Biznes boshqaruv asoslari
Maxsulotlar yaratish va ularni yaxshilash
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Biznesni boshqarish asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Marketing tadqiqotlarini rejalashtirish
Maxsulotlar yaratish va ularni yaxshilash.
Tadbirkorlar yangi maxsulotlarni qanday yaratadi? Koʻp xolatlarda kompaniyalar reklamalarda yangi deb tanishtirilgan maxsulotlar aslida yangi emas. Maxsulotga baьzi oʻzgartirishlar kiritsa bu katta yangilik boʻlishi mumkin. Maxsulotlardagi kichik oʻzgarishlar xam xaridorlarga foyda keltiradi. Tadbirkorlar xaridorlar eьtiborini tortish va ularni shu tovarni sotib olishga jalb qilish uchun ularni yangi maxsulot deb ataydilar. Xaridorlar oldin xech qachonkoʻrmagan butunlay yangi tovarlar kamdan kamtaqdim qilinadi.Umringiz davomida qanday maxsulotni yangi deya taqdim kilinganini eslay olasiz? Internet, avtomobillardagi favqulotda ximoya yostiqlari, chakana savdo markazlaridagi chek apparati va va sunʻiy yurak kabilar tanishtirilishidan oldin ularga oʻxshash uchramagan.Ular injenerlarning tadqiqotlari vaolimlarning muhim masalalariga javob topishga boʻlgan urinishlari maxsulidir. Bugun siz foydalanayotgan koʻplab maxsulotlar mavjud tovarlarga katta yoki kichik oʻzgarishlar kiritilgan xolatidir. angi musiqa saqlaydigan va eshittiradigan, rasm va videolar oladigan, yoki kompьyuter ilovalariga ega boʻlgan mobil telefon texnologiyalari oldingi rasmsiz telefonlar, mp3 pleyerlar va raqamli video kameralarning rivojlangan shaklidir. Shu va shu kabikoʻplab tovarlardagi yangiliklar yangi texnologiyalarni rivojlantirish yoki joriy maxsulotlarni qayta dizaynlashtirish tufayli sodir boʻladi. Olimlar va boshqa tadqiqotchilar maxsulotlarga tez-tez oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritadilar. Tovarlardagi koʻplab oʻzgarishlarga xaridorlar taklifi yoki shu machsulotlardan foydalanishdagi tajribasi sabab boʻladi. Xaridorlar talab va takliflarni obdon oʻrganib maxsulotlarga yechim topish marketing tadqiqotlari deyiladi. Marketing tadqiqotlarini rejalashtirish Tadqiqot jarayonlarining koʻp turlari marketing muammolarni yechish uchun qoʻllanilishi mumkin. 12-3 rasmda har bir tadqiqot qaysi ilmiy muammoga tegishli ekani koʻrsatilgan. Marketing tadqiqotlari bosqichlari 1. Marketingdagi muammoni aniqlash 2. Holatni oʻrganib chiqish 3. Maʻlumot yigʻish etish jarayonini yaratish 4. Axborotni yigʻish vatahlil qilish 5. Echimni taklif 12-3 rasm. Nima uchun muammoni aniqlash marketing tadqiqotlarida birinchi bosqichdir? Barcha marketing tadqiqotlar taʻlimoti axborot yigʻish va tahlil etishni oʻz ichiga oladi. Xaridorlar va raqobatchilar haqidagi koʻp maʻlumotlar biznesda yangi tadqiqotlar oʻtkazmasdan ham olinishi mumkin. Boshqa maqsadda yigʻilgan mavjud axborotni tahlil qilish va joriy muammoni hal qilishda foydalanish ikkilamchi tadqiqot deyiladi. Joriy muammoni toʻgʻridan toʻgʻri hal etish uchun maxsus yigʻilgan axborot birlamchi tadqiqot deb ataladi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling