«Biznes boshqaruv asoslari» fanidan glossariy aktiv


Download 58.43 Kb.
bet16/26
Sana08.01.2022
Hajmi58.43 Kb.
#254630
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26
Bog'liq
Iqtisodiy terminlar

Motivatsiyalash - xodimlarni faollashtirish, iqtisodiy va ma’naviy jihatdan rag‘batlantirish hamda xodimlarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish yordamida tashkilot maqsadlariga erishishni ko‘zlab samarali ishlashga ruhlantirish.

Muvofiqlashtirish - boshqaruv faoliyati bo‘lib, reja topshiriqlarini bajarish jarayonida korxonaning turli ishlab chiqarish va funktsional bo‘linmalari ishini hamjihatligini ta’minlaydi.

Mulk - iqtisodiy kategoriya sifatida moddiy boyliklarni o‘zlashtirishning huquqiy shakli.

Nazorat - ish natijalarini miqdoriy va sifat jihatdan baholash hamda hisobini olish, rejalarni, me’yorlarni, qarorlarni korrektirovka qilish.

Nou-Xau - mahsulot ishlab chiqarishni osonlashtiradigan va tezlashtirilishiga yordam beradigan texnikaviy bilimlar, texnik tajriba, ishlab chiqarish siri. Nou-Xau ixtiro sifatida patentlanishi mumkin emas va shu sababli patent himoyasi obekti hisoblanishi mumkin emas.

Obligatsiya - uning egasi tomonidan ma’lum summadagi pulni to‘laganligi hamda muayyan vaqtdan keyin unda ko‘rsatilgan (nominal) pulni hamda ma’lum foizlarni qo‘shib qaytarilishini guvohlantiruvchi qimmatli qog‘oz.


Download 58.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling