Muallif Ustoz Javohir Halilov t me/ustoz javohir halilov +99833 543-00-01
Download 1.23 Mb. Pdf ko'rish
|
Davlat va Huquq Nazariyasi Namuna
Monarxiya boshqaruv shaklining belgilari quyidagilar:
Monarx davlatni shaxsiylashtiradi; Monarx tashqi va ichki siyosatda davlat boshlig’i hisoblanadi; Monarx davlatni yakka o’zi boshqaradi; Monarx hokimiyati muqaddas va daxlsiz deb e’lon qilinadi; Hokimiyatni o’rnatish va qabul qilishning alohida tartibi mavjud bo’ladi; Monarx o’z boshqaruv faoliyati natijasi uchun yuridik javobgar bo’lmaydi. Monarxiyaning uchta turi mavjud. Bular: a) mutlaq ( absolut ) monarxiya davlat hokimiyati yakka shaxs qo’lida to’planadigan va hokimiyat avloddan-avlodga meros tariqasida o’tadigan davlatning boshqaruv shakli tushuniladi. Mutlaq (absolut) monarxiya shaklining belgilari quyidagilar: Monarx davlatni shaxsiylashtiradi; Monarx tashqi va ichki siyosatda davlat boshlig’i hisonlanadi; Monarx davlatni yakka o’zi boshqaradi; Monarx hokimiyati muqaddas va daxlsiz deb e’lon qilinadi; Hokimiyatni o’rnatish va qabul qilishning alohida tartibi mavjud bo’ladi; Monarx o’z boshqaruv faoliyati natijasi uchun yuridik javobgar bo’lmaydi. (Misol (M): Qadimgi Misr, Qadimgi Mesopatamiya, O’rta asrlarda Angliya, Amir Temur davlatlari) Muallif - Ustoz Javohir Halilov t.me/ustoz_javohir_halilov +99833 543-00-01 HUQUQ O’qitish Markazi IIV Akademiyasi va Yuridik Universitetga tayyorlov t.me/huquq_markazi 11 b) cheklangan monarxiyada, monarx vakolatlari qonun asosida yoki biror bir vakolatli davlat organi tomonidan cheklangan bo’ladi. Cheklangan monarxiya ham ikkiga bo’linadi. Bular: b)1. Dualistik monarxiyada, hokimiyat monarx va biror bir idora o’rtasida taqsimlanadi, lekin monarx vakolatlari ustun turadi. Masalan, parlament chiqargan qaror monarx tomonida tasdiqlanishi shart bo’ladi, agar tasdiqlamasa bu qaror kuchga kirmaydi. Ijro etuvchi hokimiyat esa to’liq monarx tominidan tuziladi. (M: Saudiya Arabistoni, Quvayt, Qatar) b)2.Parlamentar monarxiyada, hokimiyat monarx, parlament, hukumat yoki biror bir boshqa organlar o’rtasida taqsimlamgan bo’ladi va bunda parlamentning vakolati ustun bo’ladi. Parlament xalq tomonidan saylanadi. Hukumatni parlament tuzadi va u parlament oldida hisob beradi. Bunda monarx odatda urf-odat va an’ana, ramz sifatida saqlanib qolingan bo’ladi. (M: Buyuk Britaniya, Belgiya, Daniya) c) noan’anaviy monarxiyadaham monarxiya ham respublika elementlari uyg’unlashgan bo’ladi. Masalan, BAA yettita amirlikdan tashkil topgan, yettita amirlar amirlikni boshqaradi va ular o’zlarining orasidan 5 yil muddatga Oliy amirni saylaydi. Yettita amirlikning har birining boshqaruv shakli dualistik monarxiya hisoblanadi. Respublika deganda, davlat hokimiyati va boshqaruv oliy organlarining bevosita xalq tomonidan yoki xalq saylagan vakillar tomonidan muayyan vakolat muddatiga saylab qo’yilishi tushuniladi. Respublikaning uchta turi mavjud. Bular: 1.Prezidentlik respublikasida:hukumatni prezident tuzadi; hukumat parlamentga hisobot beradi; prezident parlamentdan mustaqil holda faoliyat yuritadi; prezident normativ huquqiy hujjatlar qabul qiladi va prezident parlament qabul qilgan qarorlarga veto qo’yish huquqiga ega bo’ladi hamda ayrim holatlarda parlamentni tarqatib yuborish vakolatiga ham ega bo’ladi va asosan prezident xalq tomonidan saylanadi (M: Turkiya, AQSh, Rossiya); 2.Parlamentar respublikada: hukumatni parlament tuzadi; hukumat parlament oldida hisobot beradi; parlament hukumatni tarqatib yuborish vakolatiga ega bo’ladi; prezident parlament qabul qilingan qarorlarga veto qo’yolmaydi; prezidentni parlament saylaydi (M: Germaniya, Irlandiya, Hindiston); 3.Aralash respublikada: hukumatni parlament tuzadi; prezidentni xalq saylaydi; hukumat parlament oldida ham prezident oldida ham hisobot beradi (M: Fransiya qisman) Davlatning tuzilish shakli deganda, davlatning siyosiy-ma’muriy-hududiy tuzilishi hamda davlatning oliy organlari bilan mahalliy organlari o’rtasidagi aloqasi tushuniladi. Davlat tuzilish shakli ikkiga bo’linadi. Bular: 1) Oddiy (unitar); 2) Murakkab (fedarativ va konfedarativ). Unitar davlat tuzilishida, mamlakat ma’muriy-hududiy qismlarga bo’linib (viloyat, tuman, shahar, okruk, shtat kabilar), ushbu birliklarda yagona oliy organ, yagona boshqaruv Muallif - Ustoz Javohir Halilov t.me/ustoz_javohir_halilov +99833 543-00-01 HUQUQ O’qitish Markazi IIV Akademiyasi va Yuridik Universitetga tayyorlov t.me/huquq_markazi 12 organlari tizimi, yagona qonunchilik tizimi, yagona fuqarolik, yagona hudud, yagona chegara, yagona armiya, yagona pul birligi mavjud bo’ladi (M: Indoneziya, Misr, Ukraina). Fedarativ davlat deganda, teng huquqli mustaqil davlatlar yoki boshqa hududiy birliklar (shtatlar, okruklar, kantonlar va h.k.) ixtiyoriy birlashuvi natijasida tashkil topgan murakkab ittifoqdosh davlat tushuniladi. Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling