Biznes boshqaruv asoslari
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Biznesni boshqarish asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rivojlanish
Biznes faoliyatli sikli.
Iqtisodiy va biznes faoliyati sikl bo`yicha harakatlanishga intiladi. Barcha millatlar tajribasida sinalganidek iqtisodiyotda yaxshi va yomon davrlar bo`lib turadi.Baxtimizga vaqt o`tishi bilan, yomon iqlim yo`qolib , yaxshi iqlim qaytadi. O’tmishga iqtisodiy o`zgarishlarga e’tibor beradigan bo`lsak, yaxshi kunlardan keyin yomon kunlar va undan keyin yaxshi kunlar o`zgarishini ko`ramiz. Ushbu iqtisodiyotning bir iqlimdan boshqa iqlimga o`zgarish tezligini biznes faoliyati sikli deb ataladi. Biznes faoliyati sikli bu YIM ning o`sish va kamayishlarning takrorlanishidir. Biznis faoliyati sikllarining 4 asosiy iboralari bor: rivojlanish, pasayish, depressiya va qayta tiklanish. Rivojlanish Biznes faoliyati siklining eng yuqori nuqtalaridagi faoliyatni rivojlanish deyiladi. Rivojlanish bu vaqt oralig`i bo`lib, bu oraliqda kimki ishlashni xoxlasa ishlaydi, biznes esa maxsulotlarni va xizmatlarni record darajada ishlab chiqarilayotgan, ish haqqi esa yaxshi, va YIM ning o`sishi esa tezlashgan bo`ladi. Maxsulot va xizmatlarga bo`lgan talab oshgan. Bu vaqt oralig`ida odatda biznes faoliyati yuqori nuqtalarni egallayotgan bo`ladi. Rivojlanish ham doim davom etmaydi. Iqtisodiyot sekin soviy boshlaydi va faoliyat sekinlashadi. Pasayish Iqtisodiyotning sekinlashayotgan, biznes faoliyatining bu fazasi pasayish bo`limi deb ataladi. Pasayish bu vaqt oralig`i bo`lib, bu oraliqda extiyojlar kamayadi, ishsizlik oshib boradi, YIM ning o`sishi esa kalendar yilining 2 va undan ortiq kvartallarida sekinlashadi. Bu bosqich juda ham muhim emas yoki uzoq vaqt davom etmaydi, lekin bu bog`langan biznesdagi ishchilar uchun qiyinchilik belgisidir. Misol uchun agar insonlar kamroq mashina sotib olishadigan bo`lsa, battariya, balon va boshqa qismlarni ishlab chiqaruvchi ishchilar ishdan ketishadi. Bu holat biznes faoliyatida to`lqin effekti deyiladi. Vaqt o`tishi bilan, ishlab chiqarish iqtisodiyotning barcha sohalarida kuchsizlanadi, keyin chorakgacha umumiy mahsulot ishlab chiqarish pasayadi. Ba’zi pasayishlar uzoq vaqt davom etadi chunki ishlab chiqarishning kam jihatlari foydalanilganligi va umumiy extiyojlar kamayganligi sababli. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling