Aktsiyadorlik jamiyati ustav fondi jamiyatning aktsiyadorlarga nisbatan majburiyatlarni taqsimlovchi muayyan miqdordagi aktsiyalarga taqsimlangan xo‘jalik yurituvchi sub’ekt.
Amortizatsiya (emirilish, eskirish) - asosiy fondlarga kiruvchi ashyolar balans qiymatining jismoniy va ma’naviy eskirib borishi tufayli tayyorlanayotgan mahsulot qiymatiga o‘tib borishi.
Anderrayter qimmatli qog‘oz (aktsiya)larni bozorda joylashtirish, sotish majburiyatini olgan shaxs.
Anderrayting (ingl. - underwriting) - qimmatli qog‘ozlarni vositachilar, investitsiya banklari orqali oshkora obuna yo‘li bilan tarqatish.
Antimonopoliya (yakkahokimlikka qarshi kurash) qonunchiligi raqobatchilik muhitini tadbirkorlikning turli sohalarida qo‘llab-quvatlash, monopolizm va insofsiz raqobatga qarshi qaratilgan huquqiy hujjatlar majmui.
Arbitraj xo‘jalik sohasidagi hakamlik sudi.
Assotsiatsiya ittifoq, birlashma. Iqtisodiyotda odamlar, korxonalar, tashkilotlarning yagona manfaat yo‘lida ixtiyoriy ittifoqi. Assotsiatsiya yuridik shaxs hisoblanib, foyda olishni mo‘ljallamaydigan jamoat tashkilotidir.
Auditor - auditorlik firmasining xodimi, korxonalarning moliyaviy faoliyati nazorat va tahlil qilish bilan shug‘ullanadi, yillik buxgalteriya hisobotlari va balanslari yuzasidan xulosalar beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |