Muallif Ustoz Javohir Halilov t me/ustoz javohir halilov +99833 543-00-01
Download 1.23 Mb. Pdf ko'rish
|
Davlat va Huquq Nazariyasi Namuna
Muallif - Ustoz Javohir Halilov t.me/ustoz_javohir_halilov +99833 543-00-01 HUQUQ O’qitish Markazi IIV Akademiyasi va Yuridik Universitetga tayyorlov t.me/huquq_markazi 1 Muallif - Ustoz Javohir Halilov t.me/ustoz_javohir_halilov +99833 543-00-01 HUQUQ O’qitish Markazi IIV Akademiyasi va Yuridik Universitetga tayyorlov t.me/huquq_markazi 2 Manbani faqat kitob muallifining roziligi bilan ko’chirish, ko’paytirish va tarqatish mumkin! Muallif - Ustoz Javohir Halilov t.me/ustoz_javohir_halilov +99833 543-00-01 HUQUQ O’qitish Markazi IIV Akademiyasi va Yuridik Universitetga tayyorlov t.me/huquq_markazi 3 Davlat va huquq nazariyasi Nazariya deganda, biror bir narsa haqidagi bilimlar, g’oyalar va fikrlarning tafakkur vositasida mantiqiy umumlashtirilgan yig’indisi tushuniladi. Davlat va huquq nazariyasi –davlat va huquqning vujudga kelishi, mohiyati, faoliyat ko’rsatishi va rivojlanishi to’g’risidagi bilimlar, g’oyalar va fikrlarning tizimi hisoblanadi. Sistema (tizim)(yun. systema — yaxlit, qismlardan tarkib topgan, birikkan) Davlat va huquq nazariyasi predmeti deganda, shu fan o’rganiladigan narsalar tushuniladi. Davlat va huquq nazariyasi davlat va huquqni o’rganadi. Davlat va huquq nazariyasining predmeti ikkiga bo’linadi: 1. Davlat nazariyasi. 2. Huquq nazariyasi. Davlat nazariyasida quyidagilar o’rganiladi: davlatning vujudga kelishi, davlatning mohiyati, davlatning belgilari, davlatning tipologiyasi, davlatning shakllari, davlatning funksiyalari, davlatning mexanizmi, davlatning siyosiy tartiboti kabi tushunchalar o’rganiladi. Huquq nazariyasida quyidagilar o’rganiladi: huquqning vujudga kelishi, huquqning mohiyati, huquqning belgilari, huquq prinsiplari, huquqning shakllari, huquqning funksiyalari, huquq ijodkorli, huquqiy ong va ma’daniyat, huquqiy munosabatlar, huquqiy tizim, huquq tizmi, huquq manbayi, huquq nomalari kabi tushunchalar o’rganiladi. Davlat va huquq nazariyasining metodi deganda, davlat va huquq haqidagi bilimlarni o’rganishning usullari, yo’llari tushuniladi. Davlat va huquq nazariyasining metodi uch xil guruhga bo’linadi: 1– umumiy – ilmiy metodlar. Bular: a) dialektika metodi – davlat va huquq haqidagi voqealarni aloqadorlikda hamda rivojlanishda o’rganish usuli hisoblanadi; b) metafizika metodi – davlat va huquq haqidagi voqealarni aloqadorlikda hamda rivojlanishda emas, aksincha oldin qanday bo’lsa shunday o’rganish usuli hisoblanadi; 2 – maxsus – ilmiy metodlar. Bular: a) mantiqiy metod – davlat va huquqning mohiyatini, mazmunini mantiq qonuniyatlari yordamida o’ganish usuli hisoblanadi; b) tarixiy metod - davlat va huquqning tarixiy rivojlanish shart – sharoitlarini o’rganish usuli hisoblanadi; 3 – xususiy – ilmiy metodlar. Bular: a) sistemali metod – davlat va huquqni tizimlashtirgan holda o’rganish usuli hisoblanadi; b) qiyosiy metod –davlat va huquq haqidagi tushunchalarni taqqoslash hamda solishtirish orqali o’rganish usuli hisoblanadi; Muallif - Ustoz Javohir Halilov t.me/ustoz_javohir_halilov +99833 543-00-01 HUQUQ O’qitish Markazi IIV Akademiyasi va Yuridik Universitetga tayyorlov t.me/huquq_markazi 4 c) sotsiologik metod – davlat va huquq haqidagi tushunchalarni ijtimoiy hayot bilan bog’lab o’rganish usuli hisoblanadi; d) statistik metod – davlat va huquqni, davlat haqidagi, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati haqidagi ma’lumotlar asosida o’rganish usuli hisoblanadi; e) kibernetik metod – davlat va huquqni o’rganishda zamonaviy texnolagik vositalarni qo’llash yordamida o’rganish usuli hisoblanadi; f) ijtimoiy tajriba metodi – davlat va huquq haqidagi qoidalarni hayotga tadbiq etishdan oldin, ularni tajriba o’tkazish yo’li bilan sinab ko’rish usuli hisobalanadi. Davlat va huquq nazariyasi fani boshqa fanlar bilan aloqador. Jumladan: falsafa, iqtisod, sotsiologiya, tarix va yuridik fanlari bilan aloqador. Yuridik fanlar quyidagilar: a) tarixiy-nazariy yuridik fanlar ( davlat va huquq nazariyasi, davlat va huquq tarixi, siyosiy-huquqiy ta'limotlar tarixi); b) maxsus yuridik fanlar (konstitutsiyaviy huquq, ma'muriy huquq, jinoyat huquq sohasi va boshqalar); d) amaliy yuridik fanlar (kriminalistika, kriminologiya, sud tibbiyoti, sud statistikasi, huquqbuzarliklar profilaktikasi va h.k.). Davlat huquq nazariyasi fanining funksiyalari – bu fan oldida turgan vazifalarni bajarish yo'nalishlari hisoblanadi. Fan bir nechta funksiyalarni bajaradi, ular quyidagilar: a) Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling