Biznes boshqaruv asoslari


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/163
Sana10.07.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1659408
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   163
Bog'liq
portal.guldu.uz-Biznesni boshqarish asoslari

 
Yetakchilik 
Fazilat - bu ijobiy hislat, yaxshi sifat yoki xususiyat. Kishilarda fazilatlarning turlicha boʻlishi 
hamda har xil xulq-atvorlar insonning badanida aylanib yuradigan suyuq moddalarga koʻp 
jihatdan bogʻliq ekanligi tajribada kuzatilgan. Qadimgi tibbiyotning yirik namoyandasi 
Gippokratning inson badanida qon asosiy oʻrinni ishgʻol etsa, bunday odam harakatchan, yengil 
boʻladi, taassurotlarning almashinishiga tez koʻnikib keta qoladi, oʻz atrofida sodir boʻlayotgan 
voqealarga darhol va ishtiyoq bilan aralashadi, degan fikri bejiz emas.Mana shu xil kishilarni 
Gippokrat sangviniklar (xushchaqchaq kishilar) deb atagan. Bu lotincha “sangvinis”, yaʻni 
“qon” degan soʻzdan kelib chiqqan. 
Sangviniklar tuygʻu (joʻshqin) xususiyatlari bilan ajralib turadi. 
Ular: 
 yangi kishilar bilan tez til topishadigan
 bir ish turidan ikkinchi ish turiga tezda koʻnikadigan; 
 bir turda bajariladigan ishlarni yoqtirmaydigan; 
 yangi sharoitga osonlik bilan oʻrganadigan; 
 hushchaqchaq; 
 harakatlari shiddatli; 
 nutqi tez; 
 kelajakka ishonch bilan qaraydigan; 
 soʻzini aniq va maʻnoli qilib, imo-ishoralar bilan gapiradigan kishilardir. 
Sangviniklar ish jarayonida kechgan koʻngilsiz hodisalarni tezda unutadilar. Ular oʻz kuchi 
hamda qobiliyatlariga ortiqcha baho berish xususiyatiga ega boʻladilar. 
Rahbarlar sangviniklarning ishini salbiy baholashdan koʻra ularga nisbatan qattiqqoʻl va 
talabchan boʻlsalar, ijobiy natijaga erishishlari mumkin. 
Sangviniklar yuqori lavozimga intiladigan kishilar boʻladi. 


Agar kishida shilliq hukmron oʻrin tutsa, unday kishilar ogʻir, tepsa tebranmas, kayfiyatlari va 
intilishlari ancha barqaror, voqealar va hayot taassurotlariga loqayd qaraydigan boʻladilar. 
Bunday xil kishilar flegmatiklar deb atalgan. Qadimgi yunonlar shilliqni “flegma” deyishgan. 
Flegmatiklar: 
 taʻsirchanligi sust boʻladi; 
 bir turdagi ishdan ikkinchi turdagi ishga sekinlik bilan koʻchadilar; 
 faolliklari kam; 
 yangi sharoitga qiyinchilik bilan moslashadilar
 harakatlari va nutqlari sust; 
 koʻngilsiz hodisa yuz berganda osoyishtaliklarini buzmaydilar; 
 sabr-toqatli, chidamli boʻlib, soʻzlaganda xotirjam, oʻzga shaxslar bilan hayajonlanmay 
gaplashadilar. 
Flegmatiklar chidamliligi, matonati, oʻzini tuta bilishi bilan ajralib turadi. 
Gippokratning fikricha, agar kishida zaʻfaron safro ustun tursa, bunday kishi tezkor,
qatʻiy, harakatchan boʻladi. Bu toifa kishilarni Gippokrat xoleriklar (qoni qiziq kishilar) deb 
atagan. Qadimgi yunonlar safroni “xoley” deyishgan. 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling