Mahalliy soliqlar hamda majburiy to‘lovlar - yuridik va jismoniy shaxslar daromadlaridan mahalliy davlat idoralari ehtiyoji uchun qonunda belgilangan miqdorda va tartibda muntazam ravishda to‘lab boriladigan to‘lov turi.
Menejerlar - rahbarlar, ya’ni tashkilotning o‘zlariga bevosita bo‘ysinuvchi xodimlarga ega xizmatchilari bo‘lib, ular tashkilotda doimiy lavozimni egallaydilar, tashkilot faoliyatining ma’lum sohalariga oid qarorlar qabul qilish vakolatiga ega bo‘ladilar.
Menejment - (ingl. management - boshqarish, rahbarlik qilish, ma’murchilik, direktsiya, tasarruf qila olish) - ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarni ishlab chiqish va tuzish (tashkil etish), maksimal samarali qo‘llash (foydalanish) va nazorat qilish.
Mehnat birjasi - ish beruvchilarning mehnat resurslariga bo‘lgan talabi hamda vaqtincha band bo‘lmagan aholi tomonidan o‘z mehnat imkoniyatlarini taklif etishi asosida «Aholining bandligini ta’minlash to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq o‘tkaziladigan mehnat bozorining tashkiliy shakli.
Do'stlaringiz bilan baham: |