«Biznes boshqaruv asoslari» fanidan glossariy aktiv


Download 58.43 Kb.
bet13/26
Sana08.01.2022
Hajmi58.43 Kb.
#254630
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26
Bog'liq
Iqtisodiy terminlar

Kreditorlik qarzi - xo‘jalik yurituvchi sub’ektning boshqa korxona, tashkilotlar, jismoniy shaxslardan olgan tovarlari, ko‘rsatilgan xizmatlar, bajarib berilgan ishlar uchun ular oldidagi qarzi.

Litsenziya - ruxsat berish: 1) patent egasi tomonidan foydalanish uchun ma’lum muddatga va ma’lum haq evaziga ruxsat berish; 2) mahsulotlarni eksport yoki import qilish uchun davlat idoralaridan olinadigan yozma ruxsatnoma; 3) Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan faoliyatning muayyan turlari bilan shug‘ullanmaslik uchun (masalan, tibbiy xizmat, yuridik xizmat va hokazo) davlatning vakolatli idoralariga belgilangan tartibda murojat qilish yo‘li bilan olinadigan maxsus ruxsatnoma.

Markaziy bank - O‘zbekiston Respublikasining davlat banki. Uning bosh maqsadi milliy valyuta barqarorligini ta’minlashdan iborat, asosiy vazifalaridan bo‘lib monetar siyosatni hamda valyutani tartibga solish sohasidagi siyosatni shakllantirish, qabul qilish va amalga oshirish, samarali hisob-kitob tizimini tashkil etish va ta’minlash; banklar faoliyatini tartibga solish va banklar faoliyatini nazorat qilish; respublika oltin valyuta rezervlarini, shu jumladan hukumat rezervlarini saqlash va tasarruf etish; davlat byudjetining kassa ijrosini tashkil etish kabilar hisoblanadi.

Marketing – (ingl. marketing - sotish, bozorda savdo qilish) -qiymatliklarni yaratish, rivojlantirish va xaridorlarga yetkazib berishning tashkiliy funksiyasi va jarayonlar yig‘indisi, shuningdek xaridorlar bilan o‘zaro aloqalarni tashkilot uchun foydali boshqarish.


Download 58.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling