Biznes boshqaruv asoslari
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Biznesni boshqarish asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Investitsiyalashda xarajatlar ketma-ketligi.
- Investitsiyalashni dastlabki shartlari.
Investitsiya mukofoti. Investitsiyalarga daromad yoki foyda joriy daromad yoki qoʻyilgan
mablagʻlarni qiymatini oʻsishi sifatida olinishi mumkin. Masalan, bankni omonat hisobiga joylashtirilgan pullar muntazam hisoblanadigan foizlar shaklida joriy daromad beradi, shu bilan bir paytda boʻsh turgan yer uchastkasi sotib olishga qoʻyilgan pullar, uni sotib olish va sotish orasidagi utgan paytda uchastkani qiymatini oʻsimi koʻrinishida daromad keltiradi. Mablagʻlar muhtoj boʻlayotganlar kimda ular ortiqcha boʻlsa jalb qilishlari mumkin, daromad yoki foyda pul yetkazib beruvchilarni tavakkalini qoplashi lozim. Soddaroq qilib gapirganda investitsiyalash jarayoni bir tekis ketishi uchun pul yetkazib beruvchilar mukofot olishi lozim, pul xaridorlari esa ushbu mukofotni taʻminlashlari lozim. Mukofot miqyosi va shakli qimmatli qogʻozlar bilan bitishuvlarni xilma-xilligiga bogʻliq. Investitsiyalashda xarajatlar ketma-ketligi. Amalda investitsiyalashga xilma-xil yondashuvlardan foydalaniladi. Ulardan biri aniq maqsadlarga erishishga yunaltirilgan xarajatlarni chuqur rejalashtirishdan iborat. Boshqasi, qarama-karshi yondashuv boʻlib harakatlar tasodifidan iborat, unda qarorlar intuitsiya asosida qabul qilinadi. Tajribani koʻrsatishicha maqbul yondoshganda natijalar odatda yuqori boʻladi. Shuning uchun investor dastlab reja tuzishi, keyin umumiy moliyaviy maqsadlarga muvofiq investitsiya dastoʻrini bajarishi kerak. Unday dastoʻrni amalga oshirish natijasi tavakkallikni konikarli darajasida muljallangan daromadni beruvchi investitsiya portfelini shakllantirish lozim. Investitsiyalashda asosiy bosqichlarni qisqacha ifodalab kuramiz chunki u bizga kontseptsiyalarni, kurollarni va ushbu jarayonni alohida texnik usullarini koʻrib chiqishga yordam beradi. Investitsiyalashni dastlabki shartlari. Pulni qoʻyishdan oldin, siz oʻzingizni hayotiy extiyojlaringiz bir maromda taʻminlanganligiga ishonch xosil qilishingiz lozim. Pullar joriy extiyojlarni taʻminlash uchun qoʻyilishi kerak emas, investitsiyalarni maqsadi - joriy pul mablagʻlarini boʻlajak extiyojlarini kondirish uchun foydalanishdir. Undan tashqari, siz omonat hisobga naqd pullarga koʻzda tutilmagan holatlar paydo boʻlishini oldini olib uncha katta boʻlmagan pul summasini kuyasiz. Boshqa sharoit esa vafot etganda, kasal boʻlganda, mehnat kobiliyatini yukotganda, mulkiga ziyon yetkazilganda yukotishlardan muxofaza qilish boʻlib hisoblanadi. Bunday tavakkallikdan hayotni, salomatlikni, mulkni va majburiyatlarni sugoʻrtalash muxofaza qiladi. Undan tashqari, pensiyaga chiqqandan keyingi yetarli daromadni rejalashtirish ham investitsiya dastlabki shartlaridan biri hisoblanadi, chunki pulni bunday qoʻyishni natijasi investitsiyalash dastoʻrini kay darajada muvaffakiyatli tuzilganligiga bogʻliq. Oʻz oldiga aniq maqsadlar qoʻyishdan oldin yakka omonatchi pensiga chiqish paytiga eng kamida qanday natijaga erishishini xoxlashini belgilab olishi lozim. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling