Bituruv malakaviy ishi


Kompyuterning mahalliy tarmoqka ulashning 3 turi mavjud


Download 296.24 Kb.
bet3/31
Sana19.06.2023
Hajmi296.24 Kb.
#1620746
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
Aziz 100%

Kompyuterning mahalliy tarmoqka ulashning 3 turi mavjud.
1. Halkasimon.
2. Shinali.
3. Yulduzsimon.
Halkasimon bog’lanishda kompyuterlar yopik chizik bo’yicha bog’langan bo’ladi. Tarmoqning kirish qismi chikish qismi bilan ulangan bo’ladi. Axborot halka bo’yicha kompyuterdan kompyuterga utadi
Kompyuterdan turli masalalarni hal qilishda foydalanish mumkin. Ahborot almashish uchun magnit va kompakt disklardan foydalanish yoki boshqa kompyuterlar bilan umumiy tarmoqka ulanish kerak bo’ladi.
Kompyuterlarning o’zaro ahborot almashish imkoniyatlarini beruvchi qurilmalar majmuiga kompyuter tarmoqlari deyiladi.
Tarmoqning asosiy imkoniyatlari tarmoqka ulangan kompyuterlar va ahborot ashyolariga bog’lik.
Ahborot ashelari deganda arhiv, kutubhona, fondlar, ma’lumotlar ombori va boshqa ahborot tizimlaridagi hujjatlar yigindisi tushuniladi.
Tarmoqdagi kompyuterlarda saklanayotgan ahborot ashyolariga ushbu tarmoqka ulangan boshqz kompyuterlar yordamida kirish mumkin.
Kompyuterlar soniga karab tarmoqlar lokal, mintatsaviy va global tarmoqdarga bo’linadi.
Lokal tarmoqlar bir binoda yoki bir-biriga yakin binolarda joylashgan kompyuterlarda o’zaro ahborot almashish imkonini beruvchi tarmoq hisoblanadi.
Bunday tarmoqlarda ahborot almashinish aloqa kabellari (ba’zan, telefon tizimi yoki radiokanal) orqali amalga oshiriladi. Bunda foydalanuvchilar tarmoqka ulangan kompyuterlardagi ma’lumotlarni birgalikda kayta ishlash va ma’lumotlarni ayirbosh- lash va dastur, chop etish qurilmasi, modem va boshqa qurilmalardan birgalikda foydalanish imkoniyatiga ega bo’lishadi.SHuning uchun, bittadan ko’p kompyuterga ega bulgan firmalar o’z kompyuterlarini lokal tarmoqka birlashtiradi.
Lokal tarmoqda kompyuterlar orasidagi masofa yakin bulganligi bois, telefon kanallaridan foydalanmasdan ahborotni uzatish tezligini oshirish mumkin.Lokal tarmoqda ahborotni uzatish uchun ahborotni marshrutlash va selektsiyalash lozim bo’ladi. Marshrutlash bu — kerakli manzilga ahborot blokini uzatish yulini aniqlash jarayonidir.
Selektsiyalash — tegishli manzildagi ahborotni saralash demakdir. Lokal tarmoqlar ahborotni marshrutlash va selektsiyalash usuli bo’yicha ikki sinfga ajratiladi. Lokal tarmoqlar selektsiyalash orqali ahborotni bir abonent tizimidan boshqa tizimga uzatishni ta’minlaydi.
Ishchi tizimlar katta mikdordagi ma’lumotni sakdash, izlash, murakkab hisoblashlar, modellashtirish, dasturiy ta’minotni rivojlantirishga hizmat kiladi.
Ma’muriyat tizimlari tarmoqni boshqaradi. Kommunikatsion tizimlar abonent tizimlar orasida ahborotlarni uzatish uchun marshrutlash va bog’lanishlarni kommutatsiya qilish vazifasini bajaradi.
Mintatsaviy tarmoq — biror tuman, viloyat yoki respublika mikyosidagi kompyuterlarni o’zida mujassamlashtirgan tarmoq.
Bunday tarmonda bir nechta markazlashgan (ya’ni lokal tarmoqlarni birlashtiruvchi) juda kuvvatli serverlar mavjud bo’ladi va bunday serverlar urtasidagi ahborot aloqa kabeli, optik tolali yoki sun’iy yuldosh radioapoka kanallari yordamida uzatiladi.
Global tarmond — dunyoning ihtiyoriy davlatidagi kompyuterlarni o’zida birlashtirish imkoniga ega bulgan tarmoq. Bu tarmoq internet (Internet) deb ham yuritiladi.
Internet bilan birga intranet tushunchasi ham ishlatiladi. Intranet — bu internet tehnologiyasi, dastur ta’minoti va bayonnomalari asosida tashqil etilgan, ma’lumotlar ombori va elektron jadvallar bilan jamoa bo’lib ishlash imkonini beruvchi korhona yoki tashkilot mikyosidagi yangi ahborot muhitini tashqil etuvchi kompyuter tarmog’idir.
Intranet boshqa kompyuter tarmoqlaridan quyidagi jihati bilan farkdanadi: bir yoki bir nechta serverdan tashqil topgan tarmoq mijozi undagi ma’lumotlardan foydalanish uchun ularning kaysi serverda, kaysi katalogda, qanday nom bilan sakdanayotganligini, ularga kirish usul va shartlarini bilishi zarur bo’ladi. Internetda esa bunday noqulayliklarning oldi olingan bo’lib, uning foydalanuvchisi bunday ma’lumotlarni bilishi shart emas. Bundan tashqari, internet tarmonda mavjud bulgan barcha elektron hujjatlar va ma’lumotlar omborini giperbog’lanishlar yordamida o’zaro bog’lab yagona ahborot muhiti kurish, unda qulay ahborot kidiruv tizimlarini tashqil etish mumkin bo’ladi.
Zamonaviy telekommunikatsiya vositalari imkoniyatlari juda keng tizim bo'lib, unga «Informatika va hisoblash texnikasi asoslari» fanidan ma'lum bo'lgan kompyuter, multimedia vositalari, kompyuter tarmoqlari, internet, intranet kabi tushunchalardan tashqari qator yangi tushunchalar ham kiradi. Bularga axborot tizimlari, axborot
tizimlarini boshqarish, axborotlarni uzatish tizimlari, ma'lumotlar ombori, ma'lumotlar omborini boshqarish tizimi, bilimlar ombori kabilar kiradi.
XX asrning 90yillaridan boshlab axborotlashtirish sohasi keskin rivojlanib ketdi. Bizning asrimiz, ya'ni XXI asrni axborotlashtirish va kommunikatsiya asri deb bejiz atashmaydi. Axborotlashtirish nima va uning vazifalariga nimalar kiradi, uning asosiy xususiyatlari qanday, degan savollar hozirgi zamon jamiyatidagi har bir fuqaroni qiziqtirishi tabiiy. Chunki inson faoliyatini axborotsiz tasawur qilish qiyin.
Hozirgi kunda har bir tashkilot, o'quv muassasasi, firma va ishlab chiqarishning barcha sohalarida rahbar va xodimlar faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida boshqaruv jarayonlarini ma'lum darajada avtomatlashtirishga oid muammolarni yechish bilan shug'ullanadi. Bunda ular maxsus firmalarning mutaxassislari bilan uchrashadi, ularning faoliyati bilan yaqindan tanishadi, ular ishlab chiqaradigan mahsulotlarni ko'radi va pirovardida o'zida avtomatlashtirish uchun kerak bo'ladigan texnik jihozlarni xarid qiladi. Albatta, tashkilotlarga o'rnatilgan avtomatlashtirish jihozlari yildanyilga yangilanib, texnik jihatdan takomillashtirib boriladi.
XX asrning so'nggi o'n yili mobaynida axborotlar bilan ishlash va axborotlashtirish juda rivojlandi. Bunga sabab shundaki, kundalik turmushda axborotlar, ularni qayta ishlash va uzatishning ahamiyati ortib bormoqda. Bu esa, o'z navbatida jamiyatning har bir a'zosidan axborotlashtirish va axborot texnologiyalari sirlarini, uning qoida va qonuniyatlarini mukammal bilishni taqozo etadi.
Respublikamiz mustaqillikka erishganidan so'ng, axborotlashti­rish va axborot texnologiyalaridan foydalanish yo'nalishida katta tadbirlar amalga oshirildi. Hukumatimiz tomonidan qabul qilingan «Ta'lim to'g'risida»gi Qonunda bu dasturning tub mohiyati bayon etilgan. Shuningdek, so'nggi 5—6 yil ichida bu sohada qabul qilingan qator hujjatlar axborotlashgan jamiyatni qurish eng oliy insoniy orzuniyatga aylanganligidan dalolat beradi.
Hozirgi kunda axborot va kompyuter texnologiyalari atamalari kundalik turmushda eng ko'p qo'llaniladigan tushunchalar desak mubolag'a bo'lmaydi. Chunki hayotning qaysi sohasini olmaylik, qanday amallarni bajarmaylik, albatta, axborotlar bilan ish ko'ramiz. Ya'ni axborotlardan foydalanish, axborot almashish, ularni uzatish, o'zlashtirish inson faoliyatining asosiy negizini tashqil etadi.
Hozirgi kunda axborot texnologiyasi jamiyatning jadal rivojlanishiga ta'sir etuvchi eng muhim omildir. Axborot texnologiyasi insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida ham mavjud bo'lgan bo'lsada, hozirgi zamon axborotlashgan jamiyatining o'ziga xos xususiyati shundaki, sivilizatsiya tarixida birinchi marta bilimlarga erishish va ishlab chiqarishga sarflanadigan kuch energiya, xomashyo, materiallar va moddiy iste'mol buyumlariga sarflanadigan xarajatlardan ustunlik qilmoqda, ya'ni axborot texnologiyalari mavjud yangi texnologiyalar orasida yetakchi o'rinni egallamoqda.
Axborot texnologiyalari industriyasi majmuini kompyuter, aloqa tizimi, ma'lumotlar ombori, bilimlar ombori va u bilan bog'liq
faoliyat sohalari tashqil qiladi. Axborot texnologiyalari sohasida bevosita ishlamaydigan odamlar ham kundalik ishlarida uning imkoniyatlaridan foydalanadi. Axborot texnologiyalari turmushning barcha sohalariga borgan sari ko'proq singib borib, uning harakatlantiruvchi kuchiga aylanmoqda.
Bugungi kunda axborot texnologiyasini shartli ravishda saqlovchi, ratsionallashtiruvchi, yaratuvchi turlarga ajratish mumkin. Birinchi turdagi texnologiyalar mehnatni, moddiy resurslarni, vaqtni tejaydi. Ratsionallashtiruvchi axborot texnologiyalarigachiptalar buyurtma qilish, mehmonxona hisobkitoblari tizimlari misol bo'ladi. Yaratuvchi (ijodiy) axborot texnologiyalari axborotlarni ishlab chiqadigan, undan foydalanadigan va insonni tarkibiy qism sifatida o'z ichiga oladigan tizimlardan iborat.Axborot texnologiyalarining hozirgi zamon taraqqiyoti hamda yutuqlari fan va inson faoliyatining barcha sohalarini axborotlashti­rish zarurligini ko'rsatmoqda. Chunki aynan mana shu narsa butun jamiyatning axborotlashtirilishi uchun asos va muhim zamin bo'ladi. Jamiyatni axborotlashtirish deganda, axborotdan iqtisodni rivojlantirish, mamlakat fantexnika taraqqiyotini, jamiyatni demokratlashtirish va intellektuallashtirish jarayonlarini jadallashtirishni ta'minlaydigan jamiyat boyligi sifatida foydalanish tushuniladi.
Darhaqiqat, jamiyatni axborotlashtirish — inson hayotining barcha jabhalarida intellektual faoliyatning rolini oshirish bilan bog'liq obyektiv jarayon hisoblanadi.



Download 296.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling