Muallif Ustoz Javohir Halilov t me/ustoz javohir halilov +99833 543-00-01


Download 1.23 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/44
Sana28.12.2022
Hajmi1.23 Mb.
#1012340
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Bog'liq
Davlat va Huquq Nazariyasi Namuna

tarqalgan. 
Namoyondalari: D. Keyns, D. Myurdal, A. Sigu, K. Boulding, V. Mund va boshqalar. 
Mohiyati – davlat jamiyatdagi barcha sinflardan ustun turib, aholining barcha qatlamlarining 
manfaatlarini ifodalab, umumfarovonlikni ta’minlashi kerak. 
 Davlatning normativistik yoki legistik nazariyasi. 
Namoyondasi: Gans Kelzen. 
Mohiyati – davlat normalar tizimidan iborat, uning mohiyatida tartib yotadi. Tartib 
qoidalardan iborat tizim bo’lishi kerak. 
 Huquqiy davlat nazariyasi. 
Namoyondalari: Suqrot, Aflotun, Arastu, Gollandiyada Gugo Grotsiy va Spinoza, Angliyada 
Tomas Gobbs va Jon Lokk, Fransiyada Jan Jak Russo kabi ko’pgina olimlar. 


Muallif - Ustoz Javohir Halilov t.me/ustoz_javohir_halilov +99833 543-00-01 
HUQUQ O’qitish Markazi IIV Akademiyasi va Yuridik Universitetga tayyorlov t.me/huquq_markazi 9 
Mohiyati – huquq hukmron bo’lishi kerak. 
Davlatning asosiy belgilari qquyidagilar: 
I. 
Chegaralangan hududning mavjudligi; 
Davlat hududi deganda, davlatning yurisdiksiyasi, ya’ni davlatning huquqiy hokimiyati amal 
qiladigan makon tushuniladi. 
II. 
Chegaralangan hudud doirasida istiqomat qiladigan aholining mavjudligi; 
III. 
Ommaviy siyosiy hokimiyatning mavjudligi; 
IV. 
Suverinitetga egaligi; 
Suverinitet bu – mamlakat ichkarisida ham, xalaqaro maydonda ham davlat 
hokimiyatining tan olinganligi, oliyligi hamda mustaqilligini anglatadigan tushuncha 
hisoblanadi. Suverinitet ikkiga bo’linadi. Bular:
1.Xalq suveriniteti deganda, davlat hokimiyati xalq manfaatini ko’zlab amalga oshirilishi 
tushuniladi. Davlat hokimiyati xalq tomonidan tan olinishi tushuniladi. 
2.Davlat suveriniteti uchta tushuncha bilan ifodalanadi. Ular: 
davlat ichki va tashqi siyosatini mustaqil amalga oshiradi; 
davlat hokimiyati davlatning butun hududida amal qiladi
 jamoat birlashmalari, partiyalarning noqonuniy qarorlarini bekor qila oladi. 
V. 
Soliqlarning joriy etilganligi. 
 
Davlat tipologiyasi 
Davlat tipologiyasi deganda, davlatning o’ziga xos xususiyatlarini ajaratish va davlatni 
biror turga mansubligini belgilash tushuniladi. 
Davlat topilogiyasida ikki xil yondashuv mavjud. Bular: 
1- 
Formatsiyaviy yondashuv (ayrim adabiyotlarda tarixiy-materialistik yondashuv 
ham deyiladi); 
2- 
Sivilizatsiyaviy yondashuv (ayrim adabiyotlarda ma’rifiy yondashuv ham 
deyiladi). 
1 – Davlatdagi ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalarning (asoslarning) almashinishi natijasida 
davlatning 
bir 
tipdan 
ikkinchi 
tipga 
o’tishi 
formatsiyaviy 
yondashuv 
hisoblanadi.Formatsion yondashuvga ko‘ra insoniyat taraqqiyotida to‘rt tipdagi davlat, ya’ni 
quldorlik, feodal, kapitalistik va sotsialistik tipdagi davlatlar shakllanib kelgan. 
2 – sivilizatsiyaviy yondashuv deganda, davlatlarni erishgan taraqqiyot darajasiga qarab 
tiplarga ajaratish tushuniladi. Bu yondashuv namoyondalaridan biri A.Toynbi hisoblanadi. 
Sivilizatsiyaviy yondashuvda davlatlarni iqtisodiy rivojlanishi, hududi, paydo bo’lishi davri, 
tarixiy-ma’daniy rivojlanishi, aholisining soni, ta’lim darajasiga qarab tiplarga ajaratish 
mumkin. 
Davlat shakllari 
 


Muallif - Ustoz Javohir Halilov t.me/ustoz_javohir_halilov +99833 543-00-01 
HUQUQ O’qitish Markazi IIV Akademiyasi va Yuridik Universitetga tayyorlov t.me/huquq_markazi 10 
Davlat shakllari deganda, davlat hokimiyati va boshqaruv idoralarining shakllantirilishi 
hamda ularning aholi bilan aloqadorligi, ma’muriy-hududiy davlat tuzilishi va davlat 
hokimiyatini amalga oshirish usullari yig’indisi tushuniladi. 
Davlat shakli bilan davlat tuzumi bir xil narsa emas. Davlat shakli deganda, davlat 
boshqaruv shakli, davlat tuzilish shakli va davlatning siyosiy rejimi tushuniladi. Davlat 
tuzumi deganda, davlatning faqat siyosiy rejimi tushuniladi. 
Davlat shakli uchga bo’linadi. Bular: 
1- 
Davlatning boshqaruv shakli
2- 
Davlatning tuzilish shakli; 
3- 
Davlatning siyosiy rejimi. 
Davlatning boshqaruv shakli deganda, davlat hokimiyati organlarining shakllantirilishi 
va tashkil etish tartibi va ushbu organlarning bir-biri bilan hamda aholi bilan aloqadorligi 
tushuniladi. 
Davlatning boshqaruv shakli ikkiga bo’linadi. Bular: 
1) Monarxiya shakliga ega bo’lgan davlatlar; 
2) Respublika shakliga ega bo’lgan davlatlar. 
Monarxiya deganda, davlat hokimiyati yakka shaxs qo’lida to’planadigan va hokimiyat 
avloddan-avlodga meros tariqasida o’tadigan davlatning boshqaruv shakli tushuniladi. 

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling