Biznes boshqaruv asoslari
Download 0.76 Mb.
|
Biznes boshqaruv asoslari-fayllar.org (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foyda
- Qoʻshimcha narx.
- Pasaytirilgan narx
- Qoʻshimcha narx Tannarxga qoʻshimcha narx Mahsulot narxi +foiz qoʻshimcha narx =tannarxga qoʻshimcha narx Sotuv narxiga qoʻshimcha narx
Maxsulot narxi – ishlab chikarishga ketgan yoki boshqa bizneslar tomonidan mahsulotga
toʻlangan narx. Faoliyat xarajatlari – mahsulot ishlab chiqarish bilan bogʻliq boʻlgan barcha xarajatlar. U oʻz ichiga – oylik-maosh, mahsulotni saqlovchi va koʻrsatuvchi qurilmalar, kommunal xizmatlar, soliqlar va boshqalarni oladi. Foyda – barcha soliq va xarajatlardan toʻlab boʻlingandan keyin qolgan pul. Yalpi foyda – narxni belgilashda juda muhim faktor. Yalpi foyda bu sotuv narxi va maxsulot narxi orasidagi farq. U qoʻlingizdagi ishlab chiqarishga toʻlanadigan va foydani taʻminlaydigan pul mikdorini koʻrsatadi. Qoʻshimcha narx. Yalpi foyda bilan bogʻliq narxlash tushunchasi–qoʻshimcha narxdir. Qoʻshimcha narx sotish uchun mahsulot tannarxiga qoʻshiladigan miqdordir.Qoʻshimcha narx kutilayotgan yalpi foydaga teng. Qoʻshimcha narx mahsulot tannarxi yoki mahsulot sotuv narxi foizida belgilanadi. Agar mahsulot 15$ tursa va uning qoʻshimcha narxi 100% boʻlsa, qoʻshimcha narx 15$ va mahsulot narxi 30$ boʻladi. Oʻsha 30$li mahsulot sotuv narxida 50 %qoʻshimcha narxga ega boʻladi. Tannarx qoʻshimcha narxi va sotuv qoʻshimcha narxini hisoblash 10gʻ5 rasmdagi formulada koʻrsatilgan. Pasaytirilgan narx. Bizneschilar har doim ham mahsulotni oʻz belgilagan original narxlarda sota olmaydi. Agar mahsulotga talab loyihadagidek baland boʻlmasa, agar sotuv mavsumi tugab qolsa,yoki agar mahsulot koʻpayib ketsa, bizneschilar narxlarni pasaytirishiga toʻgʻri keladi. Pasaytirilgan narx original narxning kamaytirilishidir. Qoʻshimcha narx formulalari Qoʻshimcha narx Tannarxga qoʻshimcha narx Mahsulot narxi +foiz qoʻshimcha narx =tannarxga qoʻshimcha narx Sotuv narxiga qoʻshimcha narx Yalpi daromad+sotuv narxi = sotuv narxiga qoʻshimcha foiz qoʻshimcha narxi 10 – 5 rasm Qoʻshimcha narx va kutilgan yalpi daromad orasida qanday bogʻliqlik bor? Narxlar tushishi narxlardagi xato deb tushunilishi kerak, chunki u biznesning ishlab chiqarishga ketgan pulni qoplaydigan va foyda olishidan keladigan pulni kamaytiradi. Ammo asl sotuv narxlari mahsulot yangi boʻlganligi va talab katta boʻlgani uchun yuqori belgilangan boʻlishi mumkin.Kichik narx pasayishlar sotilayotgan mahsulotning qolgan koʻp qismiga haliyam foyda keltirishiga olib keladi. Qolgan mahsulot mahsulot tannarxi va xarajatlarga toʻlash uchun juda past narxlarda sotilishi mumkin. Mahsulot sotuv narxini hisoblash formulasi qanday. 2 maqsad Tarqatish kanallari. 1. Taqsimlashning bevsita va bilvosita kanallarini farqlang. Hindiston yoki Yangi Zelandiyada chiqarilgan qandaydir shaxsiy maxsulotlaringiz bormi? Agar shunday boʻlsa, u sizning magaziningizga bir necha mamlakatlardan oʻtib yetib kelguncha boʻlgan jarayon ehtimol murakkab va uzoq vaqt oluvchi jarayondir. Aksincha , siz fermaning maxsulotini xarid qilganmisiz? u yerda mahalliy ishlab chiqaruvchilar mevalar, sabzavotlar va boshqa uyda yetishtiradigan maxsulotlarnisotadi. Maxsulotlar yaqin masofaga olib boriladi va oʻsha kunning oʻzida ertalab yigʻib olingan boʻlishi mumkin. Ikkala holat ham taqsimot jarayonini tasvirlaydi. Taqsimlash isteʻmolchi mahsulot yoki xizmatni topishi, olishi va foydalanishi uchun qoʻllaniladigan eng yaxshi usullar va jarayonlarni aniqlashtirishni oʻz ichiga oladi. Taqsimlash marketing miksning elementi sifatida moʻljallangan bozorga mahsulot yoki xizmatni qulay qilish uchun ishlatiladigan joylashuv va metodlardir. Mahsulot joʻnatiladigan marshrut va mahsulotni ishlab chiqaruvchidan yakuniy xaridorga yetkazilgungacha jalb etilgan bizneslar taqsimot kanali sifatia maʻlum. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling