«Biznes boshqaruv asoslari» fanidan glossariy aktiv
Download 58.43 Kb.
|
Iqtisodiy terminlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axborot menejmenti
- Banknot
- Biznes
- Birja faoliyati
Auditorlik firmasi - mustaqil xo‘jalik hisobidagi tashkilot bo‘lib, korxonalar bilan tuzilgan shartnomalar asosida ularning buxgalteriya hisobini tekshiradi va to‘g‘ri-noto‘g‘ri ekanligini tasdiqlovchi xulosalar beradi.
Auktsion (kim oshdi savdosi) - oshkora savdo o‘tkazish asosida mahsulot va boshqa boyliklarni sotishni tashkil etish shakli. Axborot - (lot. informatio - «tushuntirish, bayon qilish, xabardorlik») - taqdim etilish shaklidan qat’iy nazar, nimadir haqidagi ma’lumot. Axborot menejmenti - axborotni yig‘ish, boshqarish va taqsimlashga ixtisoslashgan menejmentning maxsus sohasi bo‘lib, XX asrning 70-yillarida mustaqil yo‘nalish sifatida ajralgan. Bank - qonunlarda nazarda tutilgan bank faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tijorat tashkiloti. Bank krediti - bank tomonidan muddatli, qaytarish sharti bilan, muayyan haq evaziga beriladigan qarz. Banknot (ingl. - banknote) - qog‘oz pullarning bir turi bo‘lib, davlat tomonidan emissiya huquqi berilgan banklar tomonidan chiqariladi. Bankrot bo‘lish - xo‘jalik yuritish sub’ektlarining qarzdor sifatidagi qarzlarini va boshqa majburiyatlarining mol-mulkidan oshib ketishi, buning natijasida tovar (ish, xizmatga xaq to‘lash yuzasidan kreditorlar talablarini qondira olmay qolishi, shu jumladan byudjetga va byudjetdan tashqari fondlarga majburiy to‘lovlarni ta’minlashga qodir emasligi. Biznes - (ingl. business - «ish», «korxona») yoki tadbirkorlik - foyda olishga yo‘naltirilgan faoliyat; daromad yoki boshqa shaxsiy naf keltiruvchi har qanday faoliyat. Birja - bozorning bir turi. Avvaldan tayinlangan manzil va vaqtda, belgilangan qoidalar asosida ochiq savdo-sotiq o‘tkazish orqali birja tovarlari bilan erkin ulgurji savdo qilish uchun shart-sharoitlar yaratuvchi, yuridik shaxs hisoblanadigan sub’ekt. Birja faoliyati - tovarlarga bo‘lgan talab va ularni taklif qilishning amalda mavjud bo‘lgan nisbatlarini aniqlash hamda ularni hisobga olgan holda narx-navoni shakllantirish asosida birja tovarlarining ulgurji bozorini vujudga keltirishga qaratilgan harakatlar majmui. Bozor - keng ma’noda tovarlar ishlab chiqarish, ularning muomalasini tashkil etish, taqsimlash, turli xizmatlar ko‘rsatish ishlarini bajarish jarayonida yuzaga keluvchi iqtisodiy munosabatlar tizimi. Download 58.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling