Bizlar kim ushbulami yozib ma’lum qilamizki, Shahrisabz tumani Bog’ishamol mfy ga qarashli Uch uyli va Qorapoycha qishloqlari hududida 2006 yilda tashk


Download 17.28 Kb.
Sana24.08.2023
Hajmi17.28 Kb.
#1669877
Bog'liq
ariza


O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevga Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani Bog’ishamol MFY ga qarashli Bog’dorchilik fermerlari tomonidan
Ariza
Bizlar kim ushbulami yozib ma’lum qilamizki, Shahrisabz tumani Bog’ishamol MFY ga qarashli Uch uyli va Qorapoycha qishloqlari hududida 2006 yilda tashk.il qilingan bog’dorchilik fermer xujaligi rayslari el dasturxoniga arzon va sifatli meva va sabzavotlar yetishtirib berib kelmoqdamiz. Shu orqali oilamizni ham. moddiy tomondan taminlab ish o’miga egamiz. Imkoniyatimizga qarab bog’orlalariga sabzavot va poliz ekinlarini ekamiz.
2018-yil aprel oyining oxirgi kunlarida Bog’ishamol MFY raiysi A.Qurbonov bog’dorchilik fermerlarini muxirlaring bilan majlisga kelinglar deb chaqirib chiqdi. Barcha fermerlar yig’ilib bordi.Yig’ilish MFY majlislar zalida milliy bank. Shahrisabz filialidan Ruslan Azimov, tuman hokimining iqtisod bulim boshlig’i Zayniddin Halilov, tuman soliiq inspeksiyasi bulim boshlig’i O’k.tam Raxmatov, Bog’ishamol MFY raiysi A.Qurbonov, tuman IIB uchastka noziri Dadajon Xushvaqtov va tuman IIB boshlig’i o’rinbosari hamda 5-6 ta nozirlar boshchiligida o’tkazildi.Yig ilishda Zayniddin Halilov so’zga chiqib Prezident qarori asosida barcha fermerlar kartoshka ekadi dedi. Biz fermerlar bog’dorchilik fermerlarimiz daraxtlar orasiga turli xil ekinlar ekilgan kartoshka ekish uchun bo’sh joy qo’qligini aytdik.
Z.Halilov kartoshkani g’alladan bo’shagan yerlarga ekasilar dedi.Biz csa 2018-yil boshidan suv taminoti qiyin bulayotgani uchun ekin ekish uchun yemi haydash uchun ham yerdi sug’orib keyin haydash kerakligini, g’alladan bo’shagan yerni sotib olish kerakligini aytdik.Tuman movini Z.Halilov yer masalasi, uni haydash va o’rug va o’g’itni yetkazib berishm vada qildi. 1 kg 7500 so’mlik kartoshka urug idan ai bn fermerga 1500 kg berilishini aytdi. Lekin kartoshka urug’i yetkazib beruvchi tashkilotdan hech qanday vakil yig’ilishga qatnashmadi. Agro sug’urta hodimlari ham ishtirok etmadi. Fermerlar quruq vadalar bilan ish bitmasligini yuq vadalar berilayotganini aytib norozilik bildirishdi.Shundan so’ng majlislar zalining eshigiga ichki ishlar bo'limi noziri fermerlami zaldan chiqarmay hech qanday yozuvi bo’lmagan oq qog’ozga Shahrisabz milliy bank hodimi R.Azimov muhir va imzo quyinglar agar muhir va imzo quymasalaring deb bosim ostida oq qog’ozga muhir va imzo quydirib olishdi. Huddi qatag’on yillari singari yolg’on guvohlikka iqror bulganday bo’Idik.Bizning ham boshqa imkoniyatimiz qolmaganligidan shunda qilishga majbur buldik chunki bizning oilamizni moddiy tomondan taminlab turgan shu yer edi.liamma oila azolarimiz bilan ishsiz ham qolardik.
Majlisga kelmay qolgan bog’dorchilik fermerlaming uylariga MFY raisi A.Qurbonov va uchastkanoziri D.Xushvaqtov soliq inspektori O’.Raxmatov va uchasta nozirlari bilan uyma uy yurib yozilmagan oq qog’ozga muhir va imzo quydirishdi.Uyda bulmagan termer xo’jaligi raislarining o’miga ota-onasiga, aka-ukalariga, xotiniga yoki bolalariga bosim utqazib majburan muhir va imzo quydirib olishdi. Shu ishlar qonunga zid emasmi?

Urug’lik yetkazib beruvchi tashkilot sug’irta polisi shartnomalarini va termer hujaligi taluqli bo’lgan barcha hujjatlar Milliy bank Shahrisabz filiali xodimlari tomonidan o’z boshimchalik bilan tayyorlanib kredit mablag’larini 100 foiz chiqarib yuborishgan.Shuning dek fermerlarga urug’lik yetkazib beruvchi tashkilotning 3 tomonlama shartnomasi, sug’urta polislaming asil nusxalari berilmagan.Chunki fermerlar yuqori tashkilotlarga xat bilan chiqib shikoyat qilishidan qurqib, yuqorida kursatilga asil nusxalari berilmadi. Sug’urta kompaniyasidan beriladigan sug’urta polisini Milliy bank Shahrisabz filiali raxbari Jalilov o’z boshimchalik bilan bizlami nomimizdan qo’l quyib.olgan.Aslida bu ham qonunga zid hisoblanadi.


Kartoshka ekish mahali kelganda yuqorida kursatilgan raxbarlar vadaga muvofiq g’alladan bushagan yerni haydash tugul kata fermerlar g’alla ekgan yeridan yer taxlab berolmadi.Qog’ozga muhir va imzo quydirib olib, o’z boshimchalik davlat pulini talon- taroj qilishib endi senlar bilan ishim yuq deb tomoshabin bulib turishdi.Ekish uchun kartoshka urug’i bilan ham taminlab berishmadi.
Hozirgi kunda yangi bo’lgan raxbar Milliy bank Shahrisabz filiali raxbari S.Boynazarov jinoyat qilgan bank hodimlariga jazo qullamasdan bizlarga kredit mablag’ini tulaysan deb jonimizga va molimizga tahdid qilib nafaqa va oylik, mol- mulkiga tahdid qilyabdi.
Milliy bank Shahrisabz filiali barcha fermerlarni Shahrisabz tumani iqtisod sudiga beryapdi, Iqtisodiy sud fermerlar taqdim etgan barcha hujjatlami inobatga olmay Milliy bank Shahrisabz filiali foidasiga qaror chiqarib beryapti.
Bizlarga 2019-yil Namangan viloyati Chust tumanlararo iqtosodiy sudi fermerlar foydasiga ajrimli hal qilib berdi.Lekin lining natijasi bo’lmadi.Toshkent shahar jinoyat sudi termer foydasiga hal qilib bergan edi.Bugun kunga kelib chiqargan qarori uz natijasini bermadi.Shahrisabz tuman prakrutasiga qilgan barcha yozma va og’zaki murojatlarimiz javobsiz qolmoqda.
1 kg kartoshka urug’i olmagan holda bizning bo’ynimizga 1 1250000 so’mlik kartoshka urug’i uchun kredit summa va lining ustiga 10000000 so’mlik foizi, Shahrisabz tumani iqtisodiy sudining 3300000 so’m tulashga majbiir qilishyapti.Lekin bu raxbarlar atiga 1 kg ham olmagan tonna tonnalab olmagan kartoshka urug’ini qayerga yuqotganliklarini javobini bera olarmikanlar? Buiami hammasi korrupsiyon o’yinning uzginasiku bu oddiiy mehnatkash halqni ochiqdan-ochiq talan-taroj qilish emasmi?
Prezidentimizni xalqimizni boy va farovon yashasin deb qilayotgan sayi harakatlariga zid ravishda yuqorida kursatilga raxbarlar va xodimlar muammosi ko’p imkoniyati yuq ishlami majburan va qonunga xilob ravishda tiqishtirib oilalami nioddiy ahvolini yaxshilash o’miga zararkeltiryapti. Yuqoridanomlari ko’rsatilga barcha raxbar va hodimlaming qilayotgan qonunga zid ishlari xalqni Prezidentga va davlatga bo Igan ishonchini yuqotishga olib kelyapti. Milliy bank Shahrisabz filiali hodimlarining hozirgi kunda qilib turgan ishlari, “Dektatura”ning bir ko’rinishi emasmi. Bizlarga Milliy bank Shahrisabz filiali boshlig’i Boynazarov Samandar bugungi kunda juda ham katta “Moddiy va ma’naviy” zararlar keltirishyapti, hamda juda ham qo’pol muomalada bo’lib, bizlami haqorat qilishga o’tyapti va insoniy haq-huquqlarimizni poymol qilyapti.
Qo’lingdan kelganini qil, dodini kimga aytsang ayt, qo’lingdan hech bir ish kelmaydi, baribir pullami pensiyangdan bo’Isa ham, bolalaringni oyligidan yoki mol-mulkidan bo’lsa ham undirib olaman deb tahdid qilyapti.

“Unga bunday huquqni kim beryapti?!” Buning natijasida jamiyatda parokandalik davlatga bo’lgan ishonchsizlikni hamda oilalarda notinchlik janjallari kelib chiqishiga sabab bo’lyapti. Bulami nazoratga olib, chora ko’radigan tashkilot bormi o’zi yoq’mi? Yuqorida ko’rsatilgan mansabdor shaxslar tomonidan bizlarga keltirgan “Moddiy va ma’naviy” zararlami jinoiy sud ochib, zararlami undirib berishingizni so’raymiz. Milliy bank Shahrisabz filialining sobiq rahbarlari tayyorlagan qalbaki hujjatlami sud ekspertizasidan o’tkazishingizni iltimos qilib so’raymiz.


Shaxrisabiz Milliy Bank filiali raxbari va hodimlari tayorlagan qalbaki hujjatlarini hamda o’z boshimchalik bilan davlat g’aznasidagi pullarini talon-taroj qilishganlarini, Shaxrisabiz Majburi raxbar hodimlari jinoiy ishlarni ochish o’rniga jinoyichilar foydasiga xizmat qilb kelyapti.Shaxrisabiz Majburi Ijro raxbarlari va hodimlari firmerlarning oylik maoshidan va nafaqasidan undirib olishib ularning oilasiga va sog’lig’iga katta zarar keltrib bosim o’tkazishyapti. Shaxrisabiz Iqtisodiy suddi raislari Ochilov va Saparovlar ham Shaxrisabiz Milliy Bank filiali raxbari va hodimlari tayorlagan qalbaki hujjatlarni hamda o’z boshimchalik bilan Davlat g’aznasidagi pularni talon-taroj qilganliklarini bila turib jinoiy ish ochish o’rniga ularning foydasiga qaror chiqarshib kelishyapti Ularni “Qonunga” zid qilgan ishlari davlatga va jamiyatga katta zarar keltirmoqda. Buning natijasida “Xalqning Davlatga va Prezidentga bo’lgan ishonchini yo’qotyapti. Buning natijasida jamiyat o’rtasida parakondalik kelib chiqyapti va ko’p oilalarga notinchlik olib kelyapti. Bunday ishlarni qilishga ularga kim huquq beryapti?. Bularning barcha noqonuniy qilgan ishlari Milliy Bank rahbari Samandar Boynazarovga qo’l kelyapti va aholiga qo’pol munosabatda bo’lib, ularning haq-huquqlarini paymon qilb “ Puliga, mol- mulklariga hamda jonlariga taxdid qilyapti.
Demokratik davlatda yashayapmiz deb xursand bo’lyapmiz. O’z haq-huquqimizga, erkinlikka egamiz deb mehnat qilyapmiz va oila boqyapmiz. Mehnatkash oddiy halqni tinglaydigan vijdonli odam ham bormi?! Milliy bank Shahrisabz filiali raxbariyati o’zboshimchalik bilan hujjatlarni qalbakilashtirib, davlat pulini talon-taroj qilishib, bugungi kunda pulni senlar olgansanlar deb tuxmat qilib, bugungi kunda tulaysan deb jonimizga va molimizga taxdid qilishyapdi. Bizlarga ijobiy yordam bermasangizlar ommaviy norozilik namoyishini qilishga majbur bulamiz.
Bizlarga ijobiy va amaliy yordam berishlaringizni so’raymiz aks holda ommaviy norozilik namoyishiga chiqishga majbur bo’lamiz. Bizga foydalanilmagan kredit summalarini muammolarini hal qilish uchun yuqorida kursatilgan mansabdor shaxslar ustidan jinoiy ish qo’zg’ashingizni so’raymiz deb quyida imzo chekuvchilar:
Download 17.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling