Muallif Ustoz Javohir Halilov t me/ustoz javohir halilov +99833 543-00-01


Download 1.23 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/44
Sana28.12.2022
Hajmi1.23 Mb.
#1012340
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Bog'liq
Davlat va Huquq Nazariyasi Namuna

Huquqning ham kelib chiqishiga doir bir qancha nazariyalar mavjud. Xususan tabiiy, 
tarixiy, marksistik, psixologik, huquqning normativ nazariyalari shular jumlasidandir. 
Tabiiy huquq nazariyasi. 
Namoyondalari: Suqrot, Aflotun, Arastu, Gollandiyada Gugo Grotsiy va Spinoza, Angliyada 
Tomas Gobbs va Jon Lokk, Fransiyada Jan Jak Russo, Pol Golbax, Rossiyada Aleksandr 
Radishev va boshqalar 
Mohiyati – huquq inson tug’ilganidan beri mavjud. Huquq insonning ajralmas bo’lagidir. 
Rim huquqshunoslari huquqni uchta turga bo’lgan. Ular: 
 ius civil (faqat rim fuqarolari o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi, qadimiy 
rim huquqi); 
 ius gentum (rim fuqarolari bilan boshqa xalqlarning o‘rtasidagi mulkiy munosabatlarni 
tartibga soluvchi huquq); 
 ius natural – tabiiy huquqdan iboratdir. 
 Tarixiy huquq nazariyasi. 
Namoyondalari: nemis olimlari G. Gugo, F. Savini, G. Puxta va boshqalar. 
Mohiyati – huquq tarixan kelib chiqqan va rivojlangan. Huquq bu – xalq ongining mahsuli 
hisoblanadi. 
 Marksistiknazariyasi. 
Namoyondalari: L. Morgan, K. Marks, F. Engels va boshqalar. 
Mohiyati – huquq iqtisodiy hukmron sinf xohishidan kelib chiqqan. 
 Huquqning psixologik (ruhiy) nazariyasi. 
Namoyondalari: rus olimi Korkunov, professor Petrajitskiy, Zigmund Freyd, Tardu kabilar. 
Mohiyati – huquq liderlarning ruhiyatidan, ehtiroslaridan, kechinmalaridan kelib chiqqan. 
 Huquqning normativ nazariyasini. 
Namoyondasi: Gans Kelzen. 
Mohiyati – huquq o’zidan kelib chiqqan, o’z kuchi va harakatini o’zidan oladi. 
Davlat 
Davlat bu – chegaralangan hududiga , ushbu hudud doirasida istiqomat qiladigan 
aholisiga, siyosiy hokimiyatiga, siyosiy hokimiyatni saqlab turish maqsadida yig’iladigan 
soliqlariga hamda o’z suverinitetiga ega bo’lgan siyosiy hokimiyatning ommaviy-hududiy 
tashkiloti hisoblanadi. 
Davlatning ibtidoiy jamiyatdan asosiy farqlari shundaki, davlat chegaralangan 
hududga hamda siyosiy hokimiyatga ega


Muallif - Ustoz Javohir Halilov t.me/ustoz_javohir_halilov +99833 543-00-01 
HUQUQ O’qitish Markazi IIV Akademiyasi va Yuridik Universitetga tayyorlov t.me/huquq_markazi 8 
Hokimiyat – bu ayrim shaxslarning hamda guruhlarning rahbariy irodaga itoat etishi 
hisoblanadi. 
Siyosiy hokimiyat ( davlat hokimiyati ) deganda, jamiyatni boshqarishning davlat 
tomonidan yoki davlat vakolat bergan organlar tomonidan hamda davlat nomidan amalga 
oshirilishi tushuniladi. 
Davlatning mohiyati deganda, davlatning eng muhim belgi va xususiyatlarini, 
ma’nosini, mazmunini anglash tushuniladi. 
Davlatning mohiyati haqidagi nazariyalar davlat nima?, davlat qanday boshqariladi?, 
davlat kim tomonidan boshqariladi? degan savollarga javob beradi. 
Davlatning mohiyatiga doir bir qancha nazariyalar mavjud. Xususan davlatning elitar, 
texnokratik, markscha, umumfarovonlik, normativistik hamda huquqiy davlat nazariyalari
shular jumlasidandir. 
 Elitar nazariya. Ushbu nazariya XX asrda keng tarqalgan. 
Namoyondalari: Pareto, Moski, Lassuel, Sartori, Day kabilar. 
Mohiyati – xalq jamiyatni boshqarishga qodir emas. Davlat hokimiyatini boshqarish 
jamiyatning yuqori qatlami - elita tomonidan boshqarilishi kerak. 
!Kelib chiqishi, ma’lumoti, tajribasi, qobiliyati inobatga olinadigan shaxslar elitani tashkil 
etadi,. 
 Texnokratik nazariya. Mazkur nazariya XX asrning 20-yillarida vujudga 
kelib, 60-70-yillarda ancha keng tarqaldi. 
Namoyondalari: T. Veblen, D. Barnxeym, G. Saymon, D. Bell va boshqalar. 
Mohiyati – davlat maxsus mutaxassis boshqaruvchilar – menejerlar tomonidan boshqarilishi 
kerak. 
 Markscha nazariya. 
Namoyondalari: Karl Marks, Fridrix Engels, Lenin kabilar. 
Mohiyati – sinfiy kurash natijasida davlat hokimiyati hukmron sinfga tegishli bo’ladi. 
Davlatning mohiyatida materializm (mulk) yotadi. Hukmron sinf mazlum sinf ustidan o’z 
diktaturasini, ya’ni cheklanmagan kuchga asoslangan hokimiyatini o’rnatadi. 
 Umumfarovonlik davlati nazariyasi. XX asrning 30-yillarida keng 

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling