Bitkoin. Kriptovalyuta
Sotish mumkin, sotib olish — yo’q
Download 1.45 Mb.
|
Kriptovalyuta
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tariflar mavjud, legallashtirish — yo’q
Sotish mumkin, sotib olish — yo’q:
O’zbekistonda barcha kripto-aktivlarning faoliyati litsenziya asosida bo’lishi va 2020-yilning boshida ochilgan kripto-birjada amalga oshirilishi lozim. Birja ishtirokchilari faqatgina oldin qo’lga kiritilgan kripto-aktivlarni chel el foydalanuvchilariga sotishi mumkin. Birjada kripto-aktivlarni sotib olish mumkin emas — tashkilotchilar buni aholining moliyaviy savodxonligini pastligi bilan izohlashdi. Kripto-birjani chetlab o’tib, savdo-sotiq qilish jinoyat deb hisoblanadi. Misol tariqasida, 2020-yilning yozida, Toshkentda bitkoin savdo-sotiq ishlari bilan shug’ullangan fuqarolarga qarshi Jinoyat Kodeksining 177 (valyuta qiymatlarini noqonuniy sotish yoki sotib olsih) va 190 (litsenziyasiz faoliyat bilan shug’ullanish) moddalari asosida jinoiy ishi qo’zg’atildi. O’sha yilning kuz mavsumida, poytaxtda bitkoin savdo-sotiq ishlari bilan shug’ullangan shaxslar hibsga olindi. Tariflar mavjud, legallashtirish — yo’q: Sotib olish ta’qiqlangani sababli, kriptovalyutalarni faqatgina mayning orqali kiritish mumkin. 2020-yil bahorida, maynerlar uchun oshirilgan ta’riflarda elektr energiyasi solig’i joriy qilindi. Ammo, mayning bilan shug’ullanadigan iste’molchilarni aniqlash va oshirilgan tariflarni qo’llash tartibi ishlab chiqilmadi. “Mayning” faoliyatini legallashtirish, majburiy a’zolik doirasida “Uzbekistan Cryptocurrency Mining Pool” dasturi yaratilishi asosida amalga oshirilishi kerak edi, ammo tegishli hujjatlar hali qabul qilinmagan. Markaziy bank pozitsiyasi 2017-yildan buyon o‘zgarmagan. O‘shanda bank fikricha, kriptovalyutalar pullarning barcha funksiyalarini bajara olmaydi va biror-bir zaxira ta’minotidan mahrum, bu esa, o‘z navbatida, ularni “qiymati tez o‘zgaruvchi yasama vosita”ga aylantirishini ma’lum qilgan edi. Markaziy bank fikricha, bu kriptovalyutalar qiymati qisqarishi va aholi orasida moliyaviy yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin. Sentabrdagi xabarda ham, yaqin kungi bayonotda ham O‘zbekistonda kriptovalyutalardan foydalanishga ruxsat berilgan-berilmaganligi haqida ma’lum qilinmaganligi sababli nashr tegishli savol bilan Markaziy bankka murojaat qildi. Bitkoin tovarlar va xizmatlar uchun internet tarmog‘i orqali anonim tranzaksiyasini amalga oshirish uchun qo‘llaniladigan markazlashmagan raqamli valyutadir. O‘zbekiston Republikasi qonunchiligida raqamli valyutalardan foydalanish ko‘zda tutilmagan. Shuni ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi ‘Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida’gi qonuni 15-moddasiga muvofiq, pul vositalari yoki boshqa mol-mulk bilan operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar mijozni tekshirish bo‘yicha choralarni qo‘llash imkoniyati bo‘lmagan taqdirda hisob ochish, operatsiyalarni amalga oshirish, ish bo‘yicha munosabatlarga kirishishdan bosh tortish va mavjud munosabatlarni to‘xtatish, shuningdek, shubhali operatsiya haqida maxsus vakolatli davlat organiga xabar berishi kerak. Download 1.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling