Biznes boshqaruv asoslari


Taqsimot Kanaliga Ehtiyoj


Download 0.76 Mb.
bet97/163
Sana18.11.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1784024
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   163
Bog'liq
Biznes boshqaruv asoslari-fayllar.org (1)

Taqsimot Kanaliga Ehtiyoj 
Oldingi iqtisodiy almashuvlarda odamlar mahsulot vaxizmatlarni barter qilishgan. agar ikk odam
bir biriga kerak boʻlgan narsaga ega boʻlsa, har bir mahsulot qancha miqdorda almashilishi
kerakligiga kelishishgan va savdo qilingan. Masalan, bir idish olma 1 yard matoga almashtirilgan
boʻlishi mumkin. Taqsimot jarayoni shunga koʻra oddiy boʻlgan. Murakkab iqtisodiyotda
almashuvlar ishlab chiqaruvchi va xaridor oʻrtasida mavjud turli farqlarga koʻra ancha
murakkabdir.

Miqdordagi farqlar.
Bizneslar koʻp xaridorlar uchun har bir mahsulotni katta miqdorda ishlab chiqaradi va sotadi. Har
bir xaridorga ayni paytda juda kam miqdordag mahsulot kerak boʻladi.

Assortimentdagi farqlar. Bizneslar bir turdagi maxsus mahsulotni ishlab chiqaradi,
xaridorlar esa turli mahsulotlar olishni istaydi.

Joylardaga farqlar
Bugungi kun global iqtisodiyotida ishlab chiqaruvchi va xaridorlarni koʻpincha minglab mil
masofalar ajratib turadi. Bizneslar oʻz mahulotini turli dmamalakatlarga taqsimlashni hohlashlari
mumkin.246 bet oxiri

Vaktdagi farqlar 
Biznes bir vaqtning oʻzida katta miqdorda maxsulotlarni ishlab chiqarish bilan
samaradorlikkaerishadi. Baʻzi bir qishloq xoʻjaligi maxsulotlari yilning maʻlum bir vaqtidagina
ishlab chiqarilishi mumkin. Isteʻmolchilar ularni maxsulotlar ishlab chiqarilgan vaqtda emas
boshqa vaqt da sotib olishni istashlari mumkin.

Tarqatish kanallari bu farqlarni toʻgʻirlab turish uchun yaratiladi. Samarali tarqatish


kanallari ishlab chiqarilgan mahsulotni katta xajmda oladi va xaridorlarga kerak miqdorga boʻlib
chiqadi.
Kanal mijozlarga qulay joylarda maxsulotlarni taklif qilish uchun ishlab chiqaruvchilarda juda
koʻp maxsulot toʻplaydi.Ular ishlab chiqarilgan joydan maxsulotlarni sotish mumkin boʻlgan
joyga samarali eltadi. Tarqatish kanallari maxsulotni xaridorlar sotib olishni xoxlagan vaqtgacha
saqlaydi.Kanallar va kanal aʻzolari Tarqatish kanallarida qatnashuvchi bizneslar kanal aʻzolari
sifatida maʻlum. Barcha marketing funktsiyalar va faoliyatlar kanal aʻzolari yoki xaridorlar orqali
amalga oshiriladi. Bizneslar tarqatish kanallariga kanal aʻzolari ham yoki xaridorlar ham
marketing faoliyatni amalga oshirishni istamaganida yoki biznes bu ishni ulardan yaxshiroq yoki
arzon narxlarda amalga oshira olganda qoʻshiladi. Kanallar ham bevosita ham bilvosita boʻlishi
mumkin. Bevosita tarqatish kanalida mahsulot ishlab chiqaruvchidan toʻgʻridan toʻgʻri
isteʻmolchiga boradi va hech qanday tashkilot bunga aralashmaydi. Bilvositatarqatish kanali oʻz
ichiga ishlab chiqaruvchi va isteʻmolchi orasidagi bir yoki bir necha bizneslarni oladi. Bu boshqa
bizneslar bir yoki bir necha marketing funktsiyalarni bajaradi. Bilvosita tarqatish kanali ulgurji

savdoni oʻz ichiga olishi mumkin. ulgurji savdogarlar ishlab chiqaruvchi va chakana savdogarlar


oʻrtasida turadi. Ular ishlab chiqaruvchilarning katta mahsulotlarini kichik partiyalarga boʻlib,
ularni qayta qadoqlab, chakana savdogarlar va boshqa maishiy sotuvchilarga qayta tarqatadi.
Nufuzli nom yoki mahsulotga egalik qilayotgan ulgurji savdogarlar merkant ulgurji savdogarlar
deb ataladi. ulgurji savdogarlarning Nufuzga (nom) ega boʻlmagan boshqa turi agentlar yoki
brokerlar deb ataladi.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling