Biznes boshqaruv asoslari
Xalqlar o’rtasidagi savdo-sotiq
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Biznesni boshqarish asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Absolut ustunlik
- Nisbatan ustunlik
Xalqlar o’rtasidagi savdo-sotiq
Ko’plab biznes faoliyatlari o’zining mamlakat chegaralari ichida amalga oshiriladi. Mamlakat ichidagi biznes o’sha hududdagi mahsulotlar ishlab chiqarish, sotish va sotib olish hamda xizmatlardir. Xalqaro biznes milliy chegaralardan tashqaridagi savdo-sotiq va xizmatlarni anglatadi. Xalqaro biznes ko’pincha tashqi yoki jahon bozori atamalari bilan yuritiladi.Tashqi savdo misollarni har joydan toppish mumkin. AQSHda ko’plab tabiiy resurslar, mahoratli ishchi kuchi, zamonaviy ishlab chiqarish imkoniyatlari bor bo’lishiga qaramasdan, Amerika kompaniya va iste’molchilari ko’p narsalarga ega bo’lish maqsadida AQSH chegaralaridan tashqarida harakatlanishmoqda. AQSH 180 dan ortiq mamlakatlar bilan hamkorlik aloqalarini olib bormoqda. Avvallari iqtisodiyot milliy chegaralar doirasida nazarda tutilgan.Hozirda xalqaro savdo hajmi oshib borayotganligi sababli, bu chegaralarni endilikda iqtisodiyotdan himoyalashning umuman iloji yo’q.Mamlakatlar bir-biriga bog’liq bo’lgani kabi ularning iqtisodiyoti ham shunday. Iste’molchilar dunyo bo’ylab mahsulot va xizmatlardan foydalanishga o’rganishgan. Absolut ustunlik Turli mamlakatlarda ko’plab kompaniyalar o’rtasida ikkita – sotish va sotib olish iqtisodiy prinsipi tushuniladi. Qachonki mamlakat boshqa davlatlarga qaraganda kamroq narxlarda mahsulot ishlab chiqarsa yoki xizmat ko’rsata olsa, absolut ustunlik mavjud bo’lgan hisoblanadi.Bu mamlakatdagi tabiiy boyliklar yoki xomashyolarning ko’pligi natijasida yuzaga kelishi mumkin. Masalan, ba’zi janubiy Amerika mamlakatlarida kofe yetishtirishda va arab mamlakatlarida yoqilg’I ishlab chiqarishda absolut ustunlik mavjud. Nisbatan ustunlik Biror mamlakatda nisabatan ustunlik boshqa bir hududga nisbatan bo’lishi mumkin.Agar shunday bo’lsa, u o’z iqtisodiy boyligini qanday maksimallashtirishi bo’yicha qaror qabul qilishi shart.Mamlakatni boshqalariga qaraganda ham computer ham kiyim-kechaklar ishlab chiqarishga imkoniyati yaxshiroq bo’lishi mumkin.Komputerlar uchun jahon bozori kiyim-kechaklarnikiga qaraganda kuchliroq bo’lishi mumkin. Bu shuni anglatadiki, mamlakat uchun komputerlar ishlab chiqargan yaxshiroq, ammo kiyim-kechaklarni boshqa mamlakatlardan sotib olishga to’g’ri kelgan bo’lar edi. Nisbiy ustunlik biror-bir ko’proq samaraliroq bo’lgan xizmat yoki mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan istalgan mamlakatdagi vaziyat hisoblanadi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling