Biz bilan bog'lanish


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana11.07.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1659746
  1   2   3
Bog'liq
ЦУР



Oʼzbekcha
Русский
 
English
Biz bilan bog'lanish




Inson hayoti yerga bog‘liq. O‘simliklar oziq-ovqatning 80 foizini taʼminlaydi, va biz qishloq xo‘jaligiga
muhim iqtisodiy resurs va rivojlanish vositasi sifatida tayanamiz. O‘rmonlar Yer yuzining 30 foizini
tashkil etadi, o‘simlik va hayvonot dunyosining millionlab turlari uchun hayotiy muhim muhitni
taʼminlaydi hamda toza havo va suvning muhim manbai hisoblanadi. Ular shuningdek, iqlim
o‘zgarishiga qarshi kurashishda hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Bugun biz yerning misli ko‘rilmagan degradatsiyaga va haydaladigan yerlar avvalgiga nisbatan 30-
35 baravar tez yo‘qotilishiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Har yili qurg‘oqchilik va cho‘llashish o‘sib
bormoqda, natijada 12 million gektar yer yo‘qotilib, butun dunyodagi kambag‘al jamoalarning
manfaatlariga taʼsir ko‘rsatmoqda. Maʼlum bo‘lgan 8 300ta hayvon zotlarining 8 foizi yo‘q bo‘lib
ketgan, 22 foizi esa yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida.
Ushbu maqsad 2030-yilga qadar yer usti ekotizimlarini saqlash va ulardan foydalanishni tiklashga
qaratilgan. Cho‘llanishni tugatish iqlim o‘zgarishining natijalarini yumshatish uchun ham muhim
ahamiyatga ega. Umumiy merosimiz tarkibiga kiradigan tabiiy yashash joylari va bioxilma-xillikni
yo‘qotishni kamaytirish uchun shoshilinch choralar ko‘rish zarur.


O‘zbekiston Respublikasi qurg‘oqchil iqlimi bo‘lgan mamlakat bo‘lib, umumiy yer maydoni qariyb
44,9 million gektarni tashkil etadi. U asosan tog‘lar va tekisliklardan iborat bo‘lib, shu jumladan
ko‘proq darajada cho‘l va yarim cho‘l hududlar va kamroq darajada intensiv sug‘oriladigan vodiylarda
haydaladigan yerlarni tashkil etadi. Yerdan foydalanish islohoti asosan sug‘oriladigan dehqonchilikka
qaratilgan bo‘lib, barcha hududlarning qariyb 10 foizini egallaydi.
Hosilning 90 foizdan ortig‘i mamlakatning sug‘oriladigan yerlarida yetishtiriladi. O‘zbekistonning
ko‘pchilik tabiiy ekotizimlarining o‘ziga xos xususiyati shundaki, ularning yuqori darajadagi mo‘rtligi
iqlimning qurishi bilan bog‘liqligi hisoblanadi. Shu munosabat bilan ekotizimlarning tashqi taʼsirlarga
nisbatan qarshiligi juda past va har qanday antropogen aralashuv tabiiy komplekslarning
degradatsiyasiga qo‘shimcha omil bo‘lib xizmat qiladi.
Qishloq xo‘jaligi faoliyati, chorvachilik, energetika va tog‘-kon sanoatining rivojlanishi mamlakatdagi
deyarli barcha tabiiy ekotizimga salbiy taʼsir ko‘rsatmoqda. Tekisliklar, tog‘ etaklari, suv va yaqin
atrofdagi ekotizimlar, ayniqsa asosiy daryolarning quyi oqimida, shu jumladan Orol yaqinidagi
xududlar va Orol dengizida katta o‘zgarishlarga uchradi. Ekotizimlar kuchli antropogen bosim ostida
bo‘lishidan tashqari, o‘zgaruvchan gidrologik va iqlim sharoitlari ham ularga katta taʼsir
ko‘rsatmoqda.
Xozirgi kunda qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar tizimiga (SPA) 8ta qo‘riqxona, 2ta tabiiy va 1ta milliy
bog‘lar, 1ta biosfera rezervati, 3ta tabiiy pitomniklar, 12ta buyurtma qo‘riqxonasi, 7ta tabiyat
yodgorliklari kiradi. Biologik xilma-xillikning barqaror saqlanishini taʼminlaydigan qo‘riqlanadigan
tabiiy hududlarning umumiy maydoni mamlakat hududining 5 foizdan ortig‘ini tashkil qiladi.



Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling