Biznes boshqaruv asoslari
Rejalashtirishning zarurati
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Biznesni boshqarish asoslari
Rejalashtirishning zarurati
Qayerda, qachon, qanday va kim uchun mahsulot ishlab chiqarish va sotishni aniqlash; Qo’yilgan maqsadga erishish uchun qanday resurslar zarurligini aniqlash; Jalb qilingan resurslardan samarali foydalanishni ta’minlash Moliyaviy rejalashtirishning aniq vazifalarini moliya siyosati aniqlab beradi. Ular tarkibiga quyidagilar kiradi: rejali topshiriqlarni bajarish uchun zarur bo’lgan moliyaviy resurslar miqdori va ularning manbalari; xarajatlarni iqtisod qilish va daromad rezervlarini oshirishni aniqlash; markazlashgan va markazlashmagan fondlar o’rtasidagi taqsimlashlarni optimal yo’llarini qidirib topish va boshqalar.Bozor iqtisodiyoti moliyaviy rejalashtirishni rad etmaydi. Ammo, bozor munosabatlari rejali iqtisodiyotga qaraganda rejalashtirishni egiluvchan, ya’ni davr talabiga moslab o’zgartirib boradi. Boshqarishning mohiyatini shakllantiruvchi qator yondashuvlar bizga ma’lum bo’lib boshqarish tizimi elementlari sifatida rejalashtirish, operativ boshqarish va nazorat tizimlarini yuqorida ko’rib o’tdik. Masalan, P.Durker boshqarishning umumiy funksiyalari ketma ketligini: rejalashtirish, nazorat, tashkil qilish, kommunikatsiya, motivatsiya kabi elementlarini keltiradi. Moliyaviy rejalashtirish bir nechta uslublarga tayangan holda amalga oshiriladi. Shulardan asosiylari bo’lib quyidagilar hisoblanadi: 1. Ekstrapolyatsiya usuli; 2. Normativ usuli; 3. Matematik modellashtirish usuli. Ekstrapolyatsiya usulining mohiyati shundaki, o’tgan hisobot davrining moliyaviy natijalaridan xulosa chiqarib kelgusi hisobot yili uchun moliyaviy rejani tuzishni ko’zda tutadi. Moliyaviy ko’rsatkichlarning prognoz va rejali hisob kitoblari turli usullardan foydalanishga asoslanadi. Ekstrapolyatsiya usuli moliyaviy ko’rsatkichlar va ularning dinamik o’zgarishlariga asoslanadi. Moliyaviy ko’rsatkichlar hisobot yilidagi ko’rsatkichlar asosida amalga oshiriladi. Normativ usulda, belgilangan norma va normativlardan foydalanish ko’zda tutiladi. Masalan: byudjet muassasalarida 1-sinfda nechta bola o’qishi lozim, sanatoriyada qancha joy bo’lishi kerak va h.k.Matematik modellashtirish usulida real iqtisodi va ijtimoiy jarayonlarni takrorlovchi moliyaviy modellar tuzish orqali amalga oshiriladi.Moliyaviy resurslarni manbalarini ulardan foydalanish bilan muvofiqlashtirish asosidagi rejalashtirish jarayoni balans usuli hisoblanadi.Moliyaviy reja va unig turlari. Rejalashtirish miqdoriy va sifat tavsifidagi maqsadlarni ishlab chiqish va qabul qilish hamda ularga erishishning samarali yo’llarini aniqlash jarayonlarini o’zida aks ettiradi. «Maqsadlar daraxti» shaklida ishlab chiqilgan maqsadlar boshqarishning mazkur darajasida muhim hisoblangan ko’rsatkichlar tizimida hisob-kitoblar imkoniyati bo’yicha tavsiyalanadi. Rejalashtirish jarayonidagi boshqaruv qarorlari moliyaviy axborotlarni tahlil qilish natijalari asosida qabul qilinadi.Makro va mikro darajada moliyaviy rejalashtirishning zarurligini bir qancha sabablari mavjud bo’lib, bizning fikrimizcha, kelajakdagi faoliyat va natijalarning mavhumligi, rejaning yo’naltiruvchanlik rolini mavjudligi, iqtisodiy shart sharoitlarning optimallashtirilishi hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasidagi hozirgi iqtisodiy vaziyat davlat va korxonalar moliyasidagi rejalashtirish jarayonlarida ma’lum mukammalashuvlar amalga oshirilish zaruratini keltirib chiqaradi. Rejalashtirish jarayonida yuqorida keltirilgan har qaysi usullardan foydalaniladi. Masalan, budjetni rejalashtirish jarayonida bir vaqtning o’zida ekstrapolyatsiya usulidan ham foydalaniladi va shuningdek byudjet xarajatlari va daromadlarini rejalashtirishda ularning balansligi ta’minlanishi lozim. Shuning uchun xarajatlar va daromadlarning farqlarini qoplash maqsadida defitsitni moliyalashtirish manbalari ham rejalashtiriladi.Moliya tizimining barcha bo’g’inlari o’ziga xos moliyaviy rejaga egadir. Tijorat asosida faoliyat yurituvchi korxonalarda moliyaviy reja daromad va xarajatlar balansi shaklida shakllantiriladi. Moliyaviy reja korxonaning daromad va xarajatlarini bog’lovchi oldindan qo’yilgan moliyaviy maqsadlarga erishish usullarini tavsiflovchi hujjatdir. Moliyaviy rejalashtirish jarayonida korxonaning moliyaviy maqsadlari aniqlanadi, korxonaning joriy moliyaviy holatiga o’rnatilgan maqsadlarning muvofiq kelish darajasi o’rnatiladi, o’rnatilgan maqsadlarga erishishga yo’naltirilgan faoliyat ketma ketligi shakllantiriladi.Moliyaviy reja moliya tizimining barcha bo’g’inlariga xosdir. Chunonchi, davlat moliyasi darajasida davlatning asosiy daromadlari va xarajatlari balansi sifatida budjet loyihasi ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Xo’jalik sub’ektlari darajasida daromadlar va xarajatlar balansi shaklida moliyaviy reja tuziladi. Moliyaviy rejalashtirish asosida strategik va ishlab chiqarish rejalari yotadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling