Biznes boshqaruv asoslari
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Biznesni boshqarish asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Defylatsiya
- Foiz stavkasi
Inflyatsiyani o`lchash
Inflyatsiya tez-tez o`zgarib turadi.1950-yillar oxiri va 1960-yillarboshi oralig`ida xorijda inflyatsiyaning ko`rsatkichi yiliga 1-3%ni tashkil etgan. 1970-1980 yillar oralig`ida aholining o`rtacha turmush tarzi 10-12%ga yillik ko`rsatkichda oshdi.O`rtacha inflyatsiya (yiliga 2-3% miqdoridagi) iqtisodiy o`sish sababchisi bo`lishi mumkin. O`rta inflyatsiya vaqtida ish-haqqi maxsulot yoki xizmat narxiga qaraganda sekinroq oshadi. Maxsulot savdosidagi narxlarni ishchi kuchini narxi bilan bog`liq holda baland bo`ladi. Ishlab chiqaruvchilar foydaning oshishi hisobiga, ko`proq maxsulot ishlab chiqarishadi va ko`proq ishchilarni yollay boshlashadi. Yangi yollangan ishchilar sarfni oshiradi va iqtisodiyotdagi umumiy extiyoj oshadi. Xorijda, inflyatsiyaning eng ko`p uchraydigan o`lchov birligi sifatida Yashash Narxi Ko`rsatkichi (YNK) deb ataladi. Yashash narxi bu o`lchov miqdori bo`lib, u mazkur yildagi yashash narxini undan oldingi yildagi yashash narxi solishtirish natijasida aniqlanadi. Yashash narxi ko`rsatkichining turli xil ko`rinishlari mavjud. Inflyatsiya ko`rsatkichi aldamchi bo`lishi mumkin, chunki yashash narxi ko`rsatkichi tanlangan guruhlarga asoslangan bo`ladi. Ko`pchilik insonlar ko`rsatkich hisob-kitobidan foydalangan holda tahmin qilishgan narsalarni sotib olisholmaymiz degan noto`g`ri fikrda bo`lishadi. Muxtojlar(oziq-ovqat, gaz, sog`liq maxsulotlari) narxlari muhim bo`lmagan maxsulotlarga nisbatan tez oshishi mumkin.Yuqorida keltirilgan inflyatsiya natijalari haridorlar tomonidan yashash narxining oshish hisoblaridan pastroqdir. Defylatsiya Inflyatsiyaga teskari tushuncha deflyatsiyadir. Deflyatsiya umumiy narx bosqichlarining pasayishidir. Bu holat odatda pasayish va dipressiya vaqt oralig`ida namoyon bo`ladi. Maxsulot narxlari patsroq, lekin insonlarda esa ularni sotib olish uchun yetarlicha pul yo`q. Muhim deflyatsiya 1930 yillardagi buyuk dipressiya davomida xorijda kuzatilgan. Misol uchun, 1929 – 1933 yillar oralig`ida narxlar tahminan 25%ga pasaydi. Deflyatsiya maxsus tovarlar sotuvida namoyon bo`lishi mumkin. So`ngi yillarda, kompyuter va boshqa electron qurilmalarning narxi rivojlangan texnologiyalarga nisbatan sezirarli pasaydi. Foiz stavkasi Oddiy qilib aytganda, foiz stavkasi pulning narxini ifodalaydi. Huddi boshqa narsalar kabi pulning ham narxi mavjuddir. Biznes faoliyatida foiz stavkasining ahamiyati juda katta. Qarz olgan kompaniya va mamlakatlar foiz stavkasi tomonidan zarar ko`rishi mumkin. Kattaroq foiz stavkalari katta biznes narxlarini anglatadi. Haridor sifatida sizga ham foiz stavkasi ta’sir ko`rsatadi. Siz investor yoki jamg`armachi sifatida oladigan foiz miqdori (foyda) joriy foiz stavkalarida o`z aksini topadi. Shunigdek haridorlar ham qarz olishadi. Past kredit ko`rsatkichli insonlar yuqori ko`rsatkichlilarga nisbatan yuqori kredit foizlarini to`lashadi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling