Yagona pul-kredit siyosati - davlat tomonidan amalga oshiriladigan ichki iqtisodiy siyosatning yo‘nalishlaridan biri. Mamlakat miqyosida pul muomalasini samarali tartibga solish, milliy pul birligi qadrini oshirish, ichki bozorni himoya qilish, kreditlardan yuksak samarali foydalanishlikni ta’minlash, pul va kredit vositalarini iqtisodiy taraqqiyot yo‘lida eng ko‘p foyda beradigan tarzda ishga solishga qaratilgan tadbirlar majmui.
Qarz - jismoniy yoki yuridik shaxsning shartnomada ko‘zda tutilgan yoki boshqa asoslarga ko‘ra vujudga keluvchi majburiyati bo‘lib, unga muvofiq qarzdor pul yoki natura holidagi muayyan mulkni shartnomada yoki qonunda nazarda tutilgan muddatda ikkinchi tomon (jismoniy yoki yuridik shaxsga yoxud davlat)ga topshirishi lozim bo‘ladi.
Qarzni to‘lashga qobiliyatsizlik - qarz majburiyatlarini bajarishlik uchun qarzdor to‘lov qobiliyatining yo‘qolishi.
Qimmatli qog‘ozlar bozori - qimmatli qog‘ozlar (aktsiya, obligatsiyalar) bilan savdo-sotiq amalga oshiriladigan bozor. Ssuda kapitali bozorining tarkibiy qismlaridan, u yerda qimmatli qog‘ozlar (aktsiya, obligatsiya) bilan savdo-sotiq operatsiyalari amalga oshiriladi.
Qonun - davlat hokimiyati oliy idorasi tomonidan qabul qilinadigan, oliy yuridik kuchga ega bo‘lgan yuridik hujjat.
Do'stlaringiz bilan baham: |