 197 ta filialdan 185 tasida “Bank xizmatlari markazlari” faoliyati tashkil etilib, unga asosan front va bek ofisga ajratilgan holda xizmat ko‘rsatish tashkil etildi. Bugungi kunda qolgan 11 ta filiallarda kapital va joriy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda, ta’mirlash ishlari yakunlangandan so‘ng “Bank xizmatlari markazlari” faoliyati tashkil etilishi ta’minlanadi. Rivojlangan mamlakatlar tajribasini o‘rgangan holda sinov tariqasida Toshkent shahri Amaliyot bo‘limi va SHayxontohur filiallarida “24/7 Elektron ofis”lar tashkil qilindi. YAna qo‘shimcha ravishda joriy yil davomida 20 ta “24/7 Elektron ofis” ishga tushirish rejalashtirilgan. SHuningdek, Xalq banki tomonidan mijozlar uchun axborot texnologiyalaridan foydalangan holda turli interaktiv xizmat turlari ham joriy etilmoqda. SHunday xizmat turlaridan biri — “Internet banking”. Ushbu xizmat turi orqali mijozlar (yuridik shaxslar) o‘z hisob-raqamlarini dunyoning istalgan nuqtasidan boshqarishlari mumkin. Mijozlar (yuridik shaxslar) o‘z hisob raqamlarini mobil aloqa vositalariga o‘rnatilgan maxsus dasturiy ta’minot orqali dunyoning istalgan nuqtasidan boshqarish imkonini beruvchi yana bir xizmat turi — “Korporativ Mobil banking” xizmat turi mavjud. Jumladan, qaror doirasida Xalq bankining “Xalq mobile” mobil ilovasi joriy qilindi. Xalq bankining istalgan filiallarida aholiga xalqaro “Viza” to‘lov kartasini ochgan holda “Xalq mobile” mobil ilovasi orqali “on-layn” rejimida istalgan vaqtda konversiya qilish (xorijiy valyuta AQSH doll.ni sotib olish) imkoniyati yaratilgan. jismoniy shaxslar tomonidan xalqaro to‘lov kartalari orqali sotib olingan xorijiy valyutani naqd shaklda echib olish mexanizmi joriy etildi. Bankning barcha filiallari 247 ta valyuta terminallari bilan ta’minlangan. SHuningdek, turistlar ko‘proq boradigan joylarda “24/7” yoki kunu-tun rejimida ishlaydigan 11 ta avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash shoxobchalari tashkil etildi. Qo‘shimcha ravishda yana 5 ta avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash shoxobchalari qisqa muddatda aholi gavjum joylarga o‘rnatiladi. Bankning Andijon, Namangan, Farg‘ona, va Surxondaryo viloyatlari Amaliyot bo‘limlariga o‘rnatiladi. Bankning Qashqadaryo viloyati SHahrisabz filivliga o‘rnatiladi. Bundan tashqari, bank tomonidan aholiga yanada qulayliklar yaratish maqsadida bank tariflariga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi. Jumladan: xalqaro “Visa” to‘lov kartalarini ochish 2023 yilning 1 apreliga qadar - bepul etib belgilandi; Xalq banki tomonidan emissiya qilingan xalqaro to‘lov kartalaridagi mablag‘larni echish 2023 yilning 1 apreliga qadar - bepul etib belgilandi; internet to‘lov va sms xabarlarga ulanish - bepul etib belgilandi; xalqaro to‘lov kartasining depozit summasi 25 AQSH doll.dan 15 AQSH doll.ga tushirildi. YAna bir muhim masala. Markaziy bank tomonidan berilgan ko‘rsatmaga asosan Xalq banki valyuta ayirboshlash shoxobchalarida bir xorijiy davlatning naqd valyutasini boshqa xorijiy davlatning naqd valyutasiga almashtirish (konversiya) operatsiyasi yo‘lga qo‘yilgan. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi hududlari o‘rtasida Xalq bankining filiallari orqali “Milliy valyutadagi pul o‘tkazmasi” tizimini amaliyotga joriy etish yuzasidan zaruriy ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu tizimli xizmat turi bank mijozlari uchun joriy yilning aprel oyidan ishga tushurilishi rejalashtirilmoqda. Download 76.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling