Biz yashayotgan dunyo eski kitoblarda bitilganidek chindan ham "ko‘hna"dir. Umuman, Turkiston tuprog‘i, xususan, bugun biz yashab turgan O‘zbekiston ko‘hna dunyoning inson zoti vujudga kelgan eng qadim maskanlaridandir


Download 64.76 Kb.
bet4/15
Sana07.02.2023
Hajmi64.76 Kb.
#1175891
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Kurs ishi. T.T. Q.T. G Maxfira

O‘rxun yodnomalari
Ungin bitigi. Bitig Мo‘g‘ulistondagi Ungin daryosi bo‘yidan topilgan. Eltarish xoqonning yaqinlaridan biri Eletmish yabg‘u va uning o‘g‘li Cho‘ryo‘g‘a sharafiga qo‘yilgan deb taxmin qilinadi. Bitigda Eltarish xoqonning turk xalqini oyoqqa turg‘izib, mamlakatni qayta tiklashi hikoya qilinadi. Bitig so‘ngida xoqonning tarixiy xizmati haqida ham fikr yuritiladi.
Мoyun Chur bitigi. Bitigni 1909- yilda fin olimi G.I.Ramsted Shimoliy Мo‘g‘ulistonning Selenga daryosi bo‘yidan topgan. Мoyun Chur – uyg‘ur xoqoni bo‘lib, bitig tosh 759- yilda o‘rnatilgan. Yozuvda turkiy qavmlar o‘rtasidagi jangavor yurishlarning tafsilotlari Мoyun Chur tilidan hikoya qilinadi. Voqealar Selenga daryosi atrofida bo‘lib o‘tadi. Uyg‘urlar davlati obod edi. Unga avval Bilga xoqon, keyin Bo‘yla Bag‘an Tarxan (hukmdor, qo‘mondon) xoqonlik qilishgan. Bo‘yla Bag‘an Tarxan shad (turkiy xoqonlar sazovor bo‘lgan eng oliy harbiy unvon)ga ega edi. Bu paytda Мoyun Chur 26 yoshda edi, otasining qo‘shinida mingboshi vazifasini bajarardi. Qarluqlarga qarshi jangda ishtirok etardi. Bitikda Bo‘yla Bag‘a Tarxan vafot etishi, xoqonlik Мoyin Chur qo‘liga o‘tishi, lekin xalqning bir qismi Tay Bilga Tutuqni xoqon deb e`lon qilishi, Мoyun Chur esa hokimiyatni qo‘lga kiritish uchun unga qarshi kurashishi voqealari aks etgan. Мoyun Chur bitigi ko‘proq tarixiy qimmatga ega. Jang yillari, joy nomlari, qahramonlarning ismi va unvonlari aniq ko‘rsatiladi. Bitikda xalq maqollaridan ham unumli foydalanilgan. Мasalan, «G‘am o‘z uyingda» maqoli bir qavmdan o‘z qavmiga qarshi chiqqanlar tasvirini umumlashtiradi. Мoyun Chur qo‘rqmas, adolatli, turkiy xalqlarni ahillikka chaqiruvchi, bo‘ysunmaganlarg nisbatan shavqatsiz xoqon ekanligi ko‘rsatilgan. Uning obodonchilikka, xususan, qo‘rg‘onlar, shaharlar qurilishiga rahnamoligi aniq dalillar bilan tasvirlangan.
Enasoy yodnomalari
Eletmish Bilga xoqon bitigi. Yozuv qahramonlik jangnomasi ruhidagi yodnomadir. Unda o‘z xalqidan kuch olib, dushmanni egallagan joyidan quvgan Bilga xoqonning kechinmasi berilgan. U o‘z eli va davlatini mustahkamlashning sababini yuqorida Ko‘k osmon – Ko‘k tangri, pastda qo‘ng‘ir yer tarbiyalagani va madad bergani, deb tushunadi.

Download 64.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling