Biznes boshqaruv asoslari
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Biznesni boshqarish asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rejalashtirish
14 -Mavzu: Moliyaviy menejment 1.Moliyaviy reja: moxiyati, vazifalari va boskichlari. 2.Moliyaviy rejalashtirishning turlari. 3.Korxona budjeti va sarmoyalarni budjetlashtirish. 4.Moliyaviy prognozlashtirish. 5.Moliyaviy rejalashtirish prinsiplari va usullari 6.Daromadlar va xarajatlar balansi. 7.Korxona biznes rejasining tarkibiy kismlari. Moliyani boshqarishni shakllantiruvchi tashkiliy - tuzilmaviy apparatga moliyaviy apparat deyiladi. Moliya tizimining barcha soha va bo’g’inlarida, maqsad qilingan natijaga erishish uchun moliyaviy boshqaruv subyektlaridan o’z yo’nalishlari bo’yicha samarali foydalaniladi. Biroq, ular uchun moliyaviy boshqaruvning umumiy uslub va qoidalari mavjuddir. Jumladan, moliyani boshqarishda bir nechta umumiy xususiyatga ega bo’lgan funksional elementlar mavjud: 1. Rejalashtirish; 2. Operativ boshqarish; 3. Nazorat. Moliyani boshqarish funksional elementlari ichida asosiy o’rinni rejalashtirish tashkil qiladi. Chunki aynan rejalashtirishda subyekt har tomonlama o’zining moliyaviy holatini baholay oladi, ya’ni moliyaviy resurslarning qanday holatdaligi, qanday ko’rsatkichlar moliyaviy resurslardan ustuvor ahamiyatga molik bo’lgan yo’nalishlarda foydalanilishi va h.k. Rejalashtirish – miqdoriy va sifat xarakteridagi maqsadni belgilashning ishlab chiqish va qabul qilish hamda unga erishishning eng samarali yo’lini aniqlash jarayonidir. Moliyaviy rejalashtirishning obyekti bo’lib xo’jalik subyektlari va davlatning moliyaviy faoliyati hisoblanadi. Har bir xo’jalik subyekti moliyaviy rejasini tuzadi, ya’ni bu alohida muassasaning smeta xarajatlaridan tortib to davlatning yig’ma moliya balansigacha qamrab oladigan muhim jarayondir.Har qanday moliya rejasida ma’lum bir davrga mo’ljallangan hamda moliya va kredit tizimi bilan bog’lik bo’lgan daromadlar va xarajatlar aniqlanadi. Umuman olganda moliya tizimining barcha soha va bo’g’inlarida, faoliyatidan kelib chiqib, moliyaviy rejalar tuziladi. Masalan: tijorat asosida faoliyat ko’rsatadigan xo’jalik subyektlari daromadlar va xarajatlar balansi, notijorat asosida faoliyat ko’rsatadigan muassasalar esa smeta xarajatlari ko’rinishida moliyaviy reja tuzadilar. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling