Biznes boshqaruv asoslari
Taqsimot Kanaliga Ehtiyoj
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Biznesni boshqarish asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Miqdordagi farqlar
- Vaktdagi farqlar Biznes
Taqsimot Kanaliga Ehtiyoj
Oldingi iqtisodiy almashuvlarda odamlar mahsulot vaxizmatlarni barter qilishgan. agar ikk odam bir biriga kerak boʻlgan narsaga ega boʻlsa, har bir mahsulot qancha miqdorda almashilishi kerakligiga kelishishgan va savdo qilingan. Masalan, bir idish olma 1 yard matoga almashtirilgan boʻlishi mumkin. Taqsimot jarayoni shunga koʻra oddiy boʻlgan. Murakkab iqtisodiyotda almashuvlar ishlab chiqaruvchi va xaridor oʻrtasida mavjud turli farqlarga koʻra ancha murakkabdir. Miqdordagi farqlar. Bizneslar koʻp xaridorlar uchun har bir mahsulotni katta miqdorda ishlab chiqaradi va sotadi. Har bir xaridorga ayni paytda juda kam miqdordag mahsulot kerak boʻladi. Assortimentdagi farqlar. Bizneslar bir turdagi maxsus mahsulotni ishlab chiqaradi, xaridorlar esa turli mahsulotlar olishni istaydi. Joylardaga farqlar Bugungi kun global iqtisodiyotida ishlab chiqaruvchi va xaridorlarni koʻpincha minglab mil masofalar ajratib turadi. Bizneslar oʻz mahulotini turli dmamalakatlarga taqsimlashni hohlashlari mumkin.246 bet oxiri Vaktdagi farqlar Biznes bir vaqtning oʻzida katta miqdorda maxsulotlarni ishlab chiqarish bilan samaradorlikkaerishadi. Baʻzi bir qishloq xoʻjaligi maxsulotlari yilning maʻlum bir vaqtidagina ishlab chiqarilishi mumkin. Isteʻmolchilar ularni maxsulotlar ishlab chiqarilgan vaqtda emas boshqa vaqt da sotib olishni istashlari mumkin. Tarqatish kanallari bu farqlarni toʻgʻirlab turish uchun yaratiladi. Samarali tarqatish kanallari ishlab chiqarilgan mahsulotni katta xajmda oladi va xaridorlarga kerak miqdorga boʻlib chiqadi. Kanal mijozlarga qulay joylarda maxsulotlarni taklif qilish uchun ishlab chiqaruvchilarda juda koʻp maxsulot toʻplaydi.Ular ishlab chiqarilgan joydan maxsulotlarni sotish mumkin boʻlgan joyga samarali eltadi. Tarqatish kanallari maxsulotni xaridorlar sotib olishni xoxlagan vaqtgacha saqlaydi.Kanallar va kanal aʻzolari Tarqatish kanallarida qatnashuvchi bizneslar kanal aʻzolari sifatida maʻlum. Barcha marketing funktsiyalar va faoliyatlar kanal aʻzolari yoki xaridorlar orqali amalga oshiriladi. Bizneslar tarqatish kanallariga kanal aʻzolari ham yoki xaridorlar ham marketing faoliyatni amalga oshirishni istamaganida yoki biznes bu ishni ulardan yaxshiroq yoki arzon narxlarda amalga oshira olganda qoʻshiladi. Kanallar ham bevosita ham bilvosita boʻlishi mumkin. Bevosita tarqatish kanalida mahsulot ishlab chiqaruvchidan toʻgʻridan toʻgʻri isteʻmolchiga boradi va hech qanday tashkilot bunga aralashmaydi. Bilvositatarqatish kanali oʻz ichiga ishlab chiqaruvchi va isteʻmolchi orasidagi bir yoki bir necha bizneslarni oladi. Bu boshqa bizneslar bir yoki bir necha marketing funktsiyalarni bajaradi. Bilvosita tarqatish kanali ulgurji savdoni oʻz ichiga olishi mumkin. ulgurji savdogarlar ishlab chiqaruvchi va chakana savdogarlar oʻrtasida turadi. Ular ishlab chiqaruvchilarning katta mahsulotlarini kichik partiyalarga boʻlib, ularni qayta qadoqlab, chakana savdogarlar va boshqa maishiy sotuvchilarga qayta tarqatadi. Nufuzli nom yoki mahsulotga egalik qilayotgan ulgurji savdogarlar merkant ulgurji savdogarlar deb ataladi. ulgurji savdogarlarning Nufuzga (nom) ega boʻlmagan boshqa turi agentlar yoki brokerlar deb ataladi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling