Biznes boshqaruv asoslari
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Biznesni boshqarish asoslari
Kompyuter tarmoqlari.
Biznes va maktablarda asosan kompyuter setlar orqali aloqa qilinadi. Internet dunyodagi eng yirik va mashhur kompyuter tarmog’i hisoblanadi. Internetdan asosan 2ta maqsadda foydalaniladi: pochta orqali ma’lumot almashish va WWWga kirish.Butun jahon o’rgimchak to’ri web deyiladi. Bu odamlarga xohlagan mavzuda ma’lumot olishga yordam beradi. Web matn, rasm, giperaloqa, grafika, animatsiya, video va audiolardan foydalanadi. U cheksiz ma’lumotlar omboridir.Global internet tarmog’i ma’lumot almashish, electron savdo qilish va millionlab odamlarni bir-biri bilan aloqa qilishini ta’minlab beradi. WWW shuningdek, biznes bitimlar tuzishda muhim asos sanaladi. Ba’zan intranet deb ataladigan mahalliy kompyuter tarmog`i tashkilotning xususiy kompyuter tarmog’idir. U ham internetnikidek aloqa standartlariga asoslanadi. Intranet internetning kichikroq versiyasi bo’lib, undan ishchi-xodimlar foydalanadi. Intranetning websayti oddiy websaytga o’xshaydi, lekin u xususiy va faqat ro’yxatdan o’tgan foydalanuvchilar kirishi mumkin. Internetdek intranet ham ma’lumotlar almashishda foydalaniladi. Intranet kompaniyalar uchun pul va vaqtni tejash uchun samarali vosita sanaladi. U tashkilotga yetarli foyda keltirishi mumkin. Menejment information tizimlari. Biznesda qaror qabul qilish uchun menejerlarga ma’lumotlar zarur. Menejment informatsion tizimlari tashkilotda informatsiyalar almashinuvini tartibga soladi. Kompyuter tizimlari va dasturiy ta’minotlar menejment informatsion tizimlarining asosiy qismlari hisoblanadi. Kompaniya keyingi uch oy ichidagi bo’lim budjetining daromad va xarajatlar haqidagi ma’lumotlarga muhtoj bo’lishi mumkin. Budjetdagi oldingi va kelajakdagi information ma’lumotlar keyingisini belgilashda yordam berish mumkin. Budjetlar kelajak uchun qarorlar qabul qilish va rejalar ishlab chiqishda samaralidir. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling