Kirish
Ishning dolzarbligi: Fanning turli sohalarini uzluksiz rivojlantirib borishda yangi axborotning nihoyatda tez ko`payishi hozirgi zamon uslubiyoti oldiga juda katta qiyinchilik va muammolarni qo`ydi. Ta`lim oluvchilarni hozirgi zamon bilimlari bilan tanishtirish va fanni yaxshi o`zlashtirishi uchun nima ishlar qilish kerakligi dolzarb muammoga aylanib qolmoqda. Bu muammo oldida butun dunyo pedagog olimlari bosh qotirmoqdalar.
Ma`lumki, Respublika ta`lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning barchasi kelajakda barkamol avlodni tarbiyalash, kamol toptirishga qaratilgan. Bu esa o`z navbatida ta`lim jarayoniga yangi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo`llashni taqozo etmoqda.
Bitiruv malakaviy ishi mavzusining bunday tanlanishiga sabab fizika ta`limida yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etish orqali ta`lim sifatini oshirish va yuksak samaralarga erishishning optimal usullarini aniqlash, qolaversa yangi interfaol usullarni ishlab chiqish va ta`lim jarayoniga tadbiq etishdir.
Ishning maqsadi va vazifalari: Fizikani o`qitish jarayonida yangi pedagogik texnologiyalarni qo`llash, dars o`tish jarayonida aynan dars mavzusiga mos interfaol metodlarni qo`llay olish va yangi interfaol metodlarni ta`lim tizimiga joriy etishdan iborat. Bu maqsadlarga erishish uchun quyidagi vazifalar qo`yildi:
1.Fizika ta`limida yaxshi samara beradigan pedagogik texnologiyalarni
aniqlash.
2.Tanlab olingan interfaol metodlarni mos mavzularga qo`llash
texnologiyasini ishlab chiqish.
3.Bu interfaol metodlarni dars jarayoniga qo`llab sinovdan o`tkazish, tahlil etish va yaxshi samara bergan usullarni tanlab olish.
Muammoning ishlab chiqilish darajasi: seminar, konferensiyalarda ma`ruzalar, tezislar, ilmiy maqolalar.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi: fizika ta`limida bir nechta interfaol metodlarni qo`llash loyihasi ishlab chiqilgan, sinovdan o`tkazilgan. Fizikani o`qitishda qo`llash mumkin bo`lgan yangi usullar kiritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |