Biznes boshqaruv asoslari


Download 0.76 Mb.
bet44/163
Sana18.11.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1784024
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   163
Bog'liq
Biznes boshqaruv asoslari-fayllar.org (1)

Uzluksiz maqsadlar deganda har kuni qabul qilinadigan va amalga oshiriladigan odatiy
maqsadlar tushuniladi. Masalan, mehnat unumdorligini o‘stirish, intizomni mustahkamlash,
mahsulot tannarxini pasaytirish, mahsulot sifatini oshirish kabilar muntazam, kunda talab
qilinadigan maqsadlardir. Fursatli maqsadlar deganda biror bir muammoni hal etish zaruriyati
tug‘ilgan hollarda paydo bo‘ladigan maqsadlar tushuniladi. Masalan, korxonani qayta uskunalash,
jihozlarni yangilash, ishlab chiqarishning ixtisoslashuvini o‘zgartirish goho ishlab chiqarishning
iqtisodiy zaruriyatiga qarab paydo bo‘ladi. Boshqarish jarayonida bir martalik maqsadlarga ham
zaruriyat tug‘ilishi mumkin. Bunday maqsadlar, odatda, korxona uchun kutilmagan, favqulodda
vujudga kelgan muammoni echish uchun o‘rtaga qo‘yiladi. Bu maqsad, masalan, tabiiy ofat yuz
bergan holda shu ofatni bartaraf qilish uchun zaruriy mablag‘ni ajratish ko‘rinishida bo‘lishi
mumkin. Boshqarishga maqsadli yondoshuv namoyondalari barcha maqsadlarni quyidagi to‘rtta
guruhga bo‘lishadi:

• oddiy qotib qolgan an’anaviy maqsadlar;


• muammoli maqsadlar;
innovatsion maqsadlar;
• xodimlar malakasini, mahoratini oshirish bo‘yicha maqsadlar;
Birinchi guruhdagi maqsadlar har kun qabul qilinadigan va amalga oshiriladigan odatiy
maqsadlar bo‘lib, ularning bajarilishini ta’minlash tegishli bo‘g‘indagi rahbarning bevosita
burchiga kiradi. Masalan, marketing bo‘limining boshlig‘i oldida quyidagi maqsad qo‘yilgan
bo‘lishi mumkin: “Oyning oxirigacha joriy yilning so‘nggi kvartalida sotilgan tovarlarning
tahlilini qilish va tegishli xulosalar yasash”. Bu an’anaviy maqsaddir.
Ikkinchi guruhdagi maqsadlar odatiy maqsadlardan farq qiladi. Bu maqsadlar korxonaga
va ayrim xodimga qiyinchiliklar tug‘diradi. Masalan, mahsulotga bo‘lgan talabning to‘satdan
keskin pasayishi va sotish hajmining kamayishi, tabiiy ravishda korxonaning oladigan foydasiga
salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shunday bir sharoitda korxona rahbari oldida vaziyatni o‘zgartirish, sotish
hajmini, aytaylik, ikki oy ichida keskin ko‘paytirishdek murakkab masala turadi. Bu maqsad
muammoli maqsaddir. Chunki sotish hajmini qisqa muddat (2 oy) ichida keskin ko‘paytirish:
mahsulotga bo‘lgan talabning keskin pasayshi sabablarini aniqlashni;
• ko‘p omilli korrelyatsion - regression tahlilni amalga oshirishni;
• eng maqbul qarorlar qabul qilishni taqoza etadi. Bunga bosh qotirish, aqlni ishlatish 
kerak bo‘ladi.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling