Biznes boshqaruv asoslari


Download 0.76 Mb.
bet24/163
Sana18.11.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1784024
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   163
Bog'liq
Biznes boshqaruv asoslari-fayllar.org (1)

Import qilish 
Importlar boshqa davlatlardan sotib olingan narsalar hisoblanadi.Tashqi savdosiz siz sotib
oladigan ko’plab narsalar qimmatroq bo’lgan bo’lardi yoki umuman foydalanilmas edi. Boshqa
mamlakatlar ba’zi mahsulotlarni arzon narxlarda ishlab chiqaradi, chunki ularda zaruriy
xomashyolar yoki arzon ishchi kuchi bor. Agar ular mamlakat ichidagi tovarlardan sifatli bo’lsa,

ba’zi xaridorlar ularni qimmat narxlarda ham sotib olishadi va xaridorlarga chet mahsulotlari


ko’proq ma’qul kelishi mumkin. Fransuz atirlari, norvegiya sviterlari, shved soatlari shular
jumlasidandir.
Eksport qilish 
Boshqa mamlakatlarga sotilgan mahsulot yoki xizmatlar eksportlar deb ataladi.Importlar sizga
foydali bo’lsa, eksport boshqa mamlakatdagi iste’molchilar uchun foydali.Dunyo bo’ylab ishchilar
AQSHda ishlab chiqarilgan texnikalardan foydalanishadi. Ular AQSH qishloq xo’jalik
mahsulotlari bilan oziqlanishadi va AQSHda ishlab chiqarilgan kimyoviy moddalar, mineral
og’itlar, dori-darmonlar va plastmassalaridan foydalanadilar. Chet mamlakatlari AQSH kinolarini
yoqtirishadi. Ular shuningdek CNN va ESPN kanallarini tomosha qilishadi. AQSH kompaniyalari
tomonidan nashr qilingan kitob, gazeta va jurnallarni o’qishadi. Har 6 ta ish o’rnidan bittasi
Qo’shma Shtatlar xalqaro biznesi bilan aloqador.
Savdo aloqalarini baholash. 
Odamlarning ishlashini asosiy sababi narsalar sotib olish uchun pul ishlab topishdir.Birinchi
navbatda ular maosh uchun o’zlarining ishchi kuchlarini sotishadi. Keyin maoshlarining kata
qismini mahsulot va xizmatlar uchun sarflaydilar. Insonlar odatda o’zlarining kirim va
chiqimlarini muvozanatda ushlab turishga harakat qiladilar. Odamlar agar ular daromadlariga
nisbatan ko’proq pul sarflab qo’yshsa, o’zlarida moliyaviy muammolar paydo bo’lishini
bilishadi.Odamlar daromadlarini sarflashdan xavotirlanishadi.Iste’molchilar daromadlariga
nisbatan ko’proq narsa sotib olishganda, ular qarzdorga aylanishadi.Qachonki mamlakat yetarli
bo’lmagan miqdorda savdoni olib borsa, shu yo’sinda ular boshqalarga pul qarz
bo’lishadi.Davlatning boshqa davlatlarga ma’lum miqdordagi qarzi tashqi qarzlar hisoblanadi.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling