Talis xalqaro baholash dasturi to‘g‘risida tushuncha. Talis xalqaro baholash dasturining tasnifi. Talis xalqaro baholash dasturining maqsadi
Download 70.5 Kb.
|
5.TALIS xalqaro baholash dasturi mazmun va mohiyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. TALIS xalqaro baholash dasturi to‘g‘risida tushuncha TALIS - The Teaching and Learning International Survey
- TALIS
Mavzu: TALIS xalqaro baholash dasturi mazmun va mohiyati REJA: TALIS xalqaro baholash dasturi to‘g‘risida tushuncha. TALIS xalqaro baholash dasturining tasnifi. TALIS xalqaro baholash dasturining maqsadi. TALIS dasturining o’ziga xosligi. TALIS_-_The_Teaching_and_Learning_International_Survey'>1. TALIS xalqaro baholash dasturi to‘g‘risida tushuncha TALIS - The Teaching and Learning International Survey— rahbar va pedagog kadrlarning umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘qitish va ta’lim olish muhitini hamda o‘qituvchilarning ish sharoitlarini o‘rganish. TALIS – turli mamlakatlarda tashkil etiladigan pedagogik jarayonlarning xalqaro qiyosiy tahliliga asoslangan tadqiqot bo’lib, Xalqaro iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti tomonidan ta’sis etilgan. TALIS o‘qituvchilar faoliyati, ish sharoiti va maktabdagi ta’lim muhitini baholashga qaratilgan eng yirik xalqaro tadqiqot hisoblanadi. TALIS-(The Teaching and Learning International Survey - rahbar va o‘qituvchilarning ta'lim muassasalarida o‘qitish va ta’lim olish muhitini hamda o‘qituvchilarning ish sharoitlarini o‘rganish) Ushbu tadqiqot birinchi bor 2008-yilda 24 davlat ishtirokida o‘tkazilgan. Ikkinchi davra 2013-yilda o‘tkazilgan bo’lib, unda 34 davlat ishtirok etgan. Rossiya Federatsiyasi ham shu yilda ushbu tadqiqotda qatnashgan. 2018-yilda esa 46 mamlakat TALIS tadqiqoti ishtirokchisiga aylandi. 6500 maktablardan100 mingdan ortiq tasodifiy tanlangan quyi o'rta o'qituvchilar va ularning maktab rahbarlari 34 mamlakatdan 4 milliondan ortiq o'qituvchi vakili (2013-yil holatiga ko’ra, 2018-yilda esa 46 ta mamlakatdan) o'z maktablaridagi mehnat sharoitlari va ta'lim muhiti haqida xalqaro miqyosda kelishilgan so'rovnoma o'tkaziladi So’rovnomada o’qituvchilarga yaratilgan sharoitlar, ularning o'quv amaliyoti, qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish masalalari, hamkasblari, talabalar va ularning maktab rahbariyati bilan munosabatlari yoritiladi. TALIS oʻqituvchilar faoliyati, ish sharoiti va maktabdagi taʼlim muhitini baholashga qaratilgan eng yirik xalqaro tadqiqot hisoblanadi. Tadqiqot maqsadi – ishtirokchi mamlakatlarga samarali oʻqitish va oʻrganish uchun shart-sharoitlar yaratish qaratilgan taʼlim siyosatini ishlab chiqishda yangi ustuvor yoʻnalishlarni koʻrib chiqish va aniqlash imkonini beradigan ishonchli, dolzarb va qiyosiy maʼlumotlar taqdim etishdan iborat. Tadqiqotlar maktab oʻqituvchilari va direktorlariga nafaqat milliy, balkim xalqaro daraja oʻz fikrini bildirish imkonini beradi. Uchrashuv avvalida OECDning TALIS boʻyicha masʼul boʻlim boshligʻi oʻrinbosari Karine Trembley ushbu tadqiqotda ishtirok etish shartlarini tushuntirib berdi. Ushbu tadqiqotda 200 ta maktab, 4000 nafar oʻqituvchi va 200 nafar maktab direktori ishtirok etadi. Ularni tanlash ham PISA tadqiqotlariga oʻxshash boʻlib, qaysi bosqich oʻqituvchilarini tanlash, nechta tilda soʻrovnomalar boʻlishini belgilash OECD va davlat oʻrtasida tuziladigan shartnomaga asosan koʻzda tutiladi. Ilgari TALIS tadqiqotlari har 5 yilda oʻtkazilgan boʻlsa, endi 6 yilda oʻtkazilishi rejalashtirilgan. 2018-yilda oʻtkazilgan TALIS xalqaro baholash tadqiqotlarida 48 ta davlat qatnashgan boʻlib, natijalari 2020-yilda mart-aprel oylarida eʼlon qilinadi. Uchrashuv davomida OECD mutasaddilari TALIS tadqiqotlari aynan PISA oʻtkazilgan maktabda boʻlishi shart emasligi, ularning natijalari alohida chiqarilishi, TALIS oʻtkazishdan maqsad taʼlim muassasalaridagi ahvolni, oʻqituvchilar kompetensiyalarini va muammolarini aniqlash, lekin uning natijalari ham personal muhokama qilinmasligi, natijalariga koʻra reyting chiqarilmasligini qayd etib oʻtishdi. Shuningdek, navbatdagi TALIS tadqiqoti 2024-yilda oʻtkazilishi rejalashtirilgani va unda ishtirok etish uchun Oʻzbekiston hukumati rasman murojaat qilishi lozimligi taʼkidlandi. Shundan soʻng, shartnoma tuzilib, rasmiylashtirish masalalari koʻrib chiqilishi maʼlum qilindi. Yakunda ushbu tadqiqotda ishtirok etish boʻyicha boshqa davlatlar, xususan 2018-yilda 1-marta TALIS tadqiqotlarida ishtirok etgan Qozogʻiston tajribasini oʻrganishga kelishib olindi. Maʼlumot uchun, Shanxayda TALIS-2013 natijalariga koʻra oʻqituvchilar oylik maoshi 10 % oshirilgan. Avstraliyada oʻqituvchilarni oliy taʼlimdan keyingi tayyorgarligi boʻyicha yangi dasturlar joriy etilgan, professional standartlar yangilangan. Italiyada “Yaxshi maktab” loyihasi doirasida oʻqituvchilar malakasini oshirish uchun qoʻshimcha mablagʻ ajratilib, oʻqituvchilarga haq toʻlash tizimiga oʻzgartirish kiritgan bunda asosiy eʼtibor oʻqituvchilar faoliyat samaradorligiga qaratildi. Angliyada maktablar uchun 1 kun (yiliga 3-marta) davom etadigan “qisqa tekshiruvlar” joriy etilib, ushbu holat navbatdagi tadqiqotlarda pedagoglar tomonidan “yaxshi” deb baholangan. Download 70.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling