Biznes boshqaruv asoslari
Mahsulotni rejalashtirish
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Biznesni boshqarish asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yaratish fikr (gʻoyasi).
Mahsulotni rejalashtirish
Yangi mahsulotni rejalashtirish qimmat va koʻp vaqt talab etuvchi jarayon. Kompaniya yangi mahsulot yaratishi uchun millionlab dollar va yillar sarflashi ajablanarli hol emas. Koʻplab odamlar mahsulot haqida fikr berishga, ugning qanday ishlab chiqarilishini va sotilishini aniqlashga, narxlarni tahlil qilishga va sotuvlarni bashorat qilishga jalb etiladi. Agar bu pul garovga qoʻyilgan boʻlsa , kompaniya isteʻmolchi istagiga javob beradigan mahsulot yaratish bilan yakunlanadigan jarayonga muhtojdir va u kompaniyaga bir necha yil foyda keltirishi kerak. Rejalashtirish jarayoni bir necha bosqichlarni oʻz ichiga oladi. Yaratish fikr (gʻoyasi). Yangi mahsulotni yaratish gʻoyasi ijodiy jarayondir. Gʻoyalar olimlar ishlaridan, sotuvchilar va ishchilar maslahatlaridan kompaniyalar oʻtkazadigan soʻrovllardan va yoʻnaltirilgan guruhlardan keladi. Koʻp fikrlar mavjud mahsulotlarni yaxshilash haqidadir. Fikrni tadqiq qilish.Kompaniyalar yangi maxsulotni yaratishhaqidagi koʻplab fikrlarniqoʻllab quvvatlaydi. .Keyin ular qaysi mahsulot eng yaxshi muvafaqiyat qozonishi mumkinligini aniqlash uchun bu fikrlarni baxolashadi. Bu yangi mahsulotga talabormi yoʻqmi ekanligini aniqlash uchun gʻoyalar koʻrib chiqiladi. Boshqa kompaniya-lar ham shunga oʻxshash maxsulotni taklif qilishadimi? Mahsulot maʻqul narxlarda ishlab chiqiladimi? Bu maxsulot qonuniy va xavfsizmi?Strategiyani yaratish.Agar maxsulot fikri natija beradigan boʻlib koʻrinsa, keyingi qadam toʻliq bozor strategiyasiniyaratishdir.Bunda maxsulot uchun moʻljallangan bozor diqqatli bilan oʻrganiladi.Bu yangi maxsulot uchun juda kuchli talab boʻlishi kerak. marketing miksi muqobili potentsial isteʻmolchilar bilan yaratiladi va tekshiriladi. Muqobillarning bahosi qay biri eng qimmat ekanini aniqlash uchun solishtiriladi. Mahsulotishlab chiqarish va moliyaviy rejalar. Keyin, kompaniya ishlab chiqarish jarayonini yaratadi va va qulayliklar, jihozlar, maxsulotni ishlab chiqarish uchun kerak boʻladigan odamlarni aniqlashtiradi. Mahsulot xarajatlari va marketing aniqlanadi va mahsulot muvaffaqiyat qozonishiga ishonch hosil qilingan moliyaviy reja tuziladi. Cheklangan ishlab chiqarish va sinov marketinggi. Agar yangi maxsulot gʻoyasi rejalashtirish orqali amalga oshirilgan boʻlsa,kompaniya cheklangan miqdorda mahsulot ishlab chiqaradi va uni bozorda kam miqdorda sinab koʻradi. Bu qadam kompaniyaga mahsulot toʻliq mahsulotga katta mablagʻ sarflashdan oldin rejalashtirilganday ishlab chiqarilishi va sotilishiga ishonch hosil qilish imkonini beradi. Keng koʻlamda mahslot ishlab chiqarish. Agar oldin qoʻyilgan har bir qadam muvaffaqiyat bilan yakunlansa, yangi mahsulot keng koʻlamda ishlab chiqariladi va sotiladi. Kompaniya moliyaviy loyihalar bajarilayotganiga ishonch hosil qilish uchun yana mahsulot ishlab chiqarilishi va sotilishi haqida maʻlumot yigʻishda davom etadi. Raqobatchilar ham kuzatib turiladi, chunki agar mahsulotingiz muvaffaqiyatli chiqsa, ehtimol ular ham raqobatlasha oladigan mahsulot chiqarar. Bir necha muvaffaqiyatsiz mahsulotlar tashlab yuborilishi lozim. Toʻliq tekshiruvdan oʻtgan mahsulotlar rejalashtirish protsedurasidan oʻtmagan yangi mahsulotga qaraganda muvafaqiyatliroq boʻlish ehtimoli koʻproq. Mahsulotning tarkibiy qismlari qaysilar?Xizmatlar Mahsulotlar kitoblar, qayiqlar, va gamburger kabi siz koʻra va tekshira oladigan moddiy narsalardir. Marketing mahsulotlar uchun ham xizmatlar uchun ham qoʻllaniladi, lekin xizmatlarni sotish qiyinroq. Xizmatlar ishlab chiqarilgann zahoti isteʻmol qilinadigan faoliyatdir. Xizmatlar nomoddiy, bu ularning fizik shakli boʻlmaydi degani. Xizmatlar nomoddiy boʻlgani sababli xizmatni tekshirish va uning sizning ehtiyojingizga javob beriayotgan yoki yoʻqligini aniqlash qiyinroq. Sotuvchilar xizmatni boʻlajak isteʻmolchilar tushunadigan qilib taʻriflash yoʻlini topishi kerak. Amarali xizmat bozori xuddi mahsulot bozori kabi bajarilgan. Ikki bosqichli bozor strategiyasidxizmatlar sotuvchilari oldin xizmatlar uchun bozorni moʻljallab oladi. Shundan keyin ular xaridorlarni jalb etuvchi marketing miksini yaratadi. Xizmatning oʻziga qoʻshimcha qilib marketing miks taqsimlash, narxlash, va izmatni reklamasini oʻz ichiga oladi. Xizmatlar tabiatini mahsulotlar tabiati bilan taqqoslash ularning sotilish usulini oʻzgartirishni talab etadi. Xizmat koʻrsatish koʻp maxsulotlardek keyingchalik istemol qilish uchun saqlab qoʻyilmaydi . Agarda kontsert zalida barcha oʻrindiqlar toʻlgan boʻlsa, boshqa birorta odam bu tamoshani eshitaolmaydi.Yana tasavvur qiling agar sartaroshning birorta mijozi boʻlmasa xizmat keraksiz boʻlib qoladi. Servis bu- koʻp bosqichlidir,buning maьnosi koʻrsatilayotgan xizmatning tur va sifati xar xil boʻladi. Chunki odatda odamlar servis kerak boʻlgandagina uni taʻminlaydi. Unda nazoratmaxsulotlardagiga qaraganda kam boʻladi. taʻminlovchining moxirligi,tayyorgarligi va motivatsiyasi servis sifatiga taьsir qiladi. Xizmat koʻrsatishlar ajralmasdir. Bu degani ular ishlab chiqarilishi bilan bir vaqtda isteʻmol qilinadi. Shaxs yoki texnologiya ishlab chiqargan xizmat xaridorlarga kerak vaqt va kerak joyda koʻrsatilishi kerak. Marketologlar xaridorlardan qachon va qaerda xizmatga ehtiyoj tugʻilishini oldindan aniqlab, oʻsha vaqt va oʻsha joyda xizmatni amalga oshirishi kerak.Xizmatlar oniydir, bu degani xizmat kerak vaqtda talabiga mos kelishi zarur. Qaysi maʻnoda xizmatlar mahsulolardan farq qiladi.? Baholash Asosiy tushunchalar: Eng toʻgʻri javobni aniqlang? 1. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling