Biznes boshqaruv asoslari
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Biznesni boshqarish asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Investitsiyalash.
- Investitsiyalashni ijodiy ahamiyati.
Yakka investorlar - oʻz moliyaviy manfaatlari uchun shaxsiy mablagʻlarini tasarruf
etadilar. Yakka investor koʻpincha pensiyaga ketganda yoki uning oilasini moliyaviy barqarorligini taʻminlashda daromad manbai boʻlishligi uchun bush turgan pullari foyda keltirishidan manfaatdordir. Yakka investorlarni koʻpchiligi faqat shaxsiy qimmatli qogʻozlar portfelini nima bilan tuldirish yoki shaxsiy pensiya fondini qanday taʻminlashga izlanish bilan band boʻladilar. Katta summadagi pullarni qoʻyishi mumkin boʻlganlar investitsiya sohasida kasbiy tayyorgarlikka ega boʻlmaganliklari tufayli oʻz mablagʻlarini boshqarishni institutsional investorlarga, masalan, banklarni trast boʻlimlariga yoki investitsiyalar boʻyicha malakali maslaxatchilarga topshiradilar.Institutsional va yakka investorlar uchun asosiy ish tamoyillari yagonadir: toʻgʻri institutsional investorlar odatda pul egalari nomidan anchagina yirik summalar bilan ish qiladilar, shuning uchun ular yuqori malakaga ega boʻladilar va murakkab va nozik usullarni kullaydilar. Investitsiyalash. Maxsus tanlangan moliyaviy kurollarga pulni qiymatini koʻpaytirish yoki ijobiy daromad olish maqsadida joylashtirish jarayonini investitsiyalash deb ataladi. Ushbu faoliyat katta iqtisodiy ahamiyatga ega, u mantikiy ketma-ket xarajatlar sifatida bajarilishi mumkin, uni natijasi esa daromad olish hisoblanadi. Keyingi vaqtlarda bir qator yangiliklar kiritildiki, ular investitsiyalashni ragʻbatlantiradi va ushbu jarayonni anchagina maqbullantiradi. Investitsiyalashni ijodiy ahamiyati. Iqtisodiyotni amal qilishi va oʻsishi davlatni va kompaniyalarni shuningdek xususiy shaxslarni oʻsib borayotgan talablarini moliyalash uchun qanchalik pul mablagʻlarini yengil jalb qilishga bogʻliq. Masalan, agar ipoteka zayomlarini ishonch tarikasida boʻlmaganda edi, koʻpchilik uylarni sotib olish imkoniyatiga ega boʻlmasdilar, zayom mablagʻlarisiz uylarni kurilishida va kurilish ashʻyolari ishlab chiqarishda judayam kam ishchi band boʻlgan boʻlur edi. Shuning uchun, agar kuchmas mulkni kafolatsiz kreditlash xajmi kamaysa, pirovardida bu mamlakatda umumiy iqtisodiy faollikni pasayishiga olib kelgan Bular edi: bu tushunarli, chunki aynan pullarni maqbul tassarruf qila olishi mumkin boʻlganlarga ularni olish yengil boʻlsa, iqtisodiy oʻsishni zarur sharoitini taʻminlagan boʻlur edi. Hamon xususiy shaxslar pullarni yetkazib beruvchilar boʻlib hisoblanar ekan, davlat va kompaniyalar ularni sof xaridorlari hisoblanadilar, investitsiyalash jarayoni juda salmoqli natijalarga ega boʻldi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling