-
- 1993-yili “Sayxun yigitlari” fol’klor-etnografik jamoasi viloyatda bo’lib o’tgan fol’klor-etnografik ansambllarining ko’rik- tanlovida faxrli I-o’rinni qo’lga kiritdi.
- 1994 yilda esa “Chashma-94” Respublika fol’klor-etnografik jamoalarining an’anaviy ko’rik-tanlovida faol ishtirok etib, faxrli II-o’rinni egalladi.
Madaniyat ishlari vazirligi tomonidan 1999 yil “XALQ JAMOASI” unvoni berildi. - Madaniyat ishlari vazirligi tomonidan 1999 yil “XALQ JAMOASI” unvoni berildi.
- 2005 yil 16-19 may kunlari Surxondaryo viloyati Boysun shahrida bo’lib o’tgan “Boysun bahori” xalqaro fol’klor-etnografik ansambllari hamda
- “HALQ BAXSHILARI VA OQINLARI” an’anaviy festivalida qatnashib,laureat bo’ldi. Jamoa “YUNESKO” tomonidan ta’sis etilgan qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandi.
- Ansambl repertuari
- “Sayxun yigitlari” fol’klor-etnografik ansambli repertuarida bugungi kunda unitilib borilayotgan urf-odatlar, marosimlarni o’zida mujassam etgan milliy kuy va qo’shiqlari, aytishuvlari, xalq ijodiyotining musiqa, teatr, raqs san’ati va fol’klor kabi boshqa turlari o’rin olgan
“Choy” qo’shig’i - “Choy” qo’shig’i
- Erta tongda choyxo’rlik, axay, do’st,
- O’zbeklarga xos odat, axay, do’st.
- Choy ichgan yoshu - qari, axay, do’st
- Yurar sog’u-salomat, axay, do’st
- Choyda xislat ko’p bo’lar, axay do’st,
- Ichganlar maza qilar, axay, do’st
- Pamil choy ham, ko’k choy ham, axay do’st
- Tashnaliging qondirar, axay do’st
- Bir qaytarsang loy bo’lur
- Ikkinchisi moy bo’lur
- Uch qaytarsang choy bo’lur
- Ichganlar rohat qilur
- Choyni qilmasang kanda, axay, do’st
- Dard qolmaydi badanda, axay, do’st
- Choy ichilgan davrada, axay do’st
- Gurkurar kulgu- xanda, axay do’st
Do'stlaringiz bilan baham: |