Muallif Ustoz Javohir Halilov t me/ustoz javohir halilov +99833 543-00-01
Download 1.23 Mb. Pdf ko'rish
|
Davlat va Huquq Nazariyasi Namuna
Davlat funksiyalari Vazifa bu – davlat oldida turgan maqsadlar, o’z yechimini kutayotgan muammolar va masalalar hisoblanadi. Funksiya esa maqsadlarni, o’z yechimini kutayotgan muammolarni hal qilishning yo’llari, yo’nalishlari hisoblanadi. Davlat funksiyasi deganda, davlatning vazifa va maqsadlarni amalga oshirish faoliyatining hamda davlat oldida turgan muammolarni hal etish faoliyatining asosiy yo’nalishlari tushuniladi. Davlatning vazifa va maqsadi bu – jamiyat farovonligini ta’minlash, aholiga munosib turmush sharoitlarini yaratib berish, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish hisoblanadi. Davlat funksiyalarini turli mezonlarga ko’ra klassifikatsiya qilishimiz mumkin. Xususan: I. Davlat funksiyalarini amal qilish vaqtiga ko’ra: doimiy va vaqtinchalik funksiyalariga ajratish mumkin. Doimiy funksiyalar, davlat mavjud bo’lgan vaqtda doim amal qiladi, ya’ni doimiy funksiyalar har doim mavjud bo’ladi. Davlat tugasa bu funksiya ham tugaydi. Vaqtinchalik funksiyalar davlat oldida turgan muayyan muammolarni hal qilishda vujudga keladi hamda muammo hal qilinishi bilan bu funksiya barham topadi. II. Siyosiy yo’nalish sohalari bo’yicha davlat funksiyalarini ichki va tashqi funksiyalarga bo’linadi. III. Ijtimoiy hayot sohalari bo’yicha davlat funksiyalarito’rtga bo’linadi. Bular: iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy hamda ma’naviy-ma’daniy sohada amalga oshiradigan funksiyalarga bo’linadi. IV. Davlat funksiyalarini ahamiyatlilik darajasiga ko’ra: asosiy va asosiy bo’lmagan funksiyalarga ajratish mumkin. Bu funksiya ayrim adabiyotlarda birinchi va ikkinchi darajali funksiyalar ham deyiladi. V. Hokimiyatning taqsimlanish prinsipiga ko’ra funksiyalarni to’rt guruhga ajratish mumkin. Bular: qonun chiqarish funksiyasi (qonun ijodkorligi funksiyasi), boshqarish funksiyasi (ijro etish funksiyasi), huquqni muhofaza qilish funksiyasi (sudlov funksiyasi), axborot funksiyasi. Bularning ichida siyosiy yo’nalish sohalari bo’yicha funksiyalarga ajratish eng maqbul variant hisoblanadi. Davlatning ichki funksiyasilari deganda, jamiyat ichki hayotini boshqarish faoliyatining asosiy yo’nalishlari tushuniladi. Davlatning ichki funksiyalari davlat faoliyatining sohalariga muvofiq bir necha turlarga bo’linadi. Bular: Iqtisodiy funksiya davlat tomonidan mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda namoyon bo’ladi. Iqtisodiy funksiyalar quyidagilar: Muallif - Ustoz Javohir Halilov t.me/ustoz_javohir_halilov +99833 543-00-01 HUQUQ O’qitish Markazi IIV Akademiyasi va Yuridik Universitetga tayyorlov t.me/huquq_markazi 17 Iqtisodiyotni rivojlantirishning strategik yo’nalishlarini ishlab chiqish va ularni hayotga tadbiq etish; Erkin bozor munosabatlarini shakllantirish; Tovar ishlab chiqarish xo’jaligini rivojlantirish; Xususiy mulkning kafolatlanganligi; Davlat mulkini xususiylashtirish; Monopoliyaning cheklanganligi; Kichik bisnez va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va hokazo. Iqtisodiy funksiya tarkibiga moliyaviy nazorat funksiyasini ham kiritish mumkin. Moliyaviy nazorat funksiyasi ishlab chiqaruvchilarning, aholining daromadlarini davlat tomonidan aniqlash va ularni hisobga olishda namoyon bo’ladi. Moliyaviy funksiyalar quyidagilar: Aholining soliq solinadigan daromadlarini to’g’ri va to’liq aniqlash; Soliqlarni undirish hamda undirib olingan soliqlarni to’liq davlat budjetiga yo’naltirish; Budjetni to’g’ri sarflanayotganligini to’liq nazorat qilish. Ijtimoiy funksiya shaxsni ijtimoiy himoyalash va jamiyatning barcha a’zolari uchun munosib turmush sharoitlarini yaratib berishda namoyon bo’ladi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshirish kerak: Moddiy boyliklarni teng taqsimlash; Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj bo’lgan qismini qo’llab quvvatlash; Ta’limni rivojlantirish; Sog’liqni saqlash; Sifatli va arzon uy-joy qurish; Transport va aloqa tizimini takomillashtirish; Aholining kommunal ehtiyojlarini qondirish; Turizmni rivojlantirish, ma’daniy dam olishni tashkil qilish; Munosib ish o’rinlarini yaratish hamda mehnatga yarasha haq to’lash; Iste’mol savatchasini tizimini joriy qilish va boshqalar. Huquqiy tartibotni muhofaza qilishfunksiyasi ijtimoiy funksiyalarning barcha ishtirokchilarining huquq normalarini aniq hamda bir xilda bajarilishi ta’minlanganligida namoyon bo’ladi. Ushbu maqsadlarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqiy tartibotni muhofaza qilishfunksiyalarini amalga oshirish kerak: Inson huquqlarini qonunchilikda aks ettirish; Konstitutsiya va qonunlarning ustunligini ta’minlash; Qonuniylik va huquqiy tartibotni amalga oshirish va shu kabilar. Tabiatni muhofaza qilish (ekologik) funksiyasi atrof tabiiy muhitni asrab avaylashda Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling