Biznes boshqaruv asoslari


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/163
Sana10.07.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1659408
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   163
Bog'liq
portal.guldu.uz-Biznesni boshqarish asoslari

Xarid motivlari 
Nega siz aniq bir doʻkondan xarid qilasiz yoki nega biror brenddagi mahsulotni 
ikkinchisidan ustun qoʻyasiz? Isteʻmolchilarning qaysi mahsulot yoki xizmatlarni sotib olishdagi 
qarorlari sabablari xarid motivlari deb nomlanadi. Isteʻmolchilarning motivlarini tushunish 
bizneslarga marketing-miksni rejalashtirishda yordam beradi. Baʻzi xaridlar hissiyotlar orqali 
boshqariladi. Hissiy xarid motivlari hissiyotlar, eʻtiqodlar va munosabatlarga asoslangan xarid 
sabablaridir. Agar siz oʻz oilangiz va mol-mulkingizni himoya qilish haqida qaygʻurayotgan 
boʻlsangiz, siz uy xavfsizligi tizimini sotib olishingiz mumkin. Sovgʻalar, va bayram va muhim 
sanalar uchun tabriknomalar xaridi muhabbat va yaqinlik hislari orqali kelib chiqadi.
Oqilona 
xarid motivlari dalil va mantiq orqali boshqariladi. Siz eng arzon mashinani xohlashingiz mumkin, 
shunday ekan siz turli modellarning yoqilgʻi ishlatilishi va taʻmirlash xarajatlarini eʻtiborga 
olishingiz kerak. Borishingiz uchun kollej tanlayotganda, siz taʻlim xarajatlari va oʻqishni 
rejalashtirayotgan mutahassisligingiz boʻyicha kollejning obroʻ-eʻtiborini solishtirasiz.
Isteʻmolchi qaror qabul qilish jaryoni bosqichlari qaysilar? 
Baholash
Asosiy tushunchalar 
Eng yaxshi javobni toping 
1. 
Marketingga eng yaxshi tarif bu : 
a. 
Reklama va sotuv 
b. 
Mahsulotlar ishlab chiqarish va xizmatlarni isteʻmolchilarga taqsimlash 
c. 
Isteʻmolchilarni topish va sizning mahsulotingizni olishga koʻndirish 
d. 
Yuqoridagilarning hech biri toʻgʻri emas. 
2. 
Marketing strategiyasidagi ikkita bosqich: 


a. 
Mahsulotni ishlab chiqarish va uni isteʻmolchilarga reklama qilish. 
b. 
Moʻljallangan bozorni aniqlash va marketing miksni rivojlantirish 
c. 
Marketing tadqiqotlarni oʻtkazish va mahsulot ishlab chiqarishni rejalashtirish 
d. 
Mahsulotlarni narxlash va uni isteʻmolchilarga taqsimlash 
3. 
Quyidagilardan qaysi biri toʻgʻri xarid motividir? 
a. 
Sevgi 
b. 
Qoʻrquv 
c. 
Iqtisod 
d. 
Oʻz tasviri

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling