6Mavzu: Biznesni tashkillashtirish
6.1 O’zbekiston iqtisodiyotida biznes o’rni va mohiyati
6.2 Biznes boshqarishning turlari
6.3 Biznesning tashkiliy tuzilmasi
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov asarlarida
va Respublika Oliy
majlisi sessiyalarida qabul qilingan qonunlarda O’zbekistonda kichik biznes va
tadbirkorlikni moliyaviy jihatdan qo’llab-quvvatlash,
ularga har tomonlama madad
berish, ularning samarali ishlashi va rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish,
ular yordamida mamlakat iste’mol bozorini yuqori sifatli tovarlar bilan to’ldirish
masalalariga alohida e’tibor berilgan. O’zbekiston Respublikasining «Tadbirkorlik
to’g’risida»gi qonunga asosan biznes va tadbirkorlikning
faoliyat sohalari, huquqlari,
majburiyatlari, ma’suliyatlari va manfaatlarini himoya
qilish davlat tomonidan
kafolatlangan. 1995yil 21dekabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisi sessiyasida
qabul qilingan «Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag’batlantirish
to’g’risida»gi qonunda kichik biznes bilan shug’ullanuvchi
ish bilarmonlarga yanada
ko’proq imtiyozlar berildi. Bu o’z navbatida kichik biznes bilan shug’ullanuvchi ish
bilarmonlarning ishchanligini yanada faollashtirishga, mamlaka
tyalpi milliy mahsuloti
hajmini
oshirishga,
inflyatsiya
jarayonlarini
syokinlashtirishga,
iqtisodiyotni
barqarorlashtirish va rivojlantirishga keng imkoniyat yaratdi.
Do'stlaringiz bilan baham: