Muallif Ustoz Javohir Halilov t me/ustoz javohir halilov +99833 543-00-01
Download 1.23 Mb. Pdf ko'rish
|
Davlat va Huquq Nazariyasi Namuna
Federativ davlatning belgilari quyidagilar:
Ikki yoki undan ortiq teng huquqli davlatlar yoki birliklardan tashkil topgan; Federatsiya tuzilganidan so’ng bitta federal davlat hamda bir nechta federatsiya subyektlari mavjud bo’ladi; Fedaratsiya hududi federatsiya subyektlari hududidan tarkib topadi; Oliyqonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati ikkita pog’onada, ya’ni federatsiya maqomida hamda federatsiya subyektlari maqomida bo’ladi; Fuqarolik ham ikki pog’onada bo’ladi, ya’ni federal davlat fuqarosi hamda federativ subyekt fuqarosi hisoblanadi; Markaziy hokimiyatga bo’ysunuvchi alohida Qurolli kuchlar, politsiya, xavfsizlik xizmatiga, bojxona tizimi mavjud bo’ladi; Federatsiya subyektlari o’z qonunlariga, konstitutsiyasiga, o’z davlat hokimiyati organlariga, ramzlariga, o’z boshlig’iga hamda shu kabilarga ega bo’ladi; Federatsiyadan bir taraflama chiqib ketish mumkin emas. Federatsiyaning uchta turi mavjud. Ular: 1) Hududiy federatsiya mamlakatni hududiy belgisi bo’yicha taqsimlanish natijasida tuziladi. Hududiy federatsiyalar hududiy birliklardan tashkil topgan bo’ladi (AQSh, Brazilya, Hindiston); 2) Milliy federatsiyada, ularda yashovchi milliy davlatlarning mustaqilligi asosida tuzilgan bo’ladi. Milliy federatsiyalar milliy davlatlardan tashkil topgan bo’ladi (M: Yugaslovakiya, Avstriya-Vengriya); 3) Milliy-hududiy federatsiyalar ham milliy davlatlaradan ham hududiy birliklardan tashkil topgan bo’ladi (M: Rossiya 72ta milliy davlat va 57ta hududiy birlik). Konfederatsiya – bir necha davlatlarning iqtisodiy, siyosiy, mudofaa kabi masalalar bo’yicha birlashgan murakkab ittifoqdosh davlat hisoblanadi. Konfederatsiyaning belgilari quyidagilar: Muayyan maqsadga erishish uchun birlashgan mustaqil davlatlar ittifoqi hisoblanadi; Konfederatsiyaga a’zo davlatlar istalgan vaqtda ajralib chiqadi; Yagona hududga ega bo’lmaydi; Yagona fuqarolik o’rnatilmaydi; Barqaror bo’lmagan tuzilma hisoblanadi; Konfederatsiya subyektlari konfederativ organ qabul qilgan hujjatlarni nulifikatsiya (qo’llamaslik) huquqiga ega bo’ladi; Konfederatsiyada konfederativ organ tuziladi va ushbu organ cheklangan doiradagi masalalarnigina hal qiladi; Muallif - Ustoz Javohir Halilov t.me/ustoz_javohir_halilov +99833 543-00-01 HUQUQ O’qitish Markazi IIV Akademiyasi va Yuridik Universitetga tayyorlov t.me/huquq_markazi 13 Konfederatsiya budjeti uning ixtiyoriy badallaridan tashkil topgan bo’ladi. Davlatning siyosiy rejimi. Siyosiy rejim (tartibot) deganda, davlat hokimiyatini amalga oshirish usullari va vositalarining yig’indisi tushuniladi. Siyosiy rejim XX asrning 60-yillarida yaralgan. Siyosiy rejim uch turga bo’linadi. Bular: 1- Totalitar siyosiy rejim; 2- Avtokratik siyosiy rejim; 3- Demokratik siyosiy rejim. Totalitar rejim bu – davlat boshqaruvi o’ta makazlashgan holda amalga oshiriladigan, yuqori organlardan keladigan buyruqlarga og’ishmay amal qilinadigan va jamiyatning barcha sohalari davlat tomonidan total, ya’ni to’liq nazorat qilinadigan siyosiy rejim hisoblanadi. Totalitar rejimining belgilari quyidagilar: Inson huquq va erkinliklari tugatiladi yoki cheklanadi; Faqat hukmron bir partiyaning mavjud bo’lishiga yo’l qo’yiladi, ko’ppartiyaviylik taqiqlanadi yoki cheklanadi; Hukmron partiya va davlat organlari vakolatlari qo’shilib ketadi; Siyosiy plyuralizmga yo’l qo’yilmaydi, bitta yagona mafkura o’rnatiladi va unga bo’ysiniladi; Barcha boshqaruv markaz tomondan amalga oshiriladi, ularning buyruqlari amalda konstitutsiya va qonunlardan ham ustun turadi; Barcha ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’daniy sohalar to’liq va qattiq davlat tomonidan nazoratga olinadi; Muxolifat va o’zgacha fikrlovchilar yo’q qilinadi va h.k. Totalitar rejimning yana bir ko’rinishi fashistik rejim hisoblanadi. Fashistik rejim bu – davlat hokimiyati millatchilik g’oyasi (natsizm) asosida amalga oshiriladigan, bir millatning huquq va manfaatlari boshqa millatlarning huquq va manfaatlaridan ustun qo’yiladigan siyosiy rejim hisoblanadi. Fashistik rejimning belgilari quyidagilar: Inson huquq va erkinliklari tugatiladi yoki cheklanadi; Faqat hukmron bir partiyaning mavjud bo’lishiga yo’l qo’yiladi, ko’ppartiyaviylik taqiqlanadi yoki cheklanadi; Hukmron partiya va davlat organlari vakolatlari qo’shilib ketadi; Siyosiy plyuralizmga yo’l qo’yilmaydi, bitta yagona mafkura o’rnatiladi va unga bo’ysiniladi; Barcha boshqaruv markaz tomandan amalga oshiriladi, ularning buyruqlari amalda konstitutsiya va qonunlardan ham ustun turadi; Muallif - Ustoz Javohir Halilov t.me/ustoz_javohir_halilov +99833 543-00-01 HUQUQ O’qitish Markazi IIV Akademiyasi va Yuridik Universitetga tayyorlov t.me/huquq_markazi 14 Barcha ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’daniy sohalar to’liq va qattiq davlat tomonidan nazoratga olinadi; Muxolifat va o’zgacha fikrlovchilar yo’q qilinadi; Natsizm g’oyasiga asoslanadi. Avtokratik siyosiy rejimbu – davlat hokimiyati yakka shaxs yoxud bir guruh qo’lida to’planadigan hokimiyat ularning xohishiga ko’ra hech qanday qonun bilan cheklanmagan holda amalga oshiriladigan siyosiy rejim hisoblanadi. Avtokratiya ikki turga bo’linadi. Bular: 1 – jamoaviy avtokratiya; 2 – yakka shaxs avtokratiyasi. Jamoaviy avtokratiya bu – davlat hokimiyati bir guruh qo’lida to’planadigan hokimiyat ularning xohishiga ko’ra hech qanday qonun bilan cheklanmagan holda amalga oshiriladigan siyosiy rejim hisoblanadi. Jamoaviy avtokratiya ham ikki turga bo’linadi. Ular: 1. Aristokratik siyosiy rejim deganda, hokimiyat bir guruh shaxslar, ya’ni zadogonlar qo’lida to’planadigan va hokimiyat zadogonlarning xohish-irodasiga ko’ra amalga oshiriladigan avtokratik siyosiy rejim tushuniladi. 2. Oligarxiya rejimi deganda, hokimiyat bir guruh shaxslar, ya’ni mulkdorlar – boylar qo’lida to’planadigan va hokimiyat ularning xohish-irodasiga ko’ra amalga oshiriladigan avtokratik siyosiy rejim tushuniladi. Yakka shaxs avtokratiyasi deganda, davlat hokimiyati yakka shaxs qo’lida to’planadigan hokimiyat uning xohishiga ko’ra hech qanday qonun bilan cheklanmagan holda amalga oshiriladigan siyosiy rejim hisoblanadi.Yakka shaxs avtokratiyasi uch turga bo’linadi. Ular: 1.Avtoritar rejim deganda, davlat hokimiyati yakka shaxs qo’lida to’planadigan, hokimiyat uning xohishiga ko’ra hech qanday qonun bilan cheklanmagan holda amalga oshiriladigan avtokratik siyosiy rejim tushuniladi. Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling