Biz bilamizki, yer yuzining eng katta maydonini egallagan mamlakat, bu Rossiya Federatsiyasi hisoblanadi. Rossiya Yaponiyaning sharqida, Osiyoning shimolida joylashgan mamlakat. Uning quruqlikdagi chegarasi 22125
Download 19.58 Kb.
|
Biz bilamizki
Biz bilamizki, yer yuzining eng katta maydonini egallagan mamlakat, bu Rossiya Federatsiyasi hisoblanadi. Rossiya Yaponiyaning sharqida, Osiyoning shimolida joylashgan mamlakat. Uning quruqlikdagi chegarasi 22125.3 km, dengiz chegarasi 38807.5 km. Rossiya hududi 3 ta okean havzasiga, 12 ta dengiz, shuningdek, hech bir okeanga tutashmagan Kaspiy dengizi bilan oʻralgan. Maydoni 17.1 mln.km². Maʼmuriy jihatdan 89 subyekt, 21 respublika, 6 oʻlka, 49 viloyat, 2 federal shahar, 1 muxtor viloyat, 10 muxtor okrugga boʻlinadi. Rossiyada 1091 shahar va 1922 shaharcha mavjud. Poytaxti esa Moskva hisoblanadi. Rasmiy tili - rus tili. Mamlakatning hukumat Aralash Respublika boʻlib, pul birligi - rubl. Rossiya 1991- yilning 24- avgustida mustaqillikka erishgan. Rossiya - boshqarishning respublika shakliga ega boʻlgan demokratik federativ respublika. Uning amaldagi konstitutsiyasi 1993-yil 12-dekabrda qabul qilingan. Davlat boshligʻi - prezident, u yerdagi saylov ham Oʻzbekistondagi umumiy, teng va yashirin ovoz berish kabidir. Ovoz berish Rossiya fuqarolari tomonidan amalga oshiriladi va 4 yil muddatga saylanadi. Xabarlarga koʻra, 2021- yilgi aholini roʻyxatga olish natijasida Rossiyada 147 182 123 kishi istiqomat qilar ekan.Rossiyaning qonun chiqaruvchi organi - 2 palata: Federatsiyasi kengashi, Davlat dumasidan iborat. Federal majlis parlament hisoblanadi. Ijrochi hokimiyatni rais boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. Hukumat raisi esa Davlat dumasi bilan kelishilgan holda prezident tayinlaydi. Barcha mamlakatlarning oʻzi ishlab chiqaruvchi mahsulotlari bor va yetarlichadir. Rossiyaning asosiy ishlab chiqarishi koʻmir, neft, gaz, kimyo va metallar ishlab chiqaradigan konchilik va qazib olish sanoatining toʻliq majmuasi, prokat stanoklaridan tortib yuqori unumli samolyot va kosmik vositalargacha boʻlgan mashinasozlikning barcha shakllari, mudofaa sanoati ( jumladan, radar, raketa ishlab chiqarish ilgʻor elektron komponentlar), kemasozlik, avtomobil va temir yoʻl transport uskunalari, aloqa uskunalari, qishloq xoʻjaligi mashinalari, traktorlar va qurilish texnikasi, elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi va uzatuvchi uskunalar, tibbiy va ilmiy asboblar, uzoq muddatli isteʼmol tovarlari, toʻqimachilik, oziq-ovqatlar, hunarmandchilik mahsulotlari hisoblanadi. 2019- yilgi maʼlumotlarga koʻra, xom neft, qayta ishlangan neft, tabiiy gaz, koʻmir, bugʻdoy va temir eksport tovarlari sanaladi. Rossiyaning asosiy eksport hamkorlari Yevropa Ittifoqi va Birlashgan Qirollik 45.8%, Xitoy 9.8%, Belarus 4.9%, Turkiya 4.8%, Janubiy Koreya 3.5%, Hindiston 2.1%ni tashkil qiladi. Rossiya nafaqat eksport balki import bilan ham shugʻullanadi. Uning import tovarlari avtomobillar va avtomobil qismlari, qadoqlangan dori-darmonlar, radioeshittirish uskunalari, samolyotlar va kompyuterlardir. Mamlakatning import hamkorlari esa Yevropa Ittifoqi va Birlashgan Qirollik 38.2%, Xitoy 20.9%, AQSH 6.1%, Belarus 5.2%, Yaponiya 3.7% va 26.3%ini boshqa mamlakatlar egallaydi. Mamlakat juda katta tabiiy resurslarga ega, xususan, neft va tabiiy gazga ega. 2022- yil holatiga koʻra, bu Yevropadagi toʻrtinchi, nominal YaIM (Yalpi ichki mahsulot) boʻyicha dunyoda toʻqqizinchi va PPP (Purchasing power parity) boʻyicha oltinchi yirik iqtisodiyot sanaladi. YaIM 2022-yilning nominal hisobi boʻyicha $2.133 trillion, PPP hisobi boʻyicha $4.650 trillionni tashkil qilgan va nominal hisob boʻyicha 9- oʻrin, PPP hisobi boʻyicha esa 6- oʻrinni egallagan. 2022- yil hisobiga koʻra, jon boshiga YaIM nominal hisobi boʻyicha $14.665 va PPP hisobi boʻyicha esa $31.967 ni tashkil qilgan. Aholi jon boshiga YaIM darajasiga koʻra nominal hisobda 61- oʻrin va PPP hisobda 55- oʻrinni band etgan. Rossiyaning keng geografiyasi uning iqtisodiy faoliyatning muhim omili boʻlib, mamlakat dunyodagi tabiiy resurslarning katta ulushiga ega. U dunyodagi eng katta tabiiy gaz zaxiralariga ega boʻlgani uchun koʻmir zaxiralari boʻyicha ikkinchi, neft zaxiralari boʻyicha sakkizinchi va Yevropadagi eng yirik neft slanets zaxiralariga ega. Rossiya dunyodagi yetakchi tabiiy gaz eksportchisi, ikkinchi yirik tabiiy gaz ishlab chiqaruvchisi, ikkinchi yirik neft eksportchisi va ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. U valyuta zaxiralari boʻyicha dunyoda beshinchi oʻrinda turadi. Qurol eksporti boʻyicha dunyoda ikkinchi oʻrinda, milliarderlar soni boʻyicha beshinchi oʻrinda turadi. Neft va gaz sektori Rossiya federal budjeti daromadining qariyb 40%ini, 2019- yilda esa eksportning 60%ini tashkil etdi. 2022- yilda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi ortidan mamlakat Gʻarb dunyosi va uning ittifoqchilari tomonidan bir necha sanksiyalar va boykotlarga duch keldi, bu Rossiya iqtisodiyotini Gʻarb moliya tizimidan ajratib qoʻyish uchun "umumiy iqtisodiy va moliyaviy urush" sifatida tavsiflangan. 2022- yilda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi sababli ogʻir sanksiyalar qoʻllaniladi, bu esa keskin retsessiyaga olib kelishi mumkin. 2022- yil boshidan beri koʻplab rasmiy iqtisodiy statistika eʼlon qilinmayapti. 2022- yil 27- iyun kuni Rossiya oʻz xorijiy valyutasining bir qismini defolt qildi, bu 1918- yildan buyon birinchi marta bunday defolt qoʻllanishi edi. 2022- yilning noyabr oyida Federal davlat statistika xizmatida milliy YaIMning ketma- ket ikkinchi choragidagi yoʻqolishi haqida xabar bergani sababli Rossiya rasman retsessiyaga kirgani haqida xabar berilgan edi. Oʻzbekiston va Rossiyaning munosabatlariga toʻxtaladigan boʻlsak, Oʻzbekiston — Rossiya aloqalari uzoq, tarixga ega. Oltin Oʻrda davlati sohibqiron Amir Temur zarbalari ostida barham topganidan keyin Rus davlati bilan Oʻrta Osiyo oʻrtasida elchilik munosabatlari oʻrnatishga harakat boshlandi va hozirgi paytga qadar davom etmoqda. Rossiyaning salkam 40 ta kompaniyasi, jumladan, „Aeroflot“, „Avtovaz“, „Zarubejneftgaz“, „LUKoyl“, „Texmashimpeks“ va boshqa oʻz vakolatxonalariga ega. Rossiyada oʻzbek rezidentlari ishtirokida tashkil etilgan 167 korxona, shu jumladan, 72 qoʻshma korxona bor. Ikki mamlakat ishbilarmonlarining hamkorligi tufayli Oʻzbekiston Respublikasida 520 ta qoʻshma korxona barpo etilgan. 2001-yil fevralda Toshkentda ochilgan Rossiya xalqaro ilmiy va madaniy hamkorlik markazi („Roszarubejsentr“)ning vakolatxonasi zimmasiga aniq gumanitar masalalarni hal qilish vazifasi yuklatilgan. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2021-yil 17-mart kuni Rossiyaning favqulodda va muxtor elchisi Vladimir Tyurdenevni mamlakatdagi diplomatik missiyasi yakunlangani munosabati bilan qabul qildi. Rossiyaning Oʻzbekistondagi diplomatik vakolatxonasiga 11 yildan ortiq vaqt mobaynida rahbarlik qilib kelayotgan elchi Vladimir Tyurdenevning ikki tomonlama doʻstlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash, mamlakatlar oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirishga hissa qoʻshgan. Yurt boshimiz 2021-yil 5-aprel kuni xalqaro „Innoprom“ sanoat koʻrgazmasida ishtirok etish uchun Toshkent shahrida boʻlib turgan Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi. „Innoprom“ Rossiya hukumati tomonidan iqtisodiyotning turli tarmoqlarida texnologiyalar va zamonaviy ishlanmalarni birgalikda ilgari surish maqsadida oʻtkazib kelinayotgan eng yirik koʻrgazma hisoblanadi. Ushbu tadbir Oʻzbekistonda birinchi marta oʻtkazilgan. Xulosa qilib aytganda, har bir mamlakat, davlat bir- birlari bilan tinch- totuv yashashi, kelishilgan holda hamkorlik qilishi dunyodagi "tinchlik" soʻzini barqaror boʻlishiga katta hissa qoʻshadi. Shunday ekan, davlatning iqtisodi, siyosati atrofdagilarning nazaridan qolmaydi va hech bir insonni chetlab oʻtmaydi. Download 19.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling