Biznes boshqaruv asoslari


Xalqlar o’rtasidagi savdo-sotiq


Download 0.76 Mb.
bet23/163
Sana18.11.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1784024
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   163
Bog'liq
Biznes boshqaruv asoslari-fayllar.org (1)

Xalqlar o’rtasidagi savdo-sotiq 
Ko’plab biznes faoliyatlari o’zining mamlakat chegaralari ichida amalga oshiriladi. Mamlakat
ichidagi biznes o’sha hududdagi mahsulotlar ishlab chiqarish, sotish va sotib olish hamda
xizmatlardir. Xalqaro biznes milliy chegaralardan tashqaridagi savdo-sotiq va xizmatlarni
anglatadi. Xalqaro biznes ko’pincha tashqi yoki jahon bozori atamalari bilan yuritiladi.Tashqi
savdo misollarni har joydan toppish mumkin. AQSHda ko’plab tabiiy resurslar, mahoratli ishchi
kuchi, zamonaviy ishlab chiqarish imkoniyatlari bor bo’lishiga qaramasdan, Amerika kompaniya
va iste’molchilari ko’p narsalarga ega bo’lish maqsadida AQSH chegaralaridan tashqarida
harakatlanishmoqda. AQSH 180 dan ortiq mamlakatlar bilan hamkorlik aloqalarini olib
bormoqda. Avvallari iqtisodiyot milliy chegaralar doirasida nazarda tutilgan.Hozirda xalqaro
savdo hajmi oshib borayotganligi sababli, bu chegaralarni endilikda iqtisodiyotdan
himoyalashning umuman iloji yo’q.Mamlakatlar bir-biriga bog’liq bo’lgani kabi ularning
iqtisodiyoti ham shunday. Iste’molchilar dunyo bo’ylab mahsulot va xizmatlardan foydalanishga
o’rganishgan.
Absolut ustunlik 
Turli mamlakatlarda ko’plab kompaniyalar o’rtasida ikkita – sotish va sotib olish iqtisodiy prinsipi
tushuniladi. Qachonki mamlakat boshqa davlatlarga qaraganda kamroq narxlarda mahsulot ishlab
chiqarsa yoki xizmat ko’rsata olsa, absolut ustunlik mavjud bo’lgan hisoblanadi.Bu mamlakatdagi
tabiiy boyliklar yoki xomashyolarning ko’pligi natijasida yuzaga kelishi mumkin. Masalan, ba’zi
janubiy Amerika mamlakatlarida kofe yetishtirishda va arab mamlakatlarida yoqilg’I ishlab
chiqarishda absolut ustunlik mavjud.
Nisbatan ustunlik 
Biror mamlakatda nisabatan ustunlik boshqa bir hududga nisbatan bo’lishi mumkin.Agar shunday
bo’lsa, u o’z iqtisodiy boyligini qanday maksimallashtirishi bo’yicha qaror qabul qilishi
shart.Mamlakatni boshqalariga qaraganda ham computer ham kiyim-kechaklar ishlab chiqarishga
imkoniyati yaxshiroq bo’lishi mumkin.Komputerlar uchun jahon bozori kiyim-kechaklarnikiga
qaraganda kuchliroq bo’lishi mumkin. Bu shuni anglatadiki, mamlakat uchun komputerlar ishlab
chiqargan yaxshiroq, ammo kiyim-kechaklarni boshqa mamlakatlardan sotib olishga to’g’ri
kelgan bo’lar edi. Nisbiy ustunlik biror-bir ko’proq samaraliroq bo’lgan xizmat yoki mahsulot
ishlab chiqarishga ixtisoslashgan istalgan mamlakatdagi vaziyat hisoblanadi.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling