Bitiruvchisi Jamilova Mohigul Madiyorovnaning «fizika o`qitishda zamonaviy va interfaol pedagogik texnologiyalardan foydalanish»


Download 0.84 Mb.
bet20/22
Sana09.06.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1466452
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
JamilovaM Interfaol BMI

Xulosalar
Fizika ta`limida yangi pedagogik texnologiyalarni qo`llash bo`yicha olib borilgan tadqiqot ishlaridan quyidagi natijalar va xulosalar kelib chiqadi:
1. Fizika fani yuqori sinf (kurs) larga o`tgan sari hodisalar, qonuniyatlar murakkablashib, dars materialining hajmi esa ortib boradi. Shu va shu kabi boshqa parametrlar dars sifati, o`quvchilarning o`zlashtirish ko`rsatkichiga salbiy ta`sir etishi mumkin. Bu maqsadda fizika ta`limida yangi pedagogik texnologiyalarni qo`llash samarali ekanligi aniqlandi.
2. Fizika ta`limida yangi pedagogik texnologiyalarni qo`llashdan maqsad ta`lim oluvchini dars jarayonining markaziga olib chiqish, o`quvchilarni o`quv materiallarini shunchaki yodlab olishlaridan, ixtiyoriy takrorlashlaridan uzoqlashtirib, mustaqil va ijodiy faoliyatini rivojlantirish, darsning faol ishtirokchisiga aylantirishdir.
3. Yangi pedagogik texnologiyalarni fizika ta`limida to`laqonli tarzdagi texnologik jarayon sifatida tadbiq etish, ta`lim-tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish — ta`lim muassasasining kuchli moddiy-texnik bazasini, ko`p vaqt va mehnat talab etadigan murakkab jarayondir. Fizika ta`limida yangi pedagogik texnologiyalarni qo`llash uchun o`qituvchi yuksak pedagogik mahoratga ega bo`lib, dars mavzusi, o`quvchilar soni, ularning qiziqishi, qobiliyatlarini har tomonlama hisobga olishi kerakligi ma`lum bo`ldi.
4. Fizika bo`limlarining muayyan mavzulari uchun yangi pedagogik texnologiyalar qo`llanilgan dars loyihalari ishlab chiqildi va bu loyihalarni dars jarayonida sinab ko`rish uchun BuxDU qoshidagi II son akademik litseyida tadqiqot ishlari o`tkazildi. Har bir yangi pedagogik texnologiya, interfaol metodlarni qo`llashda ikkita guruh namuna sifatida tanlab olindi. Bu guruhlarning birinchisiga dars oddiy, an`anaviy usulda, ikkinchisida esa yangi loyiha asosida o`tkazildi.Yangi pedagogik texnologiyalarni qo`llab o`tkazilgan dars jarayonida o`zlashtirish ko`rsatkichi yuqoriligi, sifat samaradorligi yaxshilanganligi aniqlandi.
5. Tajriba fizikadan ma`ruza darslarini o`tishda “aqliy hujum”, BxBxB”, “muammoli vaziyat” kabi interfaol metodlar, masala yechish darslarida esa, “6x5”, “davra suhbati”, “kichik guruhlarda ishlash” kabi metodlarni qo`llash yaxshi natija berishini ko`rsatdi. Fizikadan muayyan bo`lim yoki mavzularni yakunlash, darsni mustahkamlashda “Venn diagrammasi” strategiyasi va shu kabi usullardan foydalanilganda, o`quvchilarning fizika fanini o`rganishdagi qiyinchiliklari bartaraf etilishi kuzatildi.
6. Ikki yillik tadqiqot natijalari asosida “yulduzli osmon”, “sirli baho”, “Kim, qayerda xato qildi?” kabi yangi metodlar ishlab chiqildi va bu metodlarni fizika ta`limida qo`llaganda quyidagi:
-o`quvchilar o`rtasida sog`lom raqobat muhitining yuzaga kelishi;
-o`zaro hamkorlik;
-bir-birini tinglash;
-o`z xatosini tushunish;
-fanga bo`lgan qiziqishning ortishi;
-ijodiy izlanish va boshqa shu kabi ijobiy natijalar kuzatildi.
7. Yuqoridagi yangi pedagogik texnologiyalarni qo`llab o`tkazilgan fizika dars jarayonlari o`quvchilar tomonidan ham ma`qullandi. Oddiy, an`anaviy usulda tashkil qilingan dars jarayonidan farqli ravishda yangi pedagogik texnologiyalar asosida o`tkazilgan dars jarayoni o`zining sezilarli samarasini ko`rsatdi.



Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling