Talis xalqaro baholash dasturi to‘g‘risida tushuncha. Talis xalqaro baholash dasturining tasnifi. Talis xalqaro baholash dasturining maqsadi


Download 70.5 Kb.
bet3/4
Sana08.11.2023
Hajmi70.5 Kb.
#1757945
1   2   3   4
Bog'liq
5.TALIS xalqaro baholash dasturi mazmun va mohiyati

Izlanishning asosiy qoidalari:
Aynan o’rta umumta’lim maktablari faoliyatini o’rganishga yo’naltirilganlik;
Har bir mamlakatdan 200ta maktab qatnashadi;
Har bir maktabdan 20ta o’qituvchi va 1ta ma’muriyat hodimi so’rovnomada ishtirok etadi;
O’qituvchi va ma’muriyat hodimi uchun turli xildagi so’rovnoma va vaqt beriladi (45-60 daqiqa)
Ma’lumot ham qog’ozda, ham onlayn ravishda yig’ilishi mumkin
RIVOJLANISHI
2008 yil 24 ta mamlakat
2013 yil 34 ta mamlakat
2018 yil 46 ta mamlakat 46 ta mamlakat
O’zbekistonda TALIS so’rovnomasini o’tkazish istiqboli
Javob berilishi kerak bo’lgan savollar:
O’zbekistonning zamonaviy o’qituvchisi deganda aynan kimni tasavvur eta olishimiz kerak? U ishlaydigan real sharoitlar
 qanday? U qanchalar o’z ishidan qoniqadi?
 O’qituvchi qaay tarzda o’z ish
 vaqtini sarflaydi? Qay tarzda ota-ona, mahalla
 bilan hamkorlik yo’lga qo’yilgan?
Kutilayotgan natijalar: Kutilayotgan natijalar:
Obyektiv nuqtai nazardan zamonaviy o’qituvchiga ta’rif berish Ish sharoitlarining real ahvoli, mavjud
 muammolar va ularning yechimini topish Ishdan qoniqish darajasini aniqlash
 Ish vaqti aslida qanday sarflanishini
 nazorat qilish, taym-menejmentni tashkil etish Ota-ona, mahalla bilan bo’lgan
 hamkorlikni takomillashtirish, qog’ozbozlikdan qochgan holda natijalarni tatbiq etish Tadqiqotning asl mohiyati o‘qituvchi va maktab rahbarlari bilan so‘rovnomalar o‘tkazish. Direktor bilan o‘tkazilgan so‘rovnoma asosan maktabni boshqarish, o‘qituvchilar faoliyatiga baho berish, maktabdagi muhit, bajarayotgan ishlaridan qoniqishi, ko‘p madaniyatli muhitdagi ta’lim haqidagi fikrlarni o‘z ichiga oladi.
O‘qituvchilar bilan o‘tkaziladigan so‘rovnomada esa kasbiy mahoratni rivojlantirishga qaratilgan turli yo‘nalishlarni, butun o‘qitish faoliyatini, o‘qituvchining ma’lum bir sinfdagi o‘qitish faoliyatini amalga oshirishi va maktab jamoasi bilan o‘zaro ijobiy muhit o‘rnatganligi o‘z aksini topgan. Shuni ta’kidlash lozimki, TALIS yagona so‘rovlar hamjamiyati bo‘lib, ta’lim dargohidagi o‘quv muhiti va o‘qituvchilarning ish joylaridagi shart-sharoitlarni o‘rganishga e’tibor qaratadi.
TALIS o’qituvchilar faoliyati, ish sharoiti va maktabdagi ta’lim muhitini baholashga qaratilgan eng yirik xalqaro tadqiqot hisoblanadi.
Tadqiqot maqsadi – ishtirokchi mamlakatlarga samarali o’qitish va o’rganish uchun shart-sharoitlar yaratish qaratilgan ta’lim siyosatini ishlab chiqishda yangi ustuvor yo’nalishlarni ko’rib chiqish va aniqlash imkonini beradigan ishonchli, dolzarb va qiyosiy ma’lumotlar taqdim etishdan iborat.
Ushbu tadqiqotda 200 ta maktab, 4000 nafar o’qituvchi va 200 nafar maktab direktori ishtirok etadi. Ularni tanlash ham PISA tadqiqotlariga o’xshash bo’lib, qaysi bosqich o’qituvchilarini tanlash, nechta tilda so’rovnomalar bo’lishini belgilash OECD va davlat o’rtasida tuziladigan shartnomaga asosan ko’zda tutiladi.
Ilgari TALIS tadqiqotlari har 5 yilda o’tkazilgan bo’lsa, endi esa har 6 yilda o’tkazilishi rejalashtirilgan. 2018 yilda o’tkazilgan TALIS xalqaro baholash tadqiqotlarida 48 ta davlat qatnashgan bo’lib, natijalari 2020 yilda mart-aprelь oylarida e’lon qilinadi.
Uning maqsadi — ishtirokchi mamlakatlarga samarali o‘qitish va o‘rganish uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan ta’lim siyosatini ishlab chiqishda yangi ustuvor yo‘nalishlarni ko‘rib chiqish va aniqlash imkonini beradigan ishonchli, dolzarb va qiyosiy ma’lumotlar taqdim etishdan iborat. Tadqiqotlar maktab o‘qituvchilari va direktorlariga nafaqat milliy, balki xalqaro darajada o‘z fikrini bildirish imkonini beradi.
Tadqiqotda 200 ta maktab, 4000 nafar o‘qituvchi va 200 nafar maktab direktori ishtirok etadi. Ular­ni tanlash ham PISA tadqiqotlari­ga o‘xshash bo‘lib, qaysi bosqich o‘qituvchilarini tanlash, nechta tilda so‘rovnomalar o‘tkazilishini belgilash OECD va davlat o‘rtasida tuziladigan shartnomaga asosan ko‘zda tutiladi.
Ilgari TALIS tadqiqotlari har 5 yilda o‘tkazilgan bo‘lsa, endi 6 yilda o‘tkazili­shi rejalashtirilgan. 2018-yilda o‘tkazilgan TALIS xalqaro baholash tadqiqotlarida 48 ta davlat qatnashgan bo‘lib, natijalari 2020-yili mart-aprel oylarida e’lon qilinadi.
Uchrashuv davomida OECD mutasaddilari TALIS tadqiqotlari aynan PISA o‘tkazilgan maktabda bo‘lishi shart emasligi, ularning natijalari alohida chiqarilishi, TALIS tadqiqotidan maqsad ta’lim muassasalaridagi ahvolni, o‘qituv­chilarning kompetensiyaviyligini va muammolarini aniqlash ekani, lekin ­uning natijalari ham personal muhokama qilinmasligi, natijalariga ko‘ra reyting chiqarilmasligini qayd etdi.
Navbatdagi TALIS tadqiqoti 2024-yili o‘tkazilishi rejalashtirilgani va unda ishtirok etish uchun O‘zbekiston hukumati rasman murojaat qilishi lozimligi ta’kidlandi. Shundan so‘ng shartnoma tuzilib, rasmiylashtirish masalalari ko‘rib chiqilishi ma’lum qilindi.
Yakunda ushbu tadqiqotda ishtirok etish bo‘yicha boshqa davlatlar, xususan, 2018-yilda birinchi marta TALIS tadqiqotlarida ishtirok etgan Qozog‘iston tajribasini o‘rganishga kelishib olindi.
Ma’lumot uchun Shanxayda ­TALIS–2013 natijalariga ko‘ra muallimlar oylik maoshi 10 foiz oshirilgan. Avstraliyada o‘qituvchilarning oliy ta’limdan keyingi tayyorgarligi bo‘yicha yangi dasturlar joriy etilgan, professional standartlar yangilangan. Italiyada “Yaxshi maktab” loyihasi doirasida pedagoglar malakasini oshirish uchun qo‘shimcha mablag‘ ajrati­lib, o‘qituvchilarga haq to‘lash tizimiga o‘zgartirish kiritilgan. Bunda asosiy e’tibor o‘qituvchilar faoliyati samaradorligiga qaratildi. Angliyada maktablar uchun 1 kun (yiliga 3 marta) davom etadigan “qisqa tekshiruvlar” joriy etilib, ushbu holat navbatdagi tadqiqotlarda pedagoglar tomonidan “yaxshi” deb baholangan.
Uchrashuv davomida PISA yoki TALISga tayyorgarlik ko‘rish faqat maktab, o‘quvchilar, o‘qituvchilar Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Milliy markaz yoki Xalq ta’limi vazirligi muammosi emasligi, oliy ta’limda kadrlar tayyorlashga hozirdan e’tibor qaratish zarurligi, ushbu talablarga mos ravishda ta’lim kontentini, o‘quv dasturlari, darslik-qo‘llanmalarni takomillash­tirish, o‘qituvchilarning, birinchi navbatda, malakasini oshirish, ularga fanlar bo‘yicha metodik yordam ko‘rsatish masalalari muhokama etildi.
Butun dunyo bo’ylab yaxshi o’qituvchilarni tayyorlash, ularni uzoq vaqt davomida ishlashga jalb qilish, o’qituvchilarning malakasini oshirish va rag’batlantirishga qiziqish tobora ortmoqda. O’quvchilarning erishgan yutuqlari sinfda yuz beradigan jarayonlar tabiati va sifati bilan, birinchi navbatda, o’qituvchi faoliyati bilan yaqin aloqada ekanligi aniqlandi.
So’nggi yillarda olib borilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki,o’qituvchining kasbiy fazilatlari o’quvchilarning maktab darajasida erishgan yutuqlarini belgilaydigan asosiy omil va bir necha yillar davomida sifatli ta’limning kam ishlashi mumkin bo’lgan o’quvchilar orasida mavjud bo’lgan bilimlarning yetishmasligini bartaraf qilishi mumkin.
Biroq, har bir sinfga layoqatli va g’ayratli o’qituvchi kelmasligi muammosi haligacha davom etmoqda. Buning uchun o’qituvchi maqomiga oid maqbul siyosatni ishlab chiqish, birinchi navbatda, muayyan milliy va mahalliy sharoitda eng samarali bo’lishi mumkinligi haqida ma’lumot yo’qligi bilan bog’liq.
OECD tomonidan olib boriladigan ta’lim va ta’lim tizimlarining (TALIS ni o’rganish va o’rganish xalqaro tizimi) xalqaro tadqiqoti o’qituvchilarning ish sharoitlari va maktablarda qanday sharoitlar mavjudligi haqidagi birinchi xalqaro taqqoslash ishidir. Uning maqsadi davlatlarga maktab jarayonlarining samaradorligini ta’minlaydigan shart-sharoitlarni qo’llab-quvvatlovchi siyosatni belgilash va rivojlantirishga yordam berishdan iborat.

Download 70.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling