“To’sh keldi” - To’sh keldi-yo, to’sh keldi
- Butun ilik go’sht keldi.
- Yangasini ko’nglin olay
- Tovoq to’la osh keldi.
- To’shni o’zim bo’layin
- Hammaning og’zi teksin
- Tez orada sizga ham
- Kuyovlik nasib qilsin
- Xo iligini kim eydi
- Kim sindirsa shu eydi
- Talabgoring kelib qol
- Siyagini sindirib iligini qoqib ol.
“OSHIQ O’YIN” - Tokchada turar qoshiq
- Ko’limda ikki qoshiq
- Yo gardkam deb tashlaymiz
- Oshiq o’yin boshlaymiz
- Yo gardkam, yo gardkam
- Yo gard kam xo, yo gardkam
- Sovringa zar to’n bo’lsin,
- G’olibni ko’ngli to’lsin
- Oshig’ing tikka tursin
- G’oliblar qaddin ursin
- Yo gardkam, yo gardkam
- Yo gard kam xo, yo gardkam
“KINNA” QO’SHIG’I - Darding o’zim olayin,
- Yaxshilab kinna solayin
- Bobong qo’li engildir,
- Sog’lom bo’lishing tayin
- Bir kosa kul keltiring
- Narzga pul keltiring
- Burda noni tug’raymiz
- Tugunchakka o’raymiz
- Nayzalab chiqaraymi
- Chiqmasang senga lanat
- Chiqarsam menga rahmat
- Yo’l kirna chiqsin badbaxt
- Suq kirna chiqsin badbaxt
- Mushukka bor, kuchukka bor
- Meshpolvonda nima bor
“Xay yor - yor aylansin” - Bahor keldi bog’imga xay yor- yor aylansin
- Sovg’a salomi bilan xay yor-yor aylansin
- Qadami xalqqa yoqsin xay yor-yor aylansin
- Qut baraka yil bilan xay yor-yor aylansin
- Yomg’ir - yomg’ir ko’p bo’lsin xay yor-yor aylansin
- Qurg’oqchilik yo’q bo’lsin xay yor-yor aylansin
- Elimiz xirmonida xosilimiz mo’l bo’lsin
- Xay yor-yor aylansin, xay yor – yor aylansin
- Sirdaryoning yo’lida xay yor- yor aylansin
- Xosildorlik mo’l bo’lsin xay yor-yor aylansin
- Elimiz xirmonida xosilimiz mol bo’lsin
- Xay yor-yor aylansin, hay yor-yor aylansin
Do'stlaringiz bilan baham: |